O‘zbek davlat bayrog‘i nimani anglatadi? – uznews.net


Paxtakor o‘yingohidagi bayroqlar

19.11.10

Uznews.net – Yaqinda O‘zbekistonda davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 19 yilligi nishonlandi, biroq, shunday kun norasmiy bayram tarzida nishonlanadigan aksariyat boshqa mamlakatlardan farqli, bu yurtning fuqarolari bayroq kuni haqida umuman unutishdi.

O‘zlarining kundalik maishiy muammolariga o‘ralashib qolgan O‘zbekiston fuqarolari, davlat bayrog‘i qabul qilingan kun haqida umuman eslashgani yo‘q, shunday kunda aksariyat boshqa mamlakatlardagi kabi bayroqni ko‘tarib tantanali yurishlar, namoyishlar haqida aytmasa ham bo‘ladi.

Toshkentliklar orasida so‘rov o‘tkazilganida, “qora bozor”da dollarning kursi qanchaligidan yaxshi xabardor aksariyat ko‘pchilik, umuman shunday kun qpchon nishonlanishi va bayroqdagi ramzlar nimani anglatishi haqida umuman bilmasliklari ma’lum bo‘ldi.

Masalan, Isatillo ismli yosh yigitga ko‘ra, bayroqdagi 12 yulduz O‘zbekistondagi viloyatlar sonini anglatadi. Qolgani haqida u o‘ylab ko‘rmagan ekan.

Yoshi kattaroq boshqa respondentlar, bu yuzadan biroz bilag‘onliklarini namoyish qilishdi.

«Zangori rang – osmon rangidir, yashil – musulmonlik, oqi – shunchaki, chiroy uchun», – deya ishontiradi uy bekasi Raisa.

Uning fikricha, bayroqdagi yarim oy ham, yashil rang kabi, O‘zbekistondagi aksariyat aholining islomni qabul qilganidan dalolatdir. Boshqa bir fikrga ko‘ra esa, u nimagadir Qoraqalpog‘iston ramzini anglatarkan.

So‘ralgan boshqa fuqarolar, o‘z mansaba va ijtimoiy holatidan kelib chiqib, bu masala yuzasidan o‘zgacha «taqalangan»liklarini namoyish etishdi.

Ayrim javoblarda, bayroqdagi oq rang – respublika iftihori sanalgan paxta timsoli ekani aytildi.

Huquq himoyachilari ham bu masalada uncha bilag‘on bo‘lib chiqishmadi.

«Nima uchun asosiy uchta rangni qizil chiziq ajratib turishi, tushunarsiz», – deydi O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi raisi Surat Ikromov.

Shuningdek davlat bayrog‘idagi 12 ta yulduzcha nimani anglatishi ham uning uchue mubhamdir: O‘zbekiston, Rossiya va AQSh kabi federatsiya emas, shuning uchun yulduzchalar O‘zbekiston viloyatlari sonini anglatishi mumkin emas deya o‘ylaydi ko‘pchilik.

Ayni damda, «O‘zA» sayti bu masaladagi mahfiylik pardasini hiyol ko‘targan bo‘ldi.

Ushbu axborot agentligi muxbiri Umida Yoqubovaga ko‘ra, zangori rang – «toza osmon va suv rangi – avloddan avlodga o‘tib kelayotgan intellekt, xalqimizning ma’naviy kuch qudratini anglatarkan».

Oq rang, jurnalistning fikricha, tinchlik va osoyishtalikni, xalqimizga xos pokizalik, ezgu orzularga intilish va ichki go‘zallikni anglatarkan.

Yashil rang yangilanish va navqironlik, Vatanimizning betakror tabiatini aks ettirarkan. Qizil chiziqlar esa – tomirimizda oqayotgan qon, hayotini mustaqillik va erk uchun fido etgan ajdodlarimizni eslatarkan.

Agar «Yangilangan, navqiron yarim oy bizning mustaqilligimiz» ramzi bo‘lsa, 12 yulduz, «odamlarning kamolotga erishish, baxtga va yorqin kelajak sari intilishlari» ramzi ekan.

12 ta yulduzning «yorqin kelajak»ka nima dahli borligi tushunarsiz.

Biroq, «Uznews.net»ning ayrim respondentlariga ko‘ra, O‘zbekistonning bayrog‘i qanday ko‘rinishga egaligi emas, unga respublika fuqarolarining qanday munosabatda ekani muhimroq.

Bu haqda gapirarkan, o‘tgan payshanba “Narodnoe slovo”da chop etilgan «Iftihor va mustaqillik ramzi» maqolasida keltirilgan ayrim so‘zlar ensani qotiradi.

«Mana o‘n to‘qqiz yildir, O‘zbekistonning davlat bayrog‘i, bizni vatanparvarlik tuyg‘ulari va yangi yutuqlar sari ilhomlantirib ma’muriy binolar uzra mag‘rur xilpiramoqda» – deya yozadi gazeta.

19 yil haqida gap bo‘lishi mumkin emas, ammo «vatanparvarlik tuyg‘ulari» haqida bunday deb bo‘lmaydi.

«Aksariyat g‘arb davlatlarida, masalan AQShda davlat bayrog‘iga nisbatan katta ehtiromni kuzatish mumkin, – deydi O‘zbekiston Huquq himoyachilari al’yansi lideri Elena Urlaeva, – uni uylari oldiga tikishadi, ko‘pincha esa kvartiralarning eng ko‘rinadigan joyiga qo‘yib qo‘yishadi».

Taniqli huquq himoyachisining fikricha, respublikaning bugungi bayrog‘i ozodlik uchun kurash emas, Sovet Ittifoq qulagani sharofati bilan paydo bo‘ldi, o‘zbek xalqiga mustaqillik o‘rniga, qashshoqlik inson huquqlarining poymol qilinishini olib keldi. Shu bois bayroqqa bo‘lgan munosabat ham shunga yarasha…

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=hot&cid=4&nid=15685

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: