“Semurg‘, Parizod va Bunyod” – “Der Wundervogel Semurg” – ozodlik.org


“Semurg‘, Parizod va Bunyod” nemis tilidagi DVD diski.

05.04.2011

Abdulla Iskandar

“Semurg‘, Parizod va Bunyod” filmi nemischaga tarjima qilinib, Germaniya, Avstriya va Shveytsariya bolalariga namoyish qilinmoqda.

Lekin 1972 yil “O‘zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan ertak filmning original nusxasi O‘zbekistonda yo‘q.  “Semurg‘, Parizod va Bunyod” filmining barcha ishchi materiallari, negativi va asl nusxasi Rossiya davlat film jamg‘armasida saqlanmoqda, deydi O‘zbekiston milliy kino uyushmasi vakili.

– Goskinofond, “Belыe stolbы” degan kino omborida Moskvada turadi bu kinolar. Bu filmlarning huquqiy egasi “O‘zbekfilm” studiyasi,- deydi shaxsi sir qolishi sharti bilan gapirgan O‘zbekiston milliy kino uyushmasi vakili.

Asli “O‘zbekfilm” kinostudiyasi mahsuloti bo‘lgan va Tamara Shokirova, Nabi Rahimov, G‘ani A’zamov, Sa’dixon Tabibullaev, San’at Devonov kabi kino ustalari siymosi muhrlangan bu filmni sifatli tarzda ko‘rishdan hozircha o‘zbek yosh tomoshabinlari maxrum qolmoqda, deydi “O‘zbekkino” milliy agentligi mulozimi Ahmadjon Umarov.

– Bu narsalar hozir yo‘lga qo‘yilgan. Lekin hali oxiriga etmagan. Bu hammasi katta mablag‘ talab qiladigan narsa. Endi-endi bu narsaga e’tibor bo‘layapti. “Gosfilmfond”dan (Rossiya davlat film jamg‘armasi – tahr.) materiallarning originallarini olib kelish kerakda bu yoqqa. Hamma kinolarning toza, sifatli kopiyalari Moskvada “Gosfilmfond”da saqlanadi. Nemislar o‘sha erdagi originalidan kopiya olishgan demak. Lekin “O‘zbekkino”ning xabari yo‘q bu narsadan,- deydi Ahmadjon Umarov.

“Semurg‘, Parizod va Bunyod” filmini nemis tilidagi diskini Germaniya, Avtsriya va Shveytsariyadagi kino do‘konlaridan 10 evroga sotib olish mumkin.

Kinodan taniqli o‘zbek bastakori Muxtor Ashrafiy bastalagan musiqalar ham o‘rin olgan. Kino muqaddimasidagi qo‘shiqni o‘sha paytda mashhur ashulachi bo‘lgan Muhabbat Shamaeva ijro qilgan.

Hozir AQShda yashayotgan Muhabbat Shamaeva kino uchun atalgan bu qo‘shiqning el orasida mashhur bo‘lib ketishini kutmaganini aytadi.

– “Yo‘llarim” degan ashula. Doni Zokirov musiqasi. Ashrafiy faqat opera yozganlar. O‘sha “Yo‘llarim”ni shaxsan menga yozganlar,- deydi Muhabbat Shamaeva.

Filmda Muxtor Ashrafiy bastalagan “Bozordagi mozorni ko‘r” degan qo‘shiqni ham tinglaymiz. Bu qo‘shiq xuddi bugungi kun bozorlaridagi vaziyatni hajv qilganday taassurot qoldiradi.

Filmning nemis tiliga dublyaj qilinib, Germaniya, Avstriya va Shveytsariyadagi bolalar e’tiboriga havola qilinganidan sevindim, deydi taniqli kinooperator Umida Ahmedova.

– Yaxshi, xursandmiz. Bundan 40 yil avval suratga olingan filmlarni Germaniyada ko‘rsatsa, yaxshi,- deydi Umida Ahmedova.

Umida Ahmedova nazarida sovet davrida o‘rtamiyona filmlar ham katta texnik mahorat va sarf-xarajat bilan yaratilgan.

Suhbatdosh bu kabi filmlardan o‘zbek tomoshabinlari bebahra qolganidan afsuslanishini aytadi.

“O‘zbekkino” milliy agentligi mulozimi Ahmadjon Umarov ayni paytda o‘zbek kinosi durdonalari “Oltin fond”i yaratilayotgani va yaqin kelajakda bu fonddan “Semurg‘, Parizod va Bunyod” filmi ham o‘rin olajagini va’da qildi.

– Aytayapmanku, biz “Gosfilmfond”dan olib kelib ancha filmlarni tiklab qo‘ydik. Fimlarni hozir sekin-sekin chiqarayapmiz. Mustaqillikning 20 yilligiga bizlar “Oltin fond”dan chiqarilgan yigirmata filmni chiqarishni boshladik. “Tohir va Zuhra”, “Mahallada duv-duv gap”, “Sen etim emassan”, “Alisher Navoiy” kabi ancha filmlarni chiqardik,- deydi “O‘zbekkino” mulozimi Ahmadjon Umarov.

O‘zbek kinosi ijodkorlari o‘tgan asrda yaratgan “Tohir va Zuhra”, “Ikki dil dostoni”, “Ali bobo va qirq qaroqchi”, “Shum bola” kabi bolalarbop filmlar O‘zbekiston tashqarisida hanuz namoyish qilinayotgani bu filmlar mahoratidan darak,- deya qo‘shimcha qildi “O‘zbekkino” rasmiysi.

http://www.ozodlik.org/content/transcript/3547988.html

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: