Archive for March, 2011

31/03/2011

TURKNING BO‘SH BO‘G‘INI – turonzamin.org

Siyosat o‘z nomi bilan “siyo” -”sat”- qora qudrat.

Kecha va bugun Turkiyada Bosh vazir Rajab Tayib Erdo‘g‘anning Iroqqa safarini muhokama qilishmoqda.

Erdo‘g‘an Nasafga borib Oyatillo Said Ali Sustani bilan sunniy va shialar orasidagi dushmanlikka chek qo‘yishni muhokama etibdi. Keyin ilk sunniy-lider sifatida Hazrat Ali maqbarasini ziyorat qilibdi.

Turkiyada yigirma million atrofida alaviylar bor va ular asosan uning partiyasiga emas, jumhuriyatchilarga ovoz beradilar.

Keyin Erdo‘g‘an Erbilga borib, kurdlarning lideri Barzoniy bilan uchrashibdi va bu qaysi bir ma’noda Kurdistonni tan olish deyishmoqda. Turkiyada kurdlar deyarli hukmron sinf.

read more »

31/03/2011

AQSh mahsus qo‘shinlari Markaziy Osiyo davlatlariga bosqin qilmaydi – uznews.net

31.03.11

Amerika askarlari AQShda mashq paytida; foto: Army photo by Sgt. Michael J. MacLeod

Uznews.net – AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Pentagonning, amerika maxsus qo‘shinlariga Markaziy Osiyo davlatlariga bostirib kirish imkonini beruvchi direktivasi haqidagi axborotni rad etdi, hujjatda faqat AQSh kuchlarining mintaqadagi yo‘nalishi o‘zgargani haqida gap borganini bildirdi.

Matbuotda oshkor bo‘lgan AQSh harbiy idorasining 2009 yil 21 avgustdagi direktivasi, Toshkentdagi Amerika elchixonasi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim nashrlar tomonidan noto‘g‘ri talqin etilgan.

read more »

30/03/2011

“Chorsu” bozorini ham soliqchilar “bosdi” – ozodlik.org

“Chorsu” buyum bozori o‘zbek milliy matolari va kiyim-kechaklari savdosi markazi edi.

30.03.2011

Barno Anvar

Soliqchilar reydidan sillasi qurigan savdogarlar, “maskalilar” xurujidan qo‘rqib, savdoni to‘xtatishga qaror qilmoqda.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan ismini oshkor qilmasligimizni so‘ragan “Chorsu” buyum bozorida ko‘p yillardan beri savdo qiladigan suhbatdoshimiz Toshkentning eng qadim bu bozoridagi joriy vaziyatni tavsirlab berdi.

– Chorsu bozorida soliq xodimlari tomonidan tazyiq o‘tkazilayotgan ekan tadbirkorlarga. Kimdir savdoga chiqayapti, kimdir chiqmayapti.

read more »

30/03/2011

O‘zbekistonda hokimiyat uchun jiddiy kurash boshlandimi? – uznews.net

Rustam Inoyatov (chapdan) va Shavkat Mirziyaev (o‘ngda) – O‘R prezidenti Islom Karimovni ag‘darish uchun kurashda asosiy “qo‘g‘irchoqbozlar”

29.03.11

Uznews.net – O‘zbekiston vazirliklaridagi anonim manba xabariga ko‘ra, bir oycha ilgari o‘zbek MXX rahbari Rustam Inoyatov prezident Islom Karimovga mamlakatning Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev kirdikorini fosh qilganiga oid xat bilan murojaat qilgan.

Arab dunyosidagi uzluksiz inqiloblar, daromad va moliya oqimlarining o‘zgarishi bilan Toshkent hokimi Abduqahhor To‘xtaevning ishdan olinishi, turk biznesining salmoqli bir qismini mamlakatdan quvish – bularning bari hokimiyatga yaqin guruhlarni zir titratdi, bu esa qisman ular orasida gilam osti kurashlarning avj olishiga sabab bo‘ldi.

read more »

30/03/2011

AMERIKADA O‘ZBEK TILI – vatandosh.com

Fri, 03/18/2011

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o‘zbek tiliga, uning tarixi, madaniyati, qadimgi yodgorliklarini o‘rganishga qiziquvchi xorijliklarning soni oshdi va oxirgi yillarda yanada oshib bormoqda.
AQSh mutaxassis va talabalari O‘zbekistonni O‘rta Osiyoning tarixiy markazi sifatida biladilar. Ko‘p xorijlik talaba va mutaxassislar o‘zbek tilini intensiv ravishda qisqa muddatli kurslarda o‘rganadilar.

read more »

30/03/2011

Rauf Parfining tesha tegmagan gaplari – ozodlik.org

Rauf Parfining o‘limi arafasida olingan surat.

29.03.2011

Sadriddin Ashur

Vafotiga 6 yil to‘lgan buyuk shoir Rauf Parfidan nafaqat huzun bir she’riyat, balki kulguga to‘la g‘aroyib gaplar ham qoldi.

29 mart kuni o‘zbek xalqining isyonkor shoiri,  na bir urfga kirgan mafkura va na hokimiyat tepasiga kelgan shaxslarga qulluq qilmasdan, millat va she’rga sadoqatda yashab o‘tgan Rauf Parfi vafot etganiga 6 yil to‘ldi.

Shu munosabat bilan Ozodlik shoirning og‘riq va hazinlikka yo‘g‘rilgan ijodi emas, balki uning betakror hayot yo‘lidagi hazil-mutoyibaga tutash damlarga nazar tashlashga urindi.

read more »

30/03/2011

Musulmon rahbarning demokratik tajribasi – yangidunyo

March 29th, 2011

Namoz Normo‘min

SIYOSIY PORTRET

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIM

Men Turkiyaning hozirgi Bosh Vaziri Rejab Toyyib Erdo‘g‘on bilan ilk marta 1997 yilda uning Istanbuldagi ishxonasida uchrashgan edim. U paytlar Erdo‘g‘on Istanbul shahrining yarim hokimi edi. Bunday deyishimning bir qancha sabablari bor. Birinchidan, Turkiya viloyat va tumanlarida ikki hokimiyatlilik mavjuddir. Ya’ni, viloyatlarda asosiy boshqaruvni davlat rahbariyati tomonidan tayinlangan voliylar va tumanlarda esa qaymaqomlar boshqaradi. Voliylar va qaymaqomlar xavfsizlik xizmati, ta’lim-tarbiya va sog‘lik ishlari kabi davlat tizimining hayotiy sohalarida rahbarlik qiladilar.

read more »

29/03/2011

Allah, Peygamber, Şeriat-ı garra, Muhammedî hakikat

29/03/2011

Kurtuluş Savaşı’nda Türkistanlılar – Turk Istiqlol Urushida Turkistonliklar

1. Bölüm 1. Parça – 1. Bo’lim 1. Qism

read more »

29/03/2011

”Botindim, nazmiy nomamni bitmoqqa” – ERK

IZN BERING, MUROJAAT ETMOQQA!

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun janobi oliylariga!

Bosh kotib hazratlari! Izn bering, murojaat etmoqqa,

Bunga undadi el – yurtimning bisyor og‘riq – muammosi.

Botindim, shaxsan o‘zingizga nazmiy nomamni bitmoqqa,

Negaki, men ham BMT a’zosi bo‘lgan davlat fuqarosi.

Bilaman, kiftingizdadur butun bani – basharning yuki,

Jahoniy mojarolar, olamiy ziddiyat – kasofatlar.

read more »