Archive for November, 2010

29/11/2010

O‘zbek fohishasi iqrori: Oilamni boqayotganimdan baxtiyorman! – ozodlik.org

Birgina o‘zim ishlayotgan shaharda 100 ga yaqin o‘zbek qizining fohishalik qilayotganini bilaman, deydi Ra‘no.

26.11.2010

Mehribon

O‘zbek qizlarining xorijliklarga erga tegib ketayotgani haqidagi “Qurultoy” dasturini eshitib, unga munosabat bildirish uchun sim qoqqan Ra‘no ismli juvon, O‘zbekistondagi turmush zarbidan Xitoyga kelib fohishalik qilayotgan o‘zbek qizlari ko‘pligini aytadi.

Holimdan xabar olguvchi yo‘q

Erkin mikrofonning avvalgi sonlaridan birida  Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida yashovchi 43 yoshli Zulfiya Begaliyeva yetti yildan buyon to‘shakka mixlanib qolgani va moddiy yordamga muhtojligi haqida gapirgan edi.

26 noyabr kuni Zulfiya Begaliyeva yana Ozodlik bilan bog‘lanib, o‘zining sog‘ligi yomonlashayotgani va biror kimsa yordam qo‘lini cho‘zmayotganidan nolidi.

read more »

Advertisements
29/11/2010

Wikileaks O‘zbekiston-AQSh aloqalarini ham “fosh qildi” – ozodlik.org

29.11.2010

Yakshanba kuni Wikileaks sayti Amerika diplomatlari yordamida qo‘lga kiritilgan 250 mingdan oshiq yozishmani e‘lon qildi. Bu hujjatlar orasida AQSh harbiylari Xonobod bazasidan haydalganidan keyin bildirilgan ayrim fikrlar ham bor.

Wikileaks yakshanba kuni jamoatchilikka oshkor qilgan hujjatlarni O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarning sirli jihatlariga oid axborotni fosh qildi, degan o‘y bilan qarab chiqqan odamning darhol hafsalasi pir bo‘ladi  – bu hujjatlarda sir degan narsaning asari ham yo‘q. Ularning bari jamoatchilikka matbuot orqali allaqachon ayon bo‘lgan fakt va kuzatishlar jamlanmasi, xolos.

read more »

29/11/2010

Wikileaks: Qochqinlar Ruminiyaga uchgan kuni O‘zbekiston “Xonobod”ni yopish talabini qo‘ygan – bbc uzbek

Wikileaks oshkor etgan AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarga bag‘ishlangan hujjatlarda “Xonobod” harbiy bazasidan foydalanish borasidagi kelishuv tafsilotlari haqida so‘z boradi.

Oshkor qilingan hujjatlardan biri 2006 yil mart oyida Amerika Kongressi uchun tadqiqot xizmati tomonidan berilgan tahlil.

Tahlil 2005 yili O‘zbekistondagi AQShning “Xonobod” harbiy bazasining yopilishidan so‘nggi vaziyatga nazar tashlaydi.

Tahlilda dastlab O‘zbekiston bilan harbiy baza borasida Vashington erishgan kelishuv tafsilotlari berilgan.

read more »

29/11/2010

Nemis shirkatlari Toshkentdan “Zeromaks” qarzini to‘lashni kutmoqda – ozodlik.org

Prezident va uning qizi mashvaratlari uchun qurilgan Forumlar saroyining qariyb yarim milliard dollarga tushgani taxmin qilinadi.

24.11.2010

Farrux Yusufiy

Hozircha nomi oshkor etilmayotgan Germaniya shirkatlari O‘zbekistonda yo‘q qilingan “Zeromaks” shirkati aktivlari davlat foydasiga o‘tkazilgani bois, “Zeromaks” qarzlarini O‘zbekiston hukumatidan talab qilmoqda. Bir oycha avval Berlin rasmiysi Toshkentda tilga olgan bu qarzdorlik masalasining qanday hal etilishi hozircha qorong‘u.

Oktyabr oyi oxirida Toshkentda o‘tkazilgan “O‘zbekistonda Germaniya haftasi” doirasidagi iqtisodiy forumda chiqish qilgan Germaniya iqtisodiyot va texnologiya vazirligi rasmiysi Bernxard Dux, O‘zbekiston hukumati bir nechta nemis shirkatlariga jami 130 million yevro miqdorida qarzni to‘lamay kelayotgani haqida bayonot bergan edi.

read more »

29/11/2010

Muxolifatga ham adabiy tanqid kerak – yangidunyo

Botir Norboy, filologiya fanlari doktori

Xozirda turli Saytlarda, muxolifat nashrlarida she‘r va xikoyalar, xatto roman va kissalar paydo bulmokda. Jumladan, Yodgor Obid, Muxammad Solix, Gulchexra Nurillayeva, Maksud Bekjon, Xoldor Vulkon she‘rlari, Abdulla A‘zamning dostoni, Jaxongir Muxammad singari adiblarning romanlari, “Muxolifat tarixidan lavxalar”, “Abduraxim Pulat Ozodlikda” singari kitoblar baxolanmay kolib bormokda. Ularni baxolaydigan tankidchilar xam, adabiy tankidiy makolalar xam yuk xisobi. Hozir O‘zbekiston va undan tashqarida bosib chiqarilayotgan o‘zbek tilidagi asarlar orasida, bo‘shlari ham, o‘rtamiyonalari ham oz emas. Ammo adabiy tanqidchilik ularni ko‘rib, ko‘rmaganlikka olyapti.

Xolbuki, adabiy tanqidsiz bugungi adabiyotning rivojlanishi qiyin. Abdulla Qahhor bir paytlar, adibga maqtovdan ko‘ra (noto‘g‘ri bo‘lsa ham) tanqid ko‘proq foyda beradi, degan mazmunda gapirgan… Ammo tanqidiy fikrlarni qabul qilish uchun kishida bag‘ri kenglik, iroda va o‘ziga ishonch bo‘lishi kerak.

read more »

29/11/2010

O‘shdagi o‘zbek imomi uyida maxsus amaliyot o‘tkazildi – ozodlik.org

Iyun oyidan beri O‘shning asosan o‘zbeklar yashaydigan aksar mahallarida “zachistka” amaliyotlari o‘tkazilmoqda.

29.11.2010

Barno Anvar

O‘shliklarga ko‘ra¸shaharning Eski vokzaliga yaqin mahallada yashovchi imom uyiga maxsus xizmatlarning 30 ga yaqin harbiysi bostirib kirgan. Qirg‘iz rasmiylari¸ o‘zbek imomining mamlakat bo‘ylab terror xurujlari amalga oshirishni rejalagan milliy-separatchi guruh vakili ekani va reyd davomida to‘rt “terrorchi”ning o‘ldirilganini da‘vo qilmoqda.

O‘sh shahrining Eski vokzal hududidagi Majrimtol mahallasi boshida istiqomat qiladigan Farhod ismli imom, o‘shlik jurnalistlardan birining so‘zlariga ko‘ra, maxsus xizmatlar tomonidan terrorchi guruhlarga aloqadorlikda gumonlanmoqda.

read more »

22/11/2010

Senato ‘Parlamenter’ Sistemi Tartışıyor – CİHAN

Özbekistan Parlamentosu’nun üst kanadı senato, Cumhurbaşkanı İslam Kerimov’un parlamenter sisteme geçiş teklifini görüşecek.

Senato’nun 2010’daki son genel kurul toplantısı 3 Aralık’ta yapılacak. Başkan İlgizar Sabirov başkanlığında toplanacak Senato’nun ana gündeminde, 12 Kasım’da Yasama Meclisi ve senatonun ortak oturumunda Kerimov’un parlamenter sisteme geçiş teklifi var.

read more »

22/11/2010

Islom Karimovning so’nggi takliflari nimadan dalolat beradi? – voa uzbek

Navbahor Imamova | Amerika Ovozi 20 noyabr, 2010

O’zbekiston rahbari demokratik islohotlar va konstitutsion o’zgarishlarga chaqirmoqda. Lekin ziyolilar orasida bunga ishonch past. Islom Karimov kelajak uchun zamin hozirlayotgani rost, deydi ular.

O’zbekiston rahbari Islom Karimov 12 noyabr kuni Oliy Majlisning qo’shma yig’inida gapirib, demokratik islohotlarga, konstitutsion o’zgarishlarga chaqirdi.

Prezident fuqaro huquqlari, jumladan, so’z va matbuot erkinligi hamda xususiy mulk haqida so’zladi.

Xalq orasida siyosiy faollikni oshirish; partiyalar rolini kengaytirish va ko’p-partiyaviylik; ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish va ular ustidan davlat idoralari nazoratini pasaytirish; sud-huquq tizimi islohotlarini davom ettirish; oshkoralik va mas’uliyat haqida to’xtaldi.

read more »

22/11/2010

Markaziy Osiyoda hukmron bo’laman desangiz, Afg’onistonni qo’lga oling, deydi siyosatdonlar – voa uzbek

Amerika Ovozi 22 noyabr, 2010

“Hindiston, Eron, Rossiya, Qo’shma Shtatlar, barchasi bu yerda o’z qarash va manfaatlariga ega. Afg’on hukumati jangarilar bilan til topishib, siyosiy murosaga erishsin desak, hamma birdek harakat qilishi kerak. Bu murakkab vazifa asosiy o’yinchilardan sanalmish AQShdan g’ayrat va diplomatik mahorat talab qiladi”.

Siyosiy sharhlovchilar fikriga ko’ra, Markaziy Osiyoda “katta o’yin”, ya’ni siyosiy-iqtisodiy va diplomatik nufuzga ega bo’lish uchun raqobat davom etmoqda.

Ham eski, ham yangi o’yinchilar ishtirokida. Bugun regionda hukmronlik uchun kurash maydoni – Afg’oniston.

read more »

20/11/2010

O‘zbek davlat bayrog‘i nimani anglatadi? – uznews.net

Paxtakor o‘yingohidagi bayroqlar

19.11.10

Uznews.net – Yaqinda O‘zbekistonda davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 19 yilligi nishonlandi, biroq, shunday kun norasmiy bayram tarzida nishonlanadigan aksariyat boshqa mamlakatlardan farqli, bu yurtning fuqarolari bayroq kuni haqida umuman unutishdi.

O‘zlarining kundalik maishiy muammolariga o‘ralashib qolgan O‘zbekiston fuqarolari, davlat bayrog‘i qabul qilingan kun haqida umuman eslashgani yo‘q, shunday kunda aksariyat boshqa mamlakatlardagi kabi bayroqni ko‘tarib tantanali yurishlar, namoyishlar haqida aytmasa ham bo‘ladi.

Toshkentliklar orasida so‘rov o‘tkazilganida, “qora bozor”da dollarning kursi qanchaligidan yaxshi xabardor aksariyat ko‘pchilik, umuman shunday kun qpchon nishonlanishi va bayroqdagi ramzlar nimani anglatishi haqida umuman bilmasliklari ma’lum bo‘ldi.

read more »