Toshkentni horijda o‘qigan imomlardan tozalashmoqchimi? – uznews.net


O‘zbekiston hukumatining Islomga qarshi kurashi, faqat uning tarafdorlari sonini oshirmoqda

07.04.11

Uznews.net – “Xarakat» mustaqil axborot agentligining bildirishicha, Yaqin Sharqda yuzaga kelgan g‘alayonlar munosabati bilan, O‘zbekistonda arab mamlakatlarida ta’lim olgan diniy ulamolar lavozimlaridan chetlatilmoqda.

“Harakat” axborotiga ko‘ra, Toshkent Islom instituti prorektori Saidjamol Masayidov, poyxaxtning “Jo‘rabek” jom’e masjidi imomi Najmiddin Hasanov, “Yalang‘och” masjidi imomi Jabborali Nurmatovlar shu kabi tozalash jabrdiydalari bo‘lishgan.

Ularning hammasi Saudiya Arabistonidagi oliy o‘quv yurtlarida o‘qishgan va ikki hafta ilgari ishdan haydalishgan.

Nashr nuqtai nazariga ko‘ra, mazkur “o‘ziga xos zararsizlantirish”lar arab isyonlari bilan bog‘liq voqealarga qarshi O‘zbekiston hukumati ko‘rayotgan “ehtiyotkorlik chorasidir”.

“Ko‘rinishidan, bu jarayon davom etadi. Saudiya Arabistoni, Liviya, Misr singari mamlakatlarda ta’lim olgan diniy ulamolar jiddiy xavotirda” – deya yozadi harakat.

Ayni paytda, O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari lideri Surat Ikromov fikricha, diniy ulamolarni Arabistonda o‘qigani uchungina ishdan bo‘shatish mutlaqo mumkin emas.

«Qur’on dunyodagi ko‘plab tillarga tarjima qilingan, biroq musulmon dunyosi uni faqat asl nusxa tilida o‘qilishini tavsiya qiladi», – deydi Ikromov.

Shuningdek, O‘IXMTG raxbari, juma namozidan keyin imomlar “ma’ruza”ga kirishganlarida Qur’on suralari arab tilida o‘qishadi keyin uni kelganlarga tushuntirishadi.

«Qur’on va uning tilini, hamma joydan ham ko‘ra, dunyo musulmonlari tomonidan tan olingan Saudiya Arabistonida o‘rganish mumkin, yana bir qator arab davlatlarida oliy darajadagi universtitetlar bor, – deydi Ikromov, – buni O‘zbekiston muftiysi juda yaxshi biladi, diniy ulamolarni bo‘shatish yoki tayinlash uning ixtiyorida, shu bois agentlikning axboroti taajuub uyg‘otadi».

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=3&nid=16872

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: