O‘zbekiston MDHda un import qilishda birinchi – ozodlik.org


O‘zbekistonliklar o‘z unidan ko‘ra qozoq unini afzal biladi.

22.04.2011

Sadriddin Ashur

Qozog‘istondan eng ko‘p un import qilayotgan mamlakat O‘zbekiston bo‘lib qolmoqda. G‘alla mustaqilligiga erishgan O‘zbekiston hali ham qozoq uniga ehtiyoj sezmoqda.

Yanvar va fevral oylarida Qozog‘istondan qariyb 49 million AQSh dollari miqdoridagi 158 ming 25 tonna un O‘zbekistonga sotilgan. Bu ma’lumotlar Qozog‘iston Bojxona nazorati qo‘mitasidan olindi.

O‘zbekiston hukumati bir necha yillarda beri g‘alla mustaqilligiga erishganligi va aholini o‘z uni bilan ta’minlaganligini aytib keladi.

Biroq kuzatuvchilar, bu “g‘alla mustaqilligida” qusur borligini ko‘radilar.

“O‘zdonmahsulot” hissadorlik kompaniyasining shaxsi sir qolishini istagan sobiq mulozimlaridan birining fikricha, agar O‘zbekistonda hukumat aytayotganidek 7 million tonna g‘alla etishtirilganida edi, mamlakatda parrandachilik va chorvachilik ham rivojlanib ketgan bo‘lardi.

– Har yili 6 million 610, yaqin 7 million, ikki tsentnerdan qo‘shilib kelayapti. 48 edi, 50 bo‘ldi. Endi bu yil Xudo xohlasa 52gacha ko‘taradi. Bu hammasi havo, bo‘shliq! Bu 1 million 300 ming, 1 million 400 ming kvadrat metr g‘alla ekilaëtgan maydonlarda hech qanday mumkin emas, O‘zbekiston sharoitida shuncha g‘alla olish. Klimatning o‘zi bug‘doyga mos emas, ikkinchidan suv etmaydi,- deydi “O‘zdonmahsulot” sobiq rasmiysi Ozodlik bilan suhbatda.

O‘zbekistonlik iqtisodchi Farrux Hojiakbarov ham O‘zbekistonning g‘alla mustaqilligiga shubha bildirar ekan, mamlakatga unning import qilinishi va uning sotilishi hukumatdagi maxsus odamlarning nazorati bilan amalga oshirilishini ta’kidlaydi:

– O‘zbekistonga Qozog‘istondan un kiradi, bug‘doy kiradi. O‘zlari O‘zbekistondagi tegirmonlarda, melnitsa deymiz, katta melnitsalarda Qozog‘iston bug‘doyini O‘zbekiston bug‘doyi bilan aralashtirib ëki bo‘lmasa Qozog‘istonning logotipini urib, qozoq uni deb chiqarib bozorlarda sotishadi. Asosan baquvvat shirkatlar, davlat miqësidagi, davlat monopoliyasi bo‘lgan shirkatlar bug‘doy olib kiradi. Hozir Qozog‘istondan kirib kelaëtgan unga aktsizni oshirishi sababi kontrabanda kamaysin deydi. Qolaversa, o‘zlari olib kirishadi. 15 foiz ham katta narsada. O‘zlari 15 foiz emas 5 foizmi, 6 foizmi to‘lashadi. Narxni tushirib olib kiradi.

Iqtisodchi Farrux Hojiakbarovning aytishicha, bug‘doyni import qilishda ham “o‘zbekchasiga” ish tutiladi:

– Bug‘doyni asosan ikki xil kontrakt bilan olib kirishadi. Misol uchun men 100 dollarga olib kirsam, siz 200 dollarga olib kelasiz. Siz 200 dollardan aktsiz to‘laysiz. Men 100 dollardan to‘layman. Men masalan ming vagon furajniy(ozuqabop) 4-sort deb olib kiramanda, arzon narxda. Na samom dele birinchi sort bo‘ladi. Men kattamanku. Meni kim tekshirib o‘tiribdi, to‘g‘rimi?- deydi o‘zbekistonlik iqtisodchi Farrxu Hojiakbarov.

1 apreldan O‘zbekistonga tashqaridan olib kelinadigan unga solinadigan aktsiz soliqlari yana 15 foizga oshirildi.

O‘zbekiston qozoq unining mintaqadagi asosiy xaridorlaridan hisoblanadi. Qozog‘istonlik kuzatuvchilarga ko‘ra, O‘zbekiston rasmiy shartnomalar asosida yiliga o‘rtacha 1 million tonna qozoq unini sotib oladi va bu aholi iste’mol qiladigan yillik un miqdorining 15-20 foizini tashkil qiladi.

Ozodlikning manbalariga ko‘ra, shu kunlarda O‘zbekistonda mahalliy unning 50 kilogramlik qopi o‘rtacha 40-50 ming so‘m, qozoq unining bir qopi esa, 70 mingdan 100 ming so‘mgacha sotilyapti.

– Lekin o‘zbek unining o‘zidan non yopib bo‘lmaydi, tandirdan oqib tushadi. Shuning uchun nonni yo qozoq unidan, yo hech bo‘lmaganda ikkalasini aralashtirib yopishga majburmiz,- deydi suhbatdoshlarimizdan biri.

Britaniyadagi Xalqaro G‘alla qo‘mitasi hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston yiliga chetdan 1,5 million tonna bug‘doy import qiladi.

O‘zbekiston Qozog‘istondan tashqari MDHning boshqa davlatlari Rossiya va Ukrainadan ham un sotib oladi.

http://www.ozodlik.org/content/article/9502512.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: