Turkiya tashkiloti Asqarov o‘limi uchun Anqara va Toshkentni javobgarlikka tortmoqchi – bbc uzbek


3 dekabr 2010

Mazlum-Der: Zayniddin Asqarov qamoqxonada uzoq yillar davom etgan qiynoqlar natijasida olamdan o‘tgan

Turkiyadagi etakchi inson huquqlari tashkilotlaridan biri – Mazlum-Der o‘zbekistonlik Zayniddin Asqarov ishini Turkiya va xalqaro mahkamalarga olib chiqmoqda.

Zayniddin Asqarov Inson Huquqlari bo‘yicha Ovro‘po Mahkamasi e’tirozlariga qaramasdan, Turkiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya etilgandi.

Mazlum-Derning da’vo qilishicha, Zayniddin Asqarov qamoqxonada uzoq yillar davom etgan qiynoqlar natijasida olamdan o‘tgan.

Tashkilot 39 yoshli Zayniddin Asqarov o‘limi uchun uni ekstraditsiya qilgan turk rasmiylari va rasmiy Toshkentni mas’ul deb bilmoqda.

Zayniddin Asqarov O‘zbekiston Islomiy Harakatining rahbarlaridan biri edi.

U Turkiyaga 1998 yilda borgan.

O‘zbek rasmiylari uni 1999 yilgi Toshkent portlashlariga aloqadorlikda ayblashdi va Turkiya hukumatidan uni ekstraditsiya etishni talab qilishdi.

Turkiyadagi Mazlum-Der va yana bir boshqa inson huquqlari tashkilotlari Zayniddin Asqarovning O‘zbekistonga qaytarilishiga qarshi kampaniya olib borishdi.

Ular Zayniddin Asqarovning odilona sudlanishiga ishonmasliklari va qiynoqlarga solinishini aytdilar.

Mazlum-Der ishni 1999 yil martida Inson Huquqlari bo‘yicha Ovro‘po Mahkamasiga olib chiqqan.

Mahkama Zayniddin Asqarovni bir muddat ekstradiktsiya etmaslikni tavsiya qildi.

Biroq 1999 yil aprelida Turkiya hukumati Asqarovni O‘zbekistonga mahkama uchun jo‘natdi.

Ushbu qadam boshqa xalqaro tashkilotlar, jumladan Human Rights Watch va Amnesty International tomonidan qoralandi.

O‘zbekiston Oliy Sudi Zayniddin Asqarovni 10 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

U bergan ko‘rsatmalar O‘zbekiston Islomiy harakati rahbarlari Juma Namangoniy va Tohir Yo‘ldosh, muxolifatdagi “Erk” Demokratik partiyasi lideri Muhammad Solihni ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilishiga yordam bergan.

Zayniddin Asqarov keyinchalik yolg‘on va’dalar ostida ko‘rsatmalar berganini aytib, mahkamada bergan bayonotlarini qaytarib oldi.

U o‘z ko‘rsatmalarini boshqalarni himoya qilish uchun imzolashga majbur bo‘lganini aytdi.

Qamoqda ekan 2003 yilda Zayniddin Asqarov Bi-bi-siga og‘ir qiynoqqa tutilgani va soxta ayblovlarga iqror bo‘lishga majburlanganini aytishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayni damda, Mazlum-Der Asqarov ishini Ovro‘po mahkamasida davom ettirdi.

2005 yil fevralida Ovro‘po mahkamasi Turkiya uni ekstraditsiya qilib xatoga yo‘l qo‘ygani, Turkiya hukumati Asqarov va uning oilasiga tovon puli to‘lashi zarurligi haqida qaror chiqargan.

Shu yilning oktyabr oyida o‘zbek rasmiylari Zayniddin Asqarov jasadini uning yaqinlariga qaytarishdi.

O‘lim haqidagi guvohnomada uning “yurak etishmasligi”dan vafot etgani aytiladi.

Mazlum-Der idoriy kengashining a’zosi, advokat Guldan So‘nmaz Bi-bi-siga Zayniddin Asqarovning sog‘lig‘i qiynoqlar natijasida yomonlashgani aytdi va buni isbotlash uchun ular barcha zaruriy xalqaro va mahalliy mahkamalarga borish maqsadida ekanlarini bildirdi.

“Biz ham Turkiyaning, ham O‘zbekistonning jazolanishini istaymiz. Biz Bosh Prokurordan o‘sha paytdagi Turkiya prezidenti Sulaymon Demirel va Asqarovni ekstraditsiya qilish qarorini olgan o‘sha paytdagi hukumat a’zolari ustidan tergov boshlashni so‘radik. Ularning qay tarzda mahkamaga tortilishini bilmayman, ammo biz shuni talab qildik. Biz, shuningdek, joriy hukumat va Prezident Abdulloh Gulga maktublar yo‘llab, ulardan Asqarovning qanday halok bo‘lgani va uning o‘limi uchun kim mas’ul ekanini aniqlash uchun barcha choralarni ko‘rishni so‘radik. Biz, shuningdek, BMTning Qochqinlar va Inson Huquqlari bo‘yicha Oliy Kommissarliklari hamda Qiynoqlarni Bartaraf etish bo‘yicha Ovro‘po Kommissiyasiga noma yo‘lladik. Biz bu xalqaro tashkilotlardan Asqarov o‘limi yuzasidan tergov boshlashni so‘radik. O‘zbekistonning inson haqlarini tahqirlanishiga oid turli xil ishlarga aloqadorligini hamma biladi. Biz o‘z aqida va e’tiqodlari uchun yuzlab odamlar qamoqda ekanini bilamiz. Biz Asqarov o‘limi tekshirishi barobarida O‘zbekistonda inson huquqlari toptalishiga yakun yasalishini istaymiz”, deb aytdi Guldan So‘nmaz.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/uzbekistan/2010/12/101203_cy_turkey_asqarov.shtml

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: