O‘zbekistonda millatni birlashtirishni niyat qilgan partiya tuzilmoqda – ozodlik.org


Ruhiddin Komilov yetakchiligidagi guruh siyosiy partiya tuzish uchun qonunda mavjud barcha imkoniyatdan foydalanmoqchi.

30.11.2010

O‘zbekistonlik taniqli huquqshunos, qamoqqa olingan mustaqil jurnalist va huquq faollari himoyasi bilan uzoq yillar shug‘ullanib kelgan advokat Ruhiddin Komilov yetakchiligidagi tashabbus guruhi “Halq manfaatlari” nomli sotsial-demokratik partiya tuzish taraddudini boshladi – partiyaning tashkiliy qo‘mitasi tuzildi.

Tashabbus qo‘mitasining ilk yig‘ilishi Toshkent viloyatidagi Navbahor aholi punktidagi dala shiyponida bo‘lib o‘tgan va unda 20 chog‘li odam ishtirok etgan.

Ruhiddin Komilov siyosiy partiya dasturi ko‘proq ijtimoiy masalalar, jumladan, bepul sog‘liqni saqlash tizimi va bepul ta‘lim tizimini yaratish, bundan tashqari, kishilarning fundamental haq-huquqlari ta‘minlanishiga xizmat qilishdan iborat ekanini aytdi.

“O‘zbekistondagi bugungi sharoitda bunday siyosiy partiyani tuzish va uning faoliyatini amalga oshirishga qanday qilib erishmoqchisiz va umuman, bunga erishish mumkinmi?”, degan savollarga javoban Ruhiddin Komilov guruh qonunda bor barcha imkoniyatlardan foydalanishga urinishi, natijani esa vaqt ko‘rsatishi aytdi.

– Hozircha tashkiliy qo‘mitani tuzish bilan ovoramiz. To‘ydan oldin nog‘ora chalib bo‘lmaydi. Tashkiliy qo‘mita tuzilgandan keyin Adliya vazirligi xabardor qilinadi va keyin tashkiliy qo‘mita imzo yig‘ish va joylarda partiyaning bo‘limlarini shakllantirish ishlarini boshlab yuboradi.

Ozodlik: 50 mingta imzo yig‘a olasizlarmi endi?

– Gap hozir 50 mingta imzoda emas. Juda katta muammo emas u gap. Bizda gap po‘choq yig‘ishdamas, mag‘iz yig‘ishda.

Ozodlik: Mag‘iz yig‘ish nimalardan iborat bo‘ladi?

– Mag‘iz yig‘ish shu ish uchun, millat, xalq manfaati uchun turib bera oladigan odamlarni yig‘ish. Shuni to‘plashimiz va ularni yagona bir g‘oya ostida birlashtirishimiz nazarda tutiladi.

Ozodlik: Ozodlik muxlislari sizni O‘zbekistondagi hur fikrli, erkin fikr yoki muxolif kuchlar, demokratik kuchlar uchun xizmat qilgan faollarning huquqiy himoyachisi sifatida taniydi. Sizning siyosiy partiya tuzish tashabbusingiz uchun O‘zbekiston sharoitida imkon bo‘larmikan?

– Bu zarurat, gapning ochig‘i. Agar biz buni bugun qilmasak, uni yaratmasak, shu imkoniyatni biz yaratmasak, boshqa hech kim yaratmaydi. Negaki har qanday imkoniyatni inson yaratadi.

Ozodlik: Qanday qilib yaratmoqchisiz? Mana ro‘yxatga olingan birorta hukumatga muxolif bo‘lgan partiya yo‘q. Hattoki tashkilotlar ro‘yxatdan o‘ta olmayapti. Sizning tashkilotingiz o‘z o‘zidan amaldagi hukumatga muxolif bo‘ladida endi shunaqami? Yoki hamkor bo‘ladimi?

– Kechirasizu, hozir muxolifat yoki hamkorlik haqida gapirishga erta. Nimagaki tug‘ilmagan chaqaloqqa ism qo‘yishning o‘zi noto‘g‘ri bo‘ladi. Uni ta‘riflash ham noto‘g‘ri. Bizlarning o‘zlarimizning strategiyamiz bor, taktikamiz bor. Shulardan kelib chiqqan holda biz partiyaning hamkorini topishga ham harakat qilamiz, hamkorlikda ishlaydigan joylarimiz ham bo‘ladi. Bunga qarama-qarshi bo‘ladigan kuchlar ham mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi. Biz hammasiga tayyormiz. Mana hozir mening oldimda Alixonto‘ra Sog‘uniyning bir asari turibdi. 100 yil oldin ham shu holat bo‘lgan ekan. “Turkiston qayg‘usi”, degan asarida aytilgan. O‘shanda ham odamlar lak-lak bo‘lib nahorga oshga borishgan, lekin lak-lak bo‘lib haqiqat uchun kurashmagan. Biz xolis niyatdamiz. Buni qanday qabul qilsa qilishsin.

Ozodlik: Partiya dasturiga oid asosiy yo‘nalishlarini aytib berasizmi?

– Aytib bera olaman. Partiyaning asosiy maqsadlaridan biri, xabaringiz bor sog‘liqni saqlash sistemasi bizlarda pulli. Shunga parallel ravishda bepul sog‘liqni saqlash sistemasini tashkil qilish. Shu jumladan minglab, balki millionlab yoshlarimiz ilm olish imkoniyatidan ancha uzoqda. Nimagaki ilm olish pulli. Parallel ravishda bepul tizimini ham kashf qilaylik. Umuman ilmsizlar ko‘payib ketadi bunaqada. Buni hozir biz qo‘zg‘atmasak, keyin kech bo‘ladi.

Ozodlik: Demak, ko‘proq ijtimoiy muammolarga urg‘u berasizlar.

– Albata. Sotsial demokratik partiya.

Ozodlik: Demokratiya rivoji uchun nima qilmoqchisizlar? Qanaqa yo‘nalishlarni tanladinglar?

– Demokratik yo‘nalish bo‘yicha oladigan bo‘lsak, demokratiya nima o‘zi? Qonun ustuvorligi asosan. Hammaning kattami kichikmi, oqmi qorami o‘z ovoziga ega bo‘lishi. Fuqarolarning siyosiy huquqlarining amalda bo‘lishiga harakat qilish.

Ozodlik: Ruhiddin aka, siz O‘zbekistondagi vaziyatni juda yaxshi bilasiz. Qanday amalga oshirmoqchisiz?

– Biz shu harakatni boshlaganimizda ba‘zilar ustimizdan kulishgan edida. “Sizlar bir qadam ham yura olmaysizlar” deid. Hozir tashkiliy qo‘mita tuzishgacha chiqib keldik. Biz qonun doirasida harakat qilgan holda, turish kerak emas, harakat qilish kerakda. Hamma huquqlarimizning otasi ham, onasi ham harakat. Harakat qilishimiz kerak.

Ozodlik: Hozircha qilgan harakatinglar Navbahor posyolkasidagi yig‘ilish-a?

– Tashkiliy qo‘mita. Lekin tashvishli xabarlar ham mavjud. Tazyiqlar ham boshlanibdi qisman ishtirok etgan odamlarga nisbatan. Shunaqa xabar ham oldik. Yana ko‘ramiz.

Ozodlik: Ruhiddin aka, “Bularga O‘zbekiston SNBsi ruxsat bergan bo‘lsa kerakki, shu ishga urinishgan. Ular boshlagandir balki ideyani. Loyiha emasmikan” degan fikrlar ham bo‘layapti. Bunga nima deysiz?

– Hozir ham menga juda “izzat-ikrom” ko‘rsatishayapti rosa. Albatta, bu ish uchun boshimizni silab qo‘ymaydi. Boshimizni silab ham qo‘yayotgani yo‘q¸ gapning ochig‘i. Kecha uyimga beshtasi kelib ketgan bo‘lsa, bugun boshqasi keladi. Agar MXX ni loyihasi bo‘lsa, ortimizdan hech qancha o‘tmay tazyiq boshlanarmidi? Kechirasizu bu kasallik bor. Shuning uchun ham muxolifat muxolifat bo‘la olmadi. “Sen buning vakilisan, sen MXX vakilisan”. Lekin o‘sha MXX vakillari ham, prokuratura vakillari ham, IIV vakillari ham hammasi millatning vakillariku. Qachongacha bir-birimizdan dushman qidiramiz?

Millat manfaatlari, xalq manfaatlari buni hozirgi vaziyatda hazm qila olmaydi. Geopolitik nuqtai nazardan oladigan bo‘lsak, hozir juda qiziq vaziyat. Hozir millat birlashadigan, xalq birlashadigan, saf bo‘lib chiqadigan payt. Lak-lak bo‘lib oshga boradigan emas, lak-lak bo‘lib haqiqat uchun kurashadigan payt hozir. Alixonto‘ra Sog‘uniy bechora yonib ketgan.

Oradan shuncha vaqt o‘tdi. Haliyam imkoniyat yo‘q. Kim yaratib beradi? Kechirasizu, bizga hech kim beg‘araz imkoniyat yaratib bermaydi. G‘arbdan bo‘ladimi, Sharqdan bo‘ladimi o‘zining manfaatlari borda. Xalq, millat o‘zini anglab yetib, o‘zidan kelib chiqqan holda ichki muammolarini xalqaro miqyosda emas, balki ichki miqyosda yechish chora-tadbirlarini ko‘rar.

 

http://www.ozodlik.org/content/article/2235071.html

Advertisements

2 Comments to “O‘zbekistonda millatni birlashtirishni niyat qilgan partiya tuzilmoqda – ozodlik.org”

  1. partiyalarni ishi millatni birlashtirishmas shekilli?!

  2. Umarning shomi emas iblisning dumi.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: