Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Karimovga bo‘ysunmaslik chaqirig‘i e’lon qilindi – bbc uzbek


14 aprel 2011

Facebook tarmog‘ida “O‘zbekiston xalq harakati” nomi bilan murojaat e’lon qilingan, unda O‘zbekiston hukumatiga bo‘ysunmaslikka chaqirilgan.

Murojaat Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining “inson huquqlari shuning uchun ham Qonun hukmi bilan himoya qilinishi kerakki, toki inson zulm va istibdodga qarshi so‘nggi chora sifatida qo‘zg‘olonga bosh urmasin” degan bandidan iqtibos bilan boshlangan.

“Aziz va muhtaram vatandoshlar” deya o‘zbekistonliklarga murojaat qilinib, “O‘zbekiston xalq harakati” mamlakatdagi mustaqillik yillaridagi ahvolga baho beradi.

“Bu yillar davomida Karimov hukumati xalqimizga mislsiz azoblar chektirdi, uni aql bovar qilmas usullar bilan qiynadi, xo‘rladi, haqoratladi”, deyiladi murojaatda.

“Karimov 21 yil davomida o‘zi qabul qilgan Konstitutsiyani surunkasiga buzdi va bu xizmatlari uchun o‘ziga o‘zi “xalq qahromoni” unvonini taqdi. Biz Qonunning buzilganiga qarshi chiqsak, bizni aksilkonstitutsion jinoyat sodir qildi deb, Jinoyat Kodeksining 159 moddasi bilan jazoladi”, deyiladi chaqiriqda.

“Bugungi O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qiladigan qonun yo‘q, qonun bo‘lsa ham unga rioya qiladigan hukumat yo‘q, hamma erda zo‘ravonlik va adolatsizlik hokim, shu bois ham odamlarning mavjud istibdodga qarshi bosh ko‘tarishdan o‘zga chorasi yo‘q”, deb yozadi “O‘zbekiston xalq harakati”.

Facebookdagi matnga ko‘ra, “Karimov zulmidan qutilishning yagona yo‘li – unga bo‘ysunmaslikdir, butun o‘lkada bo‘ysunmaslik va O‘zbekistonda diktatorlik rejimini yo‘qolishini talab qilish harakatini boshlashdir”.

Tashkilotchilarga ko‘ra, Facebookdagi “O‘zbekiston xalq harakati”ning asoschilari “13 may ittifoqi” tashkilotidir.

“13 may ittifoqi” tashkilotiga 2005 yil 13 mayda Andijonda ro‘y bergan qonli hodisalardan keyin O‘zbekistonni tark etgan va xorijda istiqomat qilayotgan insonlar tomonidan tuzilgan “Andijon – Adolat va tiklanish” tashkiloti, muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasi va “Tayanch” inson haqlari guruhi a’zolari asos solganlar.

Shu yil boshidan Arab dunyosida kuzatilayotgan aksilhukumat chiqishlarida Internet, xususan Facebook ijtimoiy tarmog‘idan keng foydalanildi, bu esa dunyoning qator mamlakatlarida hukumatlarga qarshi chiqishlarga odamlarni ilhomlantirdi.

O‘z navbatida hukumatlarning Internet ustidan nazoratni kuchaytirish harakatlari kuzatildi.

O‘zbekistonda Arbuz Internet forumi ishtirokchilari so‘roqqa chaqirilganlari ma’lum bo‘ldi.

Mamlakatdagi mas’ul tizimlar Internet xizmati ko‘rsatuvchi operatorlarga ijtimoiy tarmoqlarni muntazam kuzatib borish topshirig‘ini bergan, uyali telefon shirkatlaridan “shubhali” ko‘rilgan sms yozishmalar haqida xabar berish so‘ralgan.

O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi respublikadagi operatorlarni hukumatning birinchi talabi bilan uyali aloqa xizmatini o‘chirishni talab qilgan, deb yozgan Rossiyaning “RBK daily” nashri.

O‘zbekistondan olingan so‘nggi xabarlarga ko‘ra, rasmiylar qaysi xonadonda kompyuter borligini qaydga olish harakatlari boshlangan.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/04/110414_cy_facebook_uzbek_movement.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: