Archive for February, 2011

28/02/2011

Saodat Po‘lkanova: ‘Vatanni hech narsaga tenglashtirib yoki almashib bo‘lmaydi’ – bbc uzbek

26 fevral 2011

Saodat Po‘lkanova 1973 yilda Samarqand viloyatining Xatirchi tumanida tavallud topgan. 1996 yilda Toshkent Davlat Universitetining filologiya fakulьtetini tugatgan. Bir qacha she’riy va bir nasriy kitoblar muallifi. Po‘lkan shoir nomi bilan bog‘liq adabiy sulolaning kenja vakili. http://www.pulkan.com internet sahifasi asoschisi. Ayni paytda Shvetsiyada yashaydi.

Bi-bi-si: Muhojiratda ijodkor bo‘lishning o‘ziga xosliklari nimada? Gashti, mashaqqati nazarda tutilganda…

Saodat Po‘lkanova: Muhojiratdagi ijodkorlikning o‘ziga xos gashti, afzalliklari va ayni paytda mashaqqati ham bor.

read more »

27/02/2011

Turkiyaning sobiq Bosh vaziri Najmiddin Erbaqon vafot etdi – ozodlik.org

27.02.2011

Turkiyaning birinchi islomiy Bosh vaziri Najmiddin Erbaqon 85 yoshida olamdan o‘tdi.

1996 yilda Turkiya koalitsiya hukumatining Bosh vaziri bo‘lgan Erbaqon 1997 yilda harbiylar bosimi bilan iste’foga chiqqan edi.

read more »

27/02/2011

Taziye

İnnâ lillah ve innâ ileyhi raci’ûn.

Önde gidenlerden biri daha Hakk’a yürüdü. Gariblik fahrimizdir, yetimlik onu muhkem kılar ancak.

Tüm İslam âleminin başı sağ olsun.

27/02/2011

XX asrning 50-70 yillarda O‘zbekiston – e-tarix.uz

27.02.11

Urush g‘alaba bilan tamomlanib, tinch qurilishga o‘tilgandan so‘ng O‘zbekiston respulikasining ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy hayotida xalq xo‘jalik masalalari, tashkiliy va madaniy oqartuv masalalari asosiy o‘rinni oldi. 1946-1947 yillardagi O‘zbekistonninng hamma joyida tuman va shahar firqa komissiyalari bo‘lib o‘tdi. “SSSR  xalq xo‘jaligini qayta tiklash va rivojlantirishning 1946-1950 yillarga mo‘ljallangan besh yillik rejasi to‘g‘risilagi qonun qabul qilinganligi munosabati bilan firqa tashkilotlarining tashviqot-targ‘ibot ishlari to‘g‘risida” sobiq ittifoq komfirqasi markazqo‘mining qarorini amalga oshirish borasida ishlar qizitib yuborildi. Urushdan keyingi yillarda respublika firqa tashkilotlari va ularda a’zolar sonining o‘sishi kuchaydi. 1954 yilning fevralida respublika firqa tashkilotida 11127927 a’zo va 138861 nomzod bor edi.

read more »

27/02/2011

O‘zbekistonda adabiy harakatlar – e-adabiyot.uz

25.02.11

O‘zbek adabiyoti tarixida (saroylar atrofidagi adabiy muhitni istisno qilganda) qalam ahlini o‘zaro uyushtirib, adabiy harakatga yo‘nalish berib turgan tashkilotlar bo‘lmagan. Shuning uchun ham o‘zbek adabiyoti XX asrning birinchi choragiga qadar “Qo‘qon adabiy muhiti”, “Xorazm adabiy muhiti”, “Toshkent adabiy muhiti” singari turli jo‘g‘rofiy-adabiy hududlarga bo‘lingan holda yashab keldi.

“Chig‘atoy gurungi” esa O‘zbekistonda tashkil topgan dastlabki adabiy uyushmadir.

read more »

27/02/2011

BXSR va Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar – e-tarix.uz

26.02.11

Birinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng Sharq dunyosida milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurashlar avj oldi. Ma’lumki, Turkiya (Usmoniylar saltanati) Germaniya tomonidan urush harakatlariga kirib, Uchlar ittifoqi engilganidan so‘ng o‘z milliy birligini yo‘qotish xavfi ostida qoldi. Hatto mamlakat poytaxti Istambulni Angliya egallab oldi. 1918 yil oxiridan Turkiyadagi ozodlik kurashiga turkiy xalqlarning buyuk farzandi Mustafo Kamol Posho boshchilik qilib, 1920-1923 yillarda u tuzgan «Anqara muvaqqat hukumati» mustamlakachilarni (asosan Angliya va Italiya harbiy kuchlari) ona-Vatan tuprog‘idan haydab chiqardi.

read more »

27/02/2011

Turkistonning xonliklarga bo‘linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari – e-tarix.uz

24.02.11

1.XV asr ikkinchi yarmi va XVI asr boshlarida Movarounnahrdagi vaziyat.

Markaziy Osiyo ayniqsa o‘zbek xalqi tarixida –xonliklar davri alohida o‘rin tutadi. Ko‘p ming yillik o‘zbek xalqi tarixida bu davr o‘zining muddati bilangina emas, balki, shu davrda xalqimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan juda katta voqealar bilan  ham ajralib turadi.

Temur vafotidan so‘ng Temuriy shahzodalar o‘rtasida boshlanib ketgan to‘xtovsiz urushlar sohibqiron ne mashaqqatlar bilan bunyod etgan qudratli davlatni parchalanib ketishiga sabab bo‘ldi. Asta-sekin bu  qudratli davlat  tarkibidan  qator davlatlar va mulklar ajralib chiqib ketdi.

read more »

26/02/2011

Qudrat Bobojon: O‘zbekistonda Facebook a’zolari soni Misrdagidan tez ko‘paymoqda – bbc uzbek

24 fevral 2011

Yaqin Sharq mamlakatlaridagi so‘nggi hodisalar Internet, xususan ijtimoiy tarmoq saytlariga diqqat-e’tiborni yanada kuchaytirdi, repressiv rejimlarning Internet nazoratini tobora kuchaytirish yo‘llarini izlashga undadi.

Bular O‘zbekistondagi Internet olami, onlayn jurnalistika ahvolini muhokama qilish uchun yaxshi vaj.

Qudrat Bobojon ana shu “olam”ni ichidan biladigan, o‘zi bugungi mustaqil O‘zbek Internet jurnalistikasi rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan ijodkor.

read more »

26/02/2011

Qirg‘iz parlamentida namozxona janjali davom etmoqda – ozodlik.org

Qirg‘iz parlamenti deputati Tursunboy Bakir o‘g‘li parlamentda namozxona ochish tashabbusini ko‘targanlardan biri.

26.02.2011

Elmurod

Qirg‘iziston parlamentida namozxona ochish masalasi parlament, ayrim hukumat idoralari va nodavlat tashkilotlari o‘rtasidagi katta janjalga aylanib bormoqda. Parlament binosida namozxona ochilishiga Din ishlari bo‘yicha hukumat qo‘mitasi ham qarshilik qilayapti.

read more »

26/02/2011

Protected: Siyasetin Tükenişi veya Emir Timur’un Kemik Sikkeleri – ozodlik.org

This content is password protected. To view it please enter your password below: