Islom Karimovga “Bas!” – “Etar! deya aytishmoqchi” – uznews.net


2011 yilning iyunida Islom Karimovning hukumat tepasiga kelganiga 22 yil bo‘ladi

12.04.11

Uznews.net – O‘zbekiston fuqarolari tomonidan tashkillashtirilgan “Etar!” yoshlar tashkiloti, hozircha o‘z faoliyatini internetdagina yuritib kelmoqda, biroq 1 iyul kuni u odamlarni Toshkentdagi mustaqillik maydoniga chorlamoqchi va prezident Islom Karimov iste’fosini talab qilmoqchi.

“Etar!” – yoshlar tashkiloti vakili so‘zlariga ko‘ra, ortida 25-30 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan iborat tashkilotning nomi va shioridir.

Ularning maqsadi – mamlakatni boshqarish bo‘yicha 2007 yildan keyin ikki marta saylanish huquqidan foydalanib bo‘lgan, Konstitutsiyaga xilof tarzda O‘zbekiston tepasida qolayotgan prezident Islom Karimovni tinchgina hokimiyatda chetlatishdir.

Internetda tarqatilgan bayonotida “Etar!” tashkiloti a’zolari 2011 yil 1 iyul kuni ertalabki soat 9 dan boshlab Toshkentning markazidagi Mustaqillik maydonida muhlatsiz norozilik aktsiyalari boshlanishini bildirishgan.

Ular O‘zbekiston fuqarolarini mitingga bir necha kunga etadigan ovqat zahiralari, yotoq anjomlari, chodir va radiopriemniklar bilan kelisha chaqirishgan.

“Etar!” o‘z bayonotida O‘zbekiston kuchishlatar idoralari – armiya, IIV, Smilliy havfsizlik xizmati (MHH) xodimlariga murojaat qilib – “qurol ishlatish, tinch norozilik aktsiyasini tarqatish yuzasidan jinoyatkorona buyruqni bajarmaslikka” chaqiradi.

Muxolifat tomoniga o‘tish evaziga, “Etar!” a’zolari Karimov rejimi askarlariga avfnoma va’da qiladi. Shuningdek ular O‘zbekiston prokuraturasi va MHHsi xodimlarini namoyishga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lgan mulozimlarni hibsga olishda va o‘zbek mulozimlarining chet eldagi mablag‘larini aniqlashda hamkorlikka chaqiradi.

“Etar!” tashkiloti va uning tarqatilgan bayonoti – bir nechta tarmoqdan foydalanuvchilar tarqatayotgan uydirma va yoki hazil emasligiga, harakat vakillari “Uznews.net” tahririyati vakillari savollariga elektron pochta orqali javob berib ishontirishga harakat qilishdi.

Uning vakillari so‘zlariga ko‘ra, tanqidga toqatsizligi bilan mashhur prezident Karimov bilan har qanday ziddiyat o‘lim havf xatariga olib kelishi bois, ular maksimal darajada anonim harakat qilishmoqda.

Harakatning o‘zi 2005 yilning yozida tashkil etilgan bo‘lib, bir qancha sabablarga ko‘ra to‘xtatilgan edi. Tashkilotda muayyan lider yo‘q, tenglik muhiti hukm suradi, har bir shaxs yuqorining buyrug‘ini kutmasdan mustaqil qaror qabul qilishi mumkin.

Shafqatsiz bostirilgan Andijondagi 2005 yil 13 may kungi namoyish kabi vaziyat kutilishi mumkinligi haqidagi savolga “Etar!” a’zolari, namoyishchilarga o‘q otish haqida buyruq bergan shaxs o‘zlari uchun o‘lim hukmini imzolagan bo‘lishadi, deya javob berishadi.

“Tinch namoyishga chaqirish va unda ishtirok etish ichki va tashqi qonunchilikka ko‘ra jinoyat sanalmaydi”, – deya hisoblaydi “Etar!”.

Biroq bu kabi aktsiyaning o‘tkazilishi, tashabbusdan tashqari, harakat a’zolari so‘zlariga ko‘ra, mablag‘ ajratilishini talab qiladi, va ular buni topish ustida ish olib borishmoqda, horijda yashayotgan vatandoshlar ko‘magidan umid qilishmoqda.

Toshkent hukumatiga o‘zlarining batafsil talablarini harakat a’zolari norozilik namoyishi o‘tkaziladigan kunga yaqin e’lon qilishni ko‘zlashmoqda.

Biroq bugundanoq ular o‘z asos maqsadlari – shu yilning yanvarida Tunisda bo‘lgani kabi ommaviy namoyishlar orqali Islom Karimov iste’fosini amalga oshirishdir, o‘sha paytda 23 yil taxtni boshqargan Ben Ali taxtdan ag‘darilgan edi.

Ayni paytda, yoshlar harakatining a’zolari aktsiya belgilangan kungacha, hukumatning O‘zbekiston fuqarolari ustidan mutlaq nazorati bilan bog‘liq murakkabliklardan kelib chiqib, uch kun ichida aktsiyani bekor qilish yoki boshqa kunga ko‘chirish huquqini o‘zlarida saqlab qolishlari haqida bildirishgan.

“Etar!” yoshlar harakati, O‘zbekiston hukumati raxbarlarining horijda saqlanayotgan mablag‘lari haqida axborot beruvchilardan minnatdor bo‘lishlarini bildirishgan.

Ushbu ma’lumotlarni “Etar!” Internetdagi etar2011@gmail.com adresiga yo‘llashni so‘raydi, biroq ayni paytda, ushbu pocht qutisi ma’lum sabablarga ko‘ra faqat ma’lumot qabul qilish uchun ishlashini bildiradi.

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=30&nid=16902

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: