Qirg‘iz parlamentida namozxona janjali davom etmoqda – ozodlik.org


Qirg‘iz parlamenti deputati Tursunboy Bakir o‘g‘li parlamentda namozxona ochish tashabbusini ko‘targanlardan biri.

26.02.2011

Elmurod

Qirg‘iziston parlamentida namozxona ochish masalasi parlament, ayrim hukumat idoralari va nodavlat tashkilotlari o‘rtasidagi katta janjalga aylanib bormoqda. Parlament binosida namozxona ochilishiga Din ishlari bo‘yicha hukumat qo‘mitasi ham qarshilik qilayapti.

Qirg‘iziston hukumati qoshidagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari O‘rmon Sharshenov parlamentda qilgan chiqishida deputatlar uchun namozxona ochish masalasini keskin tanqid qildi. Uning aytishicha, mamlakatda parlamentdan tashqari ikki yarim mingta hukumat idorasi bor. Agar parlamentda namozxona ochiladigan bo‘lsa, qolgan barcha hukumat tashkilotlari ham o‘z idoralarida namozxona ochilishini talab qila boshlaydi. Buning oqibatida davlat byudjetidan bu ish uchun juda katta miqdorda mablag‘ ajratishga to‘g‘ri keladi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari O‘rmon Sharshenovning aytishicha, hukumat idoralarida namozxona ochish mamlakat qonunchiligiga ham zid keladi. Chunki Qirg‘iziston Konstitutsiyasida din davlatdan ajratilgani e’tirof etilgan.

Hukumat rasmiysining bu bayonotini parlamentda namozxona ochilishiga bir necha oydan beri qarshi chiqayotgan mahalliy nodavlat tashkilotlari qo‘lladilar.

– Nargi dunyoda deputat degan tushuncha yo‘q. Shuning uchun deputatlar xalqdan ajralib, parlamentda o‘zlariga alohida namozxona ochmasdan, masjidga bora qolishsin. Qirg‘iziston byudjeti uningsiz ham juda qiyin ahvolda. Namozxona ochish uchun qo‘shimcha mablag‘ talab qilinadi. Bu ish byudjet hisobidan amalga oshirilmasligi kerak, -deydi nodavlat tashkilotlari vakili Almaz Tojiboy.

Biroq O‘rmon Sharshenovning parlamentdagi partiyadoshlari, jumladan, “Ota yurt” fraktsiyasi lideri Qamchibek Tashiev Din ishlari qo‘mitasi raisini nomozxona ochilishiga qarshi bo‘lgani uchun ishdan olish masalasini kun tartibiga qo‘yishini bildirdi. O‘rmon Sharshenov “Ota yurt” partiyasi taklifi bilan Din ishlari qo‘mitasi raisligiga saylangan edi.

Deputatlarning bunday bayonotlari ham nodavlat tashkilotlari vakillari tomonidan salbiy qabul qilindi:

– Bu sovet davridan qolgan nomenklaturaning odati. Sovet davrida amaldorlar uchun maxsus kasalxona, maxsus do‘konlar, maxsus hammomlar bor edi. Bugungi kunda bizning deputatlarimiz maxsus namozxonaga ega bo‘lishmoqchi. Agar bu ish amalga oshsa, barcha vazirliklar va hukumat idoralarida ham namozxona ochishga to‘g‘ri keladi. Bu namozxonalarni ochish uchun esa pul yana oddiy xalqning cho‘ntagidan olinadi, -deydi nodavlat tashkilotlari vakili Azamat Tinaev.

Ayni paytda deputatlarning o‘zlari parlamentda namozxonaning ochilishi ish vaqtidan unumli foydalanish imkoniyatini yaratadi, deb hisoblaydi. Parlamentdan olingan ma’lumotga ko‘ra, 120 deputatdan 20dan ortiqrog‘i namoz o‘qir ekan.

– Namozxona masalasini katta janjalga aylantirmay, har bir rahbar o‘zi hal qilib qo‘ysa bo‘ladi. Masalan, men uch yil moliya vaziri, ikki yil iqtisodiyot vaziri bo‘lib ishladim. Vazirliklarda namoz o‘qiydigan xodimlar juda ko‘p. Ular besh mahal masjidga borsa ishga zarar etadi. Shuning uchun ham vazirlikda bir xonani ajratib, jihozlab namozxona qilib berganmiz. Masala, maxsus namozxona ochish ustida emas, deputatlarning ish vaqtidan unumli foydalanishi uchun sharoit yaratib berish ustida ketayapti, -deydi parlament deputati Aqilbek Japarov.

Parlament binosida namoxzxona ochish masalasi o‘tgan yilning dekabr oyida Sotsial demokratlar va “Or-nomus” partiyalaridan saylangan deputatlar tomonidan ko‘tarilgan edi. O‘shandan beri nodavlat tashkilotlari qarshiligi tufayli parlamentda namozxona ochish masalasi hal qilinmay qolmoqda.

http://www.ozodlik.org/content/article/2321423.html

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: