Bo‘ysunmaslik harakati isyonmi, yo islohot istagi – ozodlik.org


22.04.2011

Abdulla Iskandar

Arab dunyosidagi o‘zgarishlar silsilasidan ilhomlangan o‘zbek muxolifati Facebook tarmog‘ida “O‘zbekiston xalq harakati” nomidagi tashkilot tuzilganini bildirib, bu tashkilot nomidan murojaat e’lon qildi.

“Karimov zulmidan qutilishning yagona yo‘li – unga bo‘ysunmaslikdir, butun mamlakatda bo‘ysunmaslik va O‘zbekistonda diktatorlik rejimining yo‘qolishini talab qilish harakatini boshlashdir”,- deyiladi murojaatda.

Facebookdagi aktsiyaga “O‘zbekiston xalq harakati” nomi ostida “Andijon – Adolat va tiklanish” tashkiloti, muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasi va “Tayanch” inson huquqlari guruhi a’zolari birlashdi.

Bu tashkilot talablari yoyinlangandan so‘ng unga qarshilar va tarafdorlar o‘z fikrlarini Ozodlikka bildirishdi.

Bu tadbirga qarshilar O‘zbekistondagi tinchlik osudalik barham topmasligi, kosa ko‘zaga tegib sinmasligini xohlashdi.

Tadbir tarafdorlari esa, qamoqlardagi minglab e’tiqod maxbuslari, korruptsiyaga botgan iqtisod, odamlar erk ixtiyori ustidan o‘rnatilgan total nazorat haqida gapirib, bu holatni o‘zgartirish zarurligini aytishdi.

Ozodlikning navbatdagi qurultoyi ana shu turli mulohazalarga maydon bo‘ldi.

Qurultoyda “Andijon – Adolat va Tiklanish” tashkiloti vakili Jahongir Usmonov, Karimov iste’fosini O‘zbekistonda turib talab qilayotgan inson huquqlari faoli Abdulla Tojiboy o‘g‘li, O‘zbekiston “Erk” demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih, Londondagi O‘zbekiston tashabbus guruhi rahbari Shohida Yoqub va O‘zbekiston xalq shoirasi Gulchehra Nurillaeva ishtirok qildi.

Rossiyalik taniqli muxolifat faoli, Rossiya Demokratik ittifoq partiyasi lideri Valeriya Novodvorskaya fikrlariga ham Qurultoy mobaynida o‘rin berildi. Novodvorskaya Karimov boshqaruvidagi rejimga baho berdi va bu rejimga qarshi kurash yo‘llari haqida o‘z mulohazalarini bildirdi.

http://www.ozodlik.org/content/transcript/9502537.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: