O‘zbekiston mahallalarida kompyuter egalari aniqlanmoqda – ozodlik.org


12.04.2011

Basira

Tadbir mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari va mahalla posbonlari hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Toshkentning Chilonzorida yashovchi Adham akaning kompyuter uquvi bor. Lekin shaxsiy kompyuter sotib olishga qurbi etmaydi. Adham aka uyida kompyuteri bor mahalladoshlariga hukumat tomonidan qiziqish borligini shunday izohladi:

– Kompyuterdan o‘sha diniy nimalar bo‘yicha ma’lumot olar ekan. Bolalar jalb etilayotgan ekanmi shunga. Mahalla endi kimni kompyuteri borligini iqtisodiy jihatidan biladi. Bu birinchidan. Keyin mendan so‘ramaydi, meni sharoitimni biladi. Kelib ko‘rgan ham. Ehtimol boshqalarni ham ko‘rgandir. Shundan kelib chiqib, kompyuteri borlarni nazoratga olgan bo‘lishi mumkin. Shunday gaplar bor edi-da. Maktabda bolalar orasida ham gaplar bo‘lganki, “Bizni uyda kompyuterda ko‘rsatadi, internetga chiqdik. Unday bo‘lar ekan, namoz o‘qish kerak ekan” degan gaplar bolalar orasida bo‘lgan edi, – deydi toshkentlik Adham aka.

O‘z ismini suhbat davomida bildirishni istamagan Toshkent shahridagi bir mahalla fuqarolar yig‘ini raisiga ko‘ra, hozircha kompyuterga ega bo‘lgan fuqarolar yuzasidan maxsus ro‘yxat tuzilmaganini Ozodlikka bildirdi.

– Bu masala kimda, qancha aniq ro‘yxat olinmadi. Hozir endi telefon aloqalari orqali ham ulanayapti. O‘shanda aniq bo‘ladi, qancha odamning uyida kompyuteri bor. Bizga hokimyatdan “kompyuter ro‘yxatga olinsin” degan joyi yo‘q. Aloqadan kelishdi. “Bir nimalarni o‘rnatayapmiz”, deb o‘zini ma’lumotini berishdi. Nechta odamda kompyuter borligini biz bilmaymiz. Lekin, menimcha, hozir har bir xonadonda kompyuter bor. Hozir bizda kompyuter o‘qishiga odam so‘rashayapti, lekin “ro‘yxatga olinsin” degan joylari yo‘q hali, – dedi toshkentlik mahalla raisasi.

Mahalla raisasi rasmiy ro‘yxat tuzilgan bo‘lmasa-da, kompyuter egalariga qiziqish borligini inkor etmadi.

Ayni paytda O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi matbuot xizmatidan mazkur mavzu yuzasidan axborot olish imkoni bo‘lmadi.

O‘zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur’at Ikromov kompyuter egalari ro‘yxati tuzilishi mumkinligini bildirdi. Mahalla qo‘mitalari hokimiyatga bo‘ysunuvchi organ ekanligini aytadi:

– Kimda qancha kompyuter bor, nima bilan shug‘ullanadi, shu kabi yozuvlarni olib borilayotgani to‘g‘risida men aniq bilaman. Militsiya uchastkovoylari uyma-uy yuribdi. Lekin shu narsa nazoratga olingani bu bor gap, bo‘layapti, – deydi Sur’at Ikromov.

Huquq faoli bunday holat so‘nggi bir-ikki oy ichida muntazam kuzatilayotganini aytadi.

Sur’at Ikromov “Kompyuter egalarini aniqlash ishlari Arab davlatlarida so‘nggi oylarda bo‘layotgan norozilik namoyishlari bilan bog‘liq”, deya taxmin qildi.

– O‘sha arab davlatlarida, Afrikadagi arab davlatlarida revolyutsiya bo‘lib, namoyishlar bo‘la boshlaganidan keyin bu masalada buyruq berilgan. Hamma narsa hamma joyda ro‘yxatga olinayapti, internet masalasi. Hamma joyda o‘sha internetni to‘xtatishni, odamlar orasida internet orqali gaplashayotganlarni kuzatish, bilish-shunaqa narsalar bo‘layapti, – deydi toshkentlik huquq faoli Sur’at Ikromov.

Huquq faolining o‘zi uch haftadan buyon uyiga ulangan internet aloqasi ishlamayotganligidan shikoyat qiladi.

Toshkent markazida yashovchi o‘zbekistonliklardan biri, bu xabarni Ozodlik muxbiridan eshitib sarosimaga tushdi. U shu paytga qadar mahalla posbonining hech bir qora ro‘yxatiga tushmaganini, biroq uyida kompyuteri bo‘lgani bois, ro‘yxat tuzilgan taqdirda unga tushish xavotirga solayotganini bildirdi.

http://www.ozodlik.org/content/article/3554713.html

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: