Archive for February, 2011

26/02/2011

Rauf Parfi O’zturk – THAKURNING OXIRGI SHE’RI

 

read more »

Advertisements
23/02/2011

Siyosatning tugashi yoki Temurning suyak pullari – ozodlik.org

Islom Karimov “avgust” va’dasini berganida kamzulidan hali SSSR nishoni tushmagan edi.

23.02.2011

Shuhrat Bobojon

Amir Temur olis yurtlarda urush qilayotgan paytda qo‘li qisqa bo‘lib, askarlarga to‘lashga puli qolmadi. Darhol pul keltiring, deb Samarqandga chopar yubordi. Sal o‘tib chopar pul o‘rniga xat bilan qaytib keldi. Xat Bibixonimdan edi.

Pulingiz tugagan bo‘lsa, siyosatingiz ham tugadimi, degan qisqa va achchiq jumla bor edi maktubda.

Amir Temur bu maktubni mushohada qilib, qo‘shinlar kapa tikkan adirni aylandi. Ko‘pming kishilik qo‘shin tanovvul qilgan qo‘yu yilqilarning suyaklari tog‘ bo‘lib yotar edi.

read more »

23/02/2011

Vladivostok’tan Türkiye’ye kadar – ozodlik .org

Kırgızistan’ın güneyinde yaşayan ve öz vatanlarını terk etmeye mecbur edilen Özbekler bugün Batı’da ve Doğu’da ezilmekte.

22.02.2011

Server Osman

Bugünlerde Kırgızistanlı Özbeklere Yakın Doğu’da da Uzak Doğu’da da rastlamak mümkün. Haziran Olaylarından sonra Oş’u 60 bin kişinin terk ettiğini Oş Vilayeti Göçmen İdaresi geçtiğimiz hafta içinde ilan etmişti. Resmî olmayan açıklamalara göre 60 bin kişinin büyük çoğunluğu Özbeklerden oluşmakta.

Sadece Oş’tan 60 bine yakın Özbek’in ayrıldığını hesaba katarsak genel olarak Kırgız Cumhuriyetini terk eden Özbeklerin sayısının 100 bin kişi civarında olduğunu tahmin etmek zor değil.

Vatanına dönemeyen bazı Özbeklerle görüştük.

read more »

23/02/2011

Vladivostokdan Turkiyagacha – ozodlik.org

Qirg‘iziston janubidagi o‘z joylarini tashlab ketishga majbur qilingan o‘zbeklar bugun mashirqu mag‘ribda sarson.
22.02.2011
Sarvar Usmon

Shu kunda qirg‘izistonlik o‘zbekni Yaqin Sharqda ham, Uzoq Sharqda ham uchratish mumkin. Iyun voqealaridan keyin O‘shning o‘zidan 60 ming kishi chiqib ketganini O‘sh viloyat migratsiya xizmati o‘tgan haftada e’lon qildi. Norasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 60 ming kishining mutlaq ko‘pchiligi o‘zbeklardir.

Agar birgina O‘shdan 60 mingga yaqin o‘zbek chiqib ketganidan kelib chiqsak, umuman respublikadan chiqib ketgan o‘zbeklar 100 ming nafar atrofida ekanligini taxmin qilish qiyin emas.

Vataniga qaytolmay yurgan ba’zi o‘zbeklar bilan suhbatlashdik.

read more »

21/02/2011

Qirg‘iz parlamenti tog‘ cho‘qqisini Putin cho‘qqisi deb atash qarorini ma’qulladi – bbc uzbek

18 fevral 2011

Qirg‘iziston parlamenti mamlakatdagi tog‘ cho‘qqilaridan birini Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin nomi bilan atash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

18 fevral kuni Qirg‘iz parlamenti a’zolarining ko‘pchiligi Tyanshan tog‘ tizmasidagi 4446 metrli cho‘qqini Vladimir Putin cho‘qqisi deb atash taklifini yoqlab ovoz berganlar.

Qirg‘iz hukumati bir oycha ilgari bu tog‘li mamlakatdagi nomsiz cho‘qqilardan biriga Rossiyaning qudratli siyosatchisi nomini qo‘yish g‘oyasini ilgari surgan edi.

read more »

21/02/2011

Zarina Holms: ‘O‘zbekiston – dunyoning eng yaxshi saqlangan siri’ – bbc uzbek

17 fevral 2011

Zarina Holms Gulnora Karimova tashkil etgan dabdabali moda tadbirlarida ishtirok etgan

Zarina Holms O‘zbekistonda talabalarga fotojurnalistikadan saboq bergan, keyinchalik prezidentning qizi – Gulnora Karimova tashkil etgan dabdabali modalar tadbirlarida ishtirok etgan britaniyalik fotojurnalist.

Ushbu shoularda u O‘zbekistondagi haqiqiy hayotga butkul zid tushadigan manzaraga shohid bo‘lganini aytadi. Xususan, Gulnora Karimova ishtirokidagi tadbirlarda kim nima gapni ayta olishiyu qanday suratni olishi mumkin yoki mumkin emasligini ko‘rgan fotojurnalist o‘z hayratini yashirmaydi.

“Masalan, farroshlar bu erda suratga olinmasligi kerak ekan” – deb aytadi Zarina Holms.

Zarina Holms o‘zi gaplashgan o‘zbeklar ochiq gapirishdan qo‘rqishlarini, hukumat ularning qo‘llarini bog‘lab qo‘yganini xotirlaydi.

read more »

16/02/2011

AQSh davlat departamenti O‘zbekistonga ko‘mak pulini oshirgan – bbc uzbek

16 fevral 2011
Robert Bleykning idorasi O‘zbekiston bilan aloqalarni mustahkamlashga ishtiyoqmand

AQSh Davlat Departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha muovini Robert Bleyk Markaziy Osiyo bo‘ylab safari doirasida bugun Turkmaniston poytaxti Ashxobodda hukumat vakillari bilan uchrashmoqda.

U 17-18 fevral kunlari Toshkentda muzokaralar o‘tkazishi kutiladi.

Ayni damda AQSh Davlat Departamenti Markaziy Osiyo mamlakatlariga beriladigan moliyaviy ko‘mak miqdorini chop qilgan.

read more »

16/02/2011

“Qirg’iziston Turkiyadan iqtisod, boshqaruv bobida o’rnak olishi mumkin” – voa uzbek

Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdog’an yaqinda Qirg’izistonga qilgan safari chog’ida munosabatlarni yanada mustahkamlash, mintaqaga chet el sarmoyasini jalb etish haqida gaplashdi.

Yil oxirigacha orada viza tartibi butunlay bekor qilinadi, dedi vazir.

Turkiya Qirg’iziston mustaqilligini birinchi bo’lib tan olgan va qator sohalarda hamkorlik o’rnatgan.

“Masalan, Bishkekda ilk besh yilduzli “Pinara-Oq kema” mehmonxonasini qurgan shular”, –  deydi sobiq diplomat, hozirda Bishkekdagi nodavlat tashkilotlardan biri rahbari, siyosatshunos Orozbek Moldaliyev.

read more »

16/02/2011

1999 yil 16 fevral – “O‘zbekiston miltiqlilar qo‘liga o‘tdi” – ozodlik.org

Portlashlardan Karimov joniga qasd qilish ko‘zlangani aytilib turgan daqiqalarda, Islom Karimov ayni portlash joyiga kelib, qisqa bayonot berdi.

16.02.2011

Abdulla Iskandar

Bundan 12 yil burun 1999 yilning 16 fevralida Toshkentning besh joyida 45 daqiqa ichida portlashlar yuz berdi. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor ro‘y bergan bu portlashlar mamlakatda tinimsiz davom etayotgan repressiyalarga doyalik qildi.

Shu kuni Vazirlar Mahkamasi binosida 1998 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lishi kerak edi. Birinchi portlash prezident Karimov kelishiga 10 daqiqa qolganda – soat 10.45 da mana shu bino oldida bo‘ldi.

read more »

02/02/2011

Taniqli siyosiy mahbus ozod etilishiga oz qolganda kartserga tashlangan – bbc uzbek

2 fevral 2011

Rashid Bekjonning oilasi uning jazo muddati uzaytirilishidan xavotirda

O‘zbekiston hukumatiga muxolif Erk partiyasining a’zosi, hamda partiya raisi Muhammad Solihning ukasi Rashid Bekjon ozod etilishiga bir necha kun qolganda Navoiy shahridagi qamoqxona kartseriga tashlangan.

Rashid Bekjon 12 yildan beri panjara ortida saqlanadi. U 1999 yil fevralida Toshkentda yuz bergan portlashlardan ko‘p o‘tmay hibsga olingandi.

Toshkent portlashlarini uyushtirishda islomiy ekstremistlar va Erk partiyasi ayblangandi.

Rashid Bekjonning rafiqasi 1 fevral kuni Navoiydagi koloniyaga turmush o‘rtog‘ini ko‘rishga kelganida, u “ichki qoidalarni buzgan”likda ayblanib, kartserga tashlangani ma’lum qilingan.

read more »