Tohir Yo‘ldosh kim edi? – ozodlik.org


Yo‘ldoshev Tohir Abdulhalilovich. Tohir Yo‘ldosh va Muhammad Tohir Foruq nomi bilan mashxur.

1968 yil 2 oktyabrda Namangandagi Rafiq Mo‘min mahallasida tug‘ilgan. Maktabni tugatgach Sovet armiyasi saflariga chaqirilib hizmatni Afg‘onistonda o‘tagan.

Gorbachev davrida avvaliga diniy da’vatchilik, keyin esa islomiy tashkilotlar tuzish bilan shug‘ullanadi

1991 yilda Adolat uyushmasini tuzadi. Uyushmadagi bo‘linishdan keyin Islom lashkarlari va Tavba guruhlarini tashkil etadi.

1991 yil dekabr oyida Namangan obkomi binosini ishg‘ol qiladi, voqea joyiga kelgan prezident Karimovga islomiy davlat tuzish talabini qo‘yadi.

O’zbekiston Milliy Xavfsizlik Xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 1991 yili Namanganda odamlarni jazolash va qamashning muqobil tizimini yaratgan va Uychi tumanida zindon barpo qilib, odamlarni qamagan.

1992 yili Tohir Yo‘ldosh safdoshlaridan bir guruhi qamoqqa olingach, u mamlakatdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘ladi.

1996 yili Afg‘onistonda qochqin bo‘lib turib, O’zbekiston islomiy harakatini tuzadi.

1997 yilda Tohir Yo‘ldoshning uch ukasi Madamin, Muhammad va Zohidjon O’zbekiston MXXsi tomonidan qamoqqa olinadi.

1999 yilda Tojikistonning Jirg‘atol tumanida qo‘nim topadi va o‘sha yerdan Qirg‘izistonning Botkent viloyatiga hujum uyushtiradi. Botkent amaliyotidan keyin Toxir Yo‘ldosh yana Afg‘onistonga qaytadi.

Rasmiy Toshkent iddosiga ko‘ra, 1999 yili Tohir Yo‘ldosh Tehrondan turib, 16 fevral kuni Toshkentning bir necha joyida portlash uyushtirgan.

Shu bois O’zbekiston oliy Sudi 2000 yilda Tohir Yo‘ldoshni sirtdan o‘lim jazosiga hukm qiladi.

Bu mahkamada sudlangan O’IHning voizi, deb aytilgan Zayniddin Asqarov keyinchalik Tohir Yo‘ldoshning bu portlashlarga aloqasi yo‘qligini aytgan edi.

Tohir Yo‘ldoshning O’zbekiston Milliy Xavfsizlik Xizmati va Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati bilan hamkorlik qilgani haqida iddaolar mavjud.

Al-Qoida bilan hamkorlik qilgan terrorchi sifatida Tohir Yo‘ldosh BMT havfsizlik kengashining havfli jinoyatchilar ro‘yxatiga tirkalgan.

2009 yili 27 avgust kuni POkistonning Janubiy Vaziriston viloyatida AQShning pilotsiz uchqichidan qilingan raketa hujumida yaralanadi. Sal o‘tmay kasalxonada jon taslim qiladi.

O’zbekiston islomiy harakati bu xabarni jihod fikhi nuqtai nazaridan yashirib kelganini tan olib, Tohir Yo‘ldoshning o‘lganligini joriy yilning 16 avgustida e’lon qildi.

O’zbekiston Islomiy Harakatiga mansub, deb bilingan nashrda Toxir Yo‘ldosh jasadining fotosurati berilgan.

http://www.ozodlik.org/content/article/2129655.html




Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: