Obidxon qori Nazarovga qarshi Toshkentdagi qotilliklar ortida turganlik ayblovlari yana takrorlandi – bbc uzbek


11 aprel 2011

Obidxon qori Nazarovning o‘zi esktremistlarga aloqasi borligi haqidagi ayblovlarni har doim rad etib kelgan

O‘zbekiston davlat matbuoti Obidxon qori Nazarovni 2009 yil yoz fasli o‘rtalarida O‘zbekiston fuqarolari Ichki ishlar zobitini o‘ldirishga buyruq berganlik va bu ishni amalga oshirishni moliyaviy dastaklaganlikda ayblagan.

O‘zbek davlat matbuoti “Xunrezlik” deb nomlangan hujjatli film haqida gapiradi. Filmda 2009 yil o‘rtalarida O‘zbekiston fuqarolari, xususan, diniy ulamolar va huquq muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga qarshi qotillik va suiqasdlar sodir etila boshlangani hamda bu ishlar ortida hozirda Shvetsiyada yashayotgan taniqli imom Obidxon qori Nazarov turgani da’vo qilinadi.

“Xunrezlik” filmi bundan bir yil oldin O‘zbekiston telekanali orqali namoyish etilgandi. Unda Obidxon qori Nazarov 2004 yildagi bir qancha xudkushlik hujumlarida ham ayblanadi.

Filmda Obidxon qori Nazarov 1990 yillar boshidan buyon O‘zbekistonda islomiy davlat qurish yo‘lida xufya ekstremist tashkilot, jumladan, Jihodchilar tashkilotini tuzishga harakat qilib kelgani aytiladi.

Toshkentdagi “To‘xtaboy” masjidi sobiq imomi Obidxon qori Nazarovning o‘zi esktremistlarga aloqasi borligi haqidagi ayblovlarni har doim rad etib kelgan.

Ammo, nima uchun hozir film qayta tilga olinib, ayblovlar takrorlanayotgan bo‘lishi mumkin?

Obid qori Nazarov bunga qator sabablar borligi, avvalo, bu o‘zbek hukumatining o‘ziga qarshi avval ham qilgan “tuhmat”larning davomi ekanini aytadi. Uning fikriga ko‘ra, bunga keyingi paytlar Yaqin Sharq bo‘ylab kuzatilayotgan o‘zgarishlar ham sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

“Keyingi paytlar musulmonlar dunyosida bo‘layotgan o‘zgarishlar O‘zbekistonga o‘xshagan zolim rejimlar va diktatura tuzumlarini ancha titratib qo‘ydi. “Shoxiga ursang, tuyog‘i titraydi”, degandek, Misrda bo‘lgan o‘zgarishlar, boshqa joylarda bo‘layotgan mana shunday norozilik harakatlari O‘zbekiston hukumatini ancha qo‘rqitib qo‘ydi. Mana shu ham ularni har xil choralarni ko‘rishga majbur qilyapti. Ular turli tomondan o‘zlarining himoyasi uchun harakatga tushib qolishgan va yana qaytadan odamlarni chalg‘itish, ommaning fikrini chalg‘itib yuborish bu ham himoya vositalaridan, hujum qurollaridan biri. Shuning uchun, ular mana shu eski to‘qimalarni yana qayta takrorlashmoqda”, deydi Obid qori Nazarov.

 

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2011/04/110411_audio_obidxon_qori_nazarov_iv.shtml

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: