Archive for February 1st, 2011

01/02/2011

Erdo‘g‘on: Muborak xalq istagini qabul qilishi lozim – ozodlik.org

 01.02.2011
Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Misr prezidenti Husni Muborakni namoyishchilarning talablariga quloq tutishga chaqirdi.

Parlamentda qiladigan ana’anaviy haftalik nutqi chog‘ida o‘z chaqirig‘ini “juda samimiy maslahat, juda samimiy ogohlantiruv”, deb atagan Erdo‘g‘on Muborak “o‘z xalqi istaklarini ikkilanishsiz qabul qilishi lozim”, dedi.

So‘nggi yillar ichida Isroil bilan aloqalari sovuqlashgani ortidan Turkiyaning Yaqin Sharqqa diplomatik ta’siri ortib borayotgani kuzatilmoqda.

http://www.ozodlik.org/archive/uz-news/20110201/402/402.html?id=2293899

Advertisements