Fuqaroviy bo‘ysunmaslik haqida – yangidunyo


April 22nd, 2011

Iskandarbek Usmanov

O‘zbekiston xalq xarakati boshlagan fuqaroviy bo‘ysunmaslik (grajdanskoe nepovinovenie) xarakati qanday yo‘llar bilan amalga oshishi mumkinligi borasida fikrlarimni bildirmoqchi bo‘ldim.

Avvalo, fuqaroviy bo‘ysunmaslik xarakati butun mamlakat bo‘ylab, katta masshtablarda amalga oshirilishi kerak. Ana shundagina bunday xarakat samara beradi. Aloxida olingan bir viloyatda yoki regionda buni amalga oshirish natija bermaydi.

Fuqaroviy bo‘ysunmaslikning ko‘rinishlari qanday bo‘lishi mumkin? Mana bir necha misol:

1. 18-yoshga etgan yigitlarning xarbiy va muqobil (alternativ) xizmat va u bilan bog‘liq bo‘lgan davlat byudjetiga to‘lananishi lozim bo‘lgan dalat bojlarini to‘lashdan bosh tortish;

2. Tadbirkorlar, bozorlarda savdo qilayotganlar (agar korxonalar ham bunga qo‘shilsa, nur ustiga a’lo nur) va xo‘jalik faoliyati yurituvchi sub’ektlar soliqlarni to‘lashdan bosh tortishi;

3. Er, uy-joy, mulk, suv, gaz, elektroenergiya to‘lovlaridan bosh tortish;

4. Bolalarni maktablarda o‘qitishdan, yoshlarni kollejlar, oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishlardan bosh tortish;

5. Fuqarolar uchun bajarish mumkin bo‘lmagan yoki bajarishi salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi qonunlarni inkor qilish, bunday qonunlarga bo‘ysunishdan bosh tortish.

Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin. Men faqat bir necha misol keltirdim, xolos.

Mana shu va shunga o‘xshagan amallarni O‘zbekistonda amalga oshirish – eng asosiy, dolzarb masala mana shu. Mana shu erda barchaning ishtiroki zarur bo‘ladi. Tanish-bilishlar, qarindosh-urug‘lar, tasodifiy uchrashib qolgan yurtdoshlarga etkazish orqali bu ishlarni amalga oshirish mumkin deyman.

http://yangidunyo.com/?p=18423

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: