Archive for October, 2010

23/10/2010

AQSh harbiy hamkorlik bobida Turkiyadan minnatdor, raketa tizimida ham Anqaraga tayanmoqda – voa uzbek

Amerika Ovozi   20 oktabr, 2010

“Turk-Amerika Kengashi” anjumanida qatnashgan Turkiya Mudofaa vaziri Vejdi Gonul va Pentagon rahbari Robert Geyts manfaat-maqsadlar mushtarak, deydi

“Loyihani NATO ma’qullasa, Turkiya texnik jihatdan yordam qilishi va mutaxassis berishi borasida maslahatlashyapmiz. Matbuotdagi xabarlar haqiqatdan yiroq. Biz faqat Lissabonda o’tadigan NATO anjumanida Turkiya taklifimizni himoya qilishiga umidvormiz deganmiz, xolos”, – deydi Geyts.

Qo’shma Shtatlar Afg’oniston va Iroqdagi hamkorlik uchun Turkiyadan minnatdor.

read more »

Advertisements
19/10/2010

Germaniya va Turkiya prezidentlari muhojirlar muammosini muhokama qildi – ozodlik.org

Bugun Germaniya prezidenti Kristian Vulf besh kunlik safar bilan Turkiyaga keldi.

O‘z hamkasbi bilan uchrashgan Turkiya prezidenti Abdulloh Gul, nemis siyosatchilarini immigratsiya muammosidan siyosiy ochko olish maqsadida foydalanmaslik va buning o‘rniga Germaniyadagi turklarning yaxshiroq integratsiyasiga yordam berishga chaqirdi.

read more »

18/10/2010

Turkiya: kurd bo‘lginchiligini dastaklashda ayblanganlar mahkamada – bbc uzbek

18 oktyabr 2010

Mahkama qattiq xavfsizlik choralari ostida o‘tmoqda

Turkiyada kurd bo‘lginchilarini dastaklashda ayblanayotgan 151 kishi ustidan mahkama jarayoni boshlangan.

Turkiya janubi-sharqidagi Diyorbakir shahar mahkamasida hozir bo‘lganlar shu yil aprelidagi amaliyotlar chog‘ida hibsga olingandi.

Ayblanuvchilar orasida 12 nafar sobiq shahar hokimlari ham bor.

Ularga noqonuniy tashkilotni qo‘llab-quvvatlash va unga a‘zolik ayblari qo‘yilgan.

Bu o‘rinda terrorchi tashkilot, deb nomlangan Kurdiston Ishchilar Partiyasi (PKK) nazarda tutilmoqda.

read more »

17/10/2010

Mafkura

Yuz shukr de, Boburki, karamu g‘affor,

Berdi senga Sindu Hindu mulki bisyor.

Issiqlig‘ig‘a gar sanga yo‘qtur toqat,

Sovuq yuzini ko‘ray desang, G‘azni bor.

G’oziy Zahiruddin Muhammad Bobur

16/10/2010

Qirg’iziston: partiya rahbarlari Moskvaga tanda qo’ydi – ozodlik.org

Saylovga bir necha kun qolganida Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev “Or-nomus” partiyasi lideri Feliks Qulovni qabul qilgan edi.
16.10.2010
Elmurod

Qirg’izistondagi parlament saylovida g’olib bo’lgan 5 partiya rahbarlaridan 4 nafari ayni paytda Moskvaga safar qildi. Saylovgacha va saylovdan keyin Moskvaga serqatnov bo’lib qolgan partiya rahbarlari hamda ularni qabul qilayotgan Kreml rasmiylari nimalarni muhokama qildilar va qilmoqdalar?
Aytib o’tish lozimki, bu partiya rahbarlaridan uch nafari- Sosial demkoratlar partiyasi rahbari Almazbek Atambaev, “Or – nomus” partiyasi raisi Feliks Kulov va “Respublika” partiyasi etakchisi O’murbek Babanov saylov arafasida Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev, Bosh vazir Vladimir Putin va Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbari Sergey Narishkinlar tomonidan alohida-alohida qabul qilingan edi.

read more »

15/10/2010

Karimov qutlovi ortida qanday ma‘no bor? – ozodlik.org

O‘zbekiston prezidenti qirg‘izistonlik hamkasbini saylovlar eson-omon o‘tib olgani bilan qutladi.

15.10.2010

Sarvar Usmon

O‘zbekiston prezidenti fikricha, Qirg‘izistonda parlament saylovi “barqaror va demokratik sharoitda” o‘tgan. Bunday bahoni Islom Karimovning yakshanba, 10 oktyabr kuni o‘tkazilgan saylov munosabati bilan Qirg‘iziston prezidenti Roza O‘tunbayevaga yo‘llagan tabriknomasida o‘qidik.

Xo‘sh, Karimovning tabrigi davlatlararo munosabatlar odobi doirasida amalga oshirilgan protokol tadbirimi yoki Qirg‘izistonning joriy rahbariga Toshkentning iliq munosabati ifodasimi?

read more »

15/10/2010

Qirg‘izistondagi aksariyat g‘olib partiyalar Kremldan maslahat so‘rashmoqda – bbc uzbek

15 oktyabr 2010

Davlat Qudrat

Bi-bi-si, Moskva

 

Qirg‘iziston parlament saylovlarida g‘olib chiqqan qator partiya rahbarlari Rossiyaga borishgan.

Rossiyadagi hukumatga yaqin manbalarning yozishicha, “Ata-Jurt”, “Ar-Namыs” va “Respublika” partiyalari boshliqlari Kremldan maslahat so‘raganlar.

Xabarlarga ko‘ra, Moskva ularni koalitsion hukumat tuzishga chaqirgan.

O‘z navbatida, qirg‘iz liderlarining Moskvada o‘tgan uchrashuvlari natijalari haqida hozircha biror ma‘lumot berilmagan.

read more »

15/10/2010

“Qirg‘iz saylovlari etnik bo‘linishni yanada yaqqol ko‘rsatdi” – bbc uzbek

15 oktyabr 2010

Rayhon Demitri

BBC News, O‘sh

Turli bashoratlarga qaramay saylovlarda ko‘plab o‘zbeklar ovoz berishgani aytilmoqda.

Qirg‘izistondagi parlament saylovlari anchayin demokratik yo‘lda o‘tkazildi, deya taqdim etilayotgan bo‘lsa ham millatchi partiyaning aksar ovozlarni qo‘lga kiritgani mamlakatdagi etnik bo‘linish ne qadar chuqurligining dalili sifatida ham ko‘rilmoqda.

Ruslarda “nima uchun kurashgan bo‘lsak, shunga kelib urildik” degan maqol bor.

read more »

15/10/2010

“Mudroq iymonlarni uyg‘otgan kishi” va uni sotgan zanjirband killer haqida – ozodlik.org

Abduvali qori va MXX “agent”i, deb aytilayotgan Xayrulla Sultonov.

11.10.2010

Barno Anvar

“Islom va musulmonlar” dasturining bu sonida yaqinda internetda paydo bo‘lgan videofilm haqida bo‘ladi. Bu filmda 15 yil muqaddam Toshkent aeroportida g‘oyib bo‘lgan Abduvali qori Mirzayevga nisbatan huquq-tartibot idoralari ta‘qib-tazyiqlari haqida gap boradi.

“Youtube.com” sayti e‘lon qilingan “Zanjirband killer” nomli videofilm, bizga kelgan ma‘lumotlarga ko‘ra, shu kunlarda O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi dindorlarning ham qo‘llariga yetib borgan va kichik-kichik qismlarga bo‘linib, qo‘l telefonlarida tarqalgan.

read more »

13/10/2010

Bahrom Shokirov:’Namoyishchilarning o‘qqa tutilishini bilsak, ularni maydonga chiqarmas edik ‘ – bbc uzbek

11 oktyabr 2010

O‘zbekiston hukumati Bahrom Shokirovni Andijondagi isyonchilar rahbari, deb atagan

O‘zbekiston hukumati Bahrom Shokirovni 2005 yil 13 mayida Andijonda rasman 187 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan qonli voqealarning tashkilotchilaridan, deb atagan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 2005 yil sentyabrida tarqatgan rasmiy xabarda Bahrom Shokirov va o‘g‘illari – Sharifjon, Hasanboy va Husanboy Shokirovlar 2005 yilning yanvar-aprel oylarida Qirg‘iziston janubidagi harbiy jamloqda jangovar tayyorgarlikdan o‘tganliklari da‘vo qilinadi.

read more »