Archive for January, 2011

31/01/2011

Muhammad Solih:”Turkiya – Karimovning qo‘rqinchli ro‘yosi” – bbc uzbek

19 yanvar 2011

Muxolifatdagi “Erk” partiyasining raisi Muhammad Solihning aytishicha, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov mamlakatida “ijtimoiy vaziyatning xalq foydasiga o‘zgarishidan qo‘rqadi”.

Bu haqda Muhammad Solih O‘zbekistonda turk shirkati va xalqaro maktabining berkitilishiga “Erk” partiyasi raisining Turkiyadagi faoliyati bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqidagi da’volarga javoban aytdi.

Avvalroq Toshkentda joylashgan Turkiyaning “Silm” shirkatiga qarashli Ulug‘bek Xalqaro Maktabi ma’muriyati bayonot tarqatib, O‘zbekistondagi “byurokratik to‘siqlar tufayli” o‘z faoliyatini to‘xtatganini e’lon qilgandi.

Ushbu maktab O‘zbekistonda millionlab dollar sarmoya kiritgan “Demir” shirkati muammolarga yuz tutishi ortidan berkitildi.

read more »

Advertisements
31/01/2011

O‘zbekistondagi turk biznesi yana bosimda qoldi – ozodlik.org

Toshkent Xalqaro maktabi ta’sischilari moliyachisi sanalmish Fathulloh Gulenning dunyo bo‘ylab, xususan AQSh da ko‘plab litsey va maktablari faoliyat yurg‘izmoqda.

19.01.2011

19 yanvar kuni Turkiyaning Silm maorif korporatsiyasi O‘zbekistonda qolgan so‘nggi biznesini tashlab chiqishga majbur bo‘lganini e’lon qildi.

Korporatsiya, Toshkent hukumatining muttasil bosimiga ortiq dosh bera olmay, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ishlab kelgan Ulug‘bek nomidagi Toshkent xalqaro maktabi faoliyatini to‘xtatgani haqida bayonot tarqatdi.

Toshkentning Usmon Nosir ko‘chasida joylashgan Ulug‘bek maktabi 1995 yilda ochilgan va maktabga egalik haqqinining 60 foizi Turkiyaga qarashli Silm korporatsiyasi, qolgan 40 foizi esa, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga qarashli edi.

read more »

31/01/2011

Toshkentdagi turk maktabi “byurokratik to‘siqlar tufayli” yopildi – bbc uzbek

19 yanvar 2011

O‘zbekistonda eng ilg‘or xalqaro maktablardan biri “byurokratik to‘siqlar va xavfsizlik xavotirlari” tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi.

Toshkentdagi Ulug‘bek Xalqaro Maktabi 1995 yildan buyon 6 dan 16 yoshgacha bo‘lgan maktab bolalariga ingliz tilida ta’lim berib kelayotgandi.

Maktab ma’muriyati chiqargan bayonotga ko‘ra, maktab xorijiy o‘qituvchilariga maoshlarni AQSh dollarida to‘lay olmagan.

Ma’muriyatning da’vo qilishicha, O‘zbekistondagi banklar o‘zbek so‘mini AQSh dollariga aylantirishni istamashmaydi.

Xorijiy o‘qituvchilarga vizalar olish va ularni qayddan o‘tkazish ham muammo ekani qayd etiladi.

Shuningdek maktab ma’muriyati O‘zbekistondagi terrorga qarshi kurashuvchi tashkilotlar bosimlari oxirgi damlarda kuchayganini da’vo qilgan.

read more »

31/01/2011

Özbekistan’daki Türk okulu, bürokratik zorluklar yüzünden eğitimi durdurdu – Zaman

19.01.2011 

Türk şirketi Silm AŞ ve Özbekistan Dışişleri Bakanlığı ortaklığıyla Özbekistan’ın başkenti Taşkent’te 1995’ten beri faaliyet gösteren Uluslararası Taşkent Uluğbek Okulu, uzun süredir ülkede karşılaştığı bürokratik engeller yüzünden bütün eğitim faaliyetlerini durdurmak zorunda kaldı.

Silm AŞ tarafından yapılan açıklamada, okulun 1 Ocak 2011 itibarıyla “hiçbir kasıt ve kimseye zarar verme niyeti olmaksızın” Özbekistan’daki tüm eğitim faaliyetlerini durdurmak zorunda kaldığı belirtildi. Açıklamada, ayrıntılı olarak, okulu bu kararı almak zorunda bırakan sebepler anlatıldı. Eğitim sisteminde yapılan son değişiklikle okul çalışanlarının çalışma izinlerinin yenilenmesinde karşılaşılan zorlukların yanı sıra okulun eğitim gereçleri, ders kitapları, laboratuvar gereçleri ve bilgisayar gibi ihtiyaçların ithali sırasında izinler, gümrük işlemleri, ulaşım ve ödemeler konusunda karşılaştığı bürokratik engeller vurgulandı.

read more »