Qirg‘iz bosh vaziri janubdagi voqealarni takrorlash harakatlaridan ogohlantirdi – bbc uzbek


22 aprel 2011

Qirg‘iz hukumati janubda vaziyatni barqarorlashtirishdan manfaatdor kishilar borligini aytmoqda

Qirg‘iziston Bosh Vaziri Almazbek Atambaev mamlakat janubida o‘tgan yil yozida yuz bergan qonli voqealarni takrorlash maqsadida ig‘vogarlik harakatlari amalga oshirilayotganidan ogohlantirgan.

“Mahalliy aholi tomonidan huquq-tartibot kuchlari, eng avvalo militsiyaning noqonuniy harakatlariga norozi bo‘lgan da’volar juda ko‘p. Har hil millatlardagi fuqarolarga qarama-qarshi munosabat qilish hodisalari kuzatilgan. Shu sababdan huquq-tartibot idoralarining ko‘p rahbarlari lavozimlaridan chetlatildi”, – dedi bosh vazir.

Atambaevning bu bayonoti janubdagi Jalol-Obod viloyatining Mayluu-Suu shahrida ishdan olingan hokim Turg‘unali Oripovning tahminan ellik tarafdori shahar binosini egallab olishlariga to‘g‘ri kelgan.

Bu odamlar aynan bosh vazir qarori bilan yaqinda ishidan chetlatilgan hokimni lavozimiga qayta tiklanishini talab qilishgan.

Rasmiy Bishkekning O‘sh va Jaloloboddagi voqealar borasidagi siyosati xalqaro tanqidlarga uchragan

So‘nggi haftalarda janubiy viloyatlarga ko‘p safar qilayotgan Almazbek Atambaev o‘z ish safarlarining birida Mayluu-Suudagi og‘ir ijtimoiy vaziyatni beqarorlik davomi deya tasvirlab, hokim Oripovni lavozimidan chetlatgan.

Payshanba kuni esa bosh vazir qarori bilan Mayluu-Suuning muvaqqat hokimi etib Irisbek Izabekov tayinlangandi.

Ayni paytda hokim vazifasini amalda kim bajarayotgani to‘g‘risida mahalliy aholidan qarama-qarshi ma’lumot kelmoqda.

Chetlatilgan hokimining tarafdorlari O‘sh-Jalol-Obod magistral yo‘lini to‘sib qo‘yamiz, deya po‘pisa qilishmoqda.

Qirg‘izistondagi muxbirimiz To‘lqinbek Turdiboevga ko‘ra, aholisi 15 ming kishidan sal ko‘proq Mayluu-Suu shaharchasida yil boshidan beri deyarli to‘xtovsiz norozilik namoyishlari o‘tkaziladi.

Mahalliy yashovchilar shaharda jinoyatchilik o‘ta kuchayganidan g‘azabda va og‘ir jinoyatlarning zudlik bilan oshkor etilishini talab qilishmoqda.

Hokim chetlatilishidan sal avvalroq Jalol-Obod viloyati ichki ishlar boshqarmasi Mayluu-Suu militsiyasining rahbariyatini va og‘ir jinoyatlar bo‘yicha bo‘lim xodimlarini ishdan olgan.

Siyosatshunos Mars Sariev vaziyatni sun’iy yo‘l bilan beqarorlashtirish harakatlari janubda avval ham yuz berganini aytadi va bunga hukumat endi e’tibor berayotganini qo‘llab-quvvatlaydi.

“Atambaev O‘shga borib ig‘vogarlik ehtimoli to‘g‘risida aytgani to‘g‘ri bo‘ldi, chunki bu hukumat vaziyatni nazoratga olayotganidan xabar beradi. O‘tgan yildan beri o‘zbek aholi militsiya xodimlaridan juda norozi”, – Sariev.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/central_asia/2011/04/110422_maili-suu.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: