Feruza Jumaniyozova litsenziyadan ham mahrum etildi – ozodlik.org


Feruza Jumaniyozova hozircha qo‘shiq yozib, ularni hirgoyi qilib turishiga to‘g‘ri keladigan ko‘rinadi.

17.08.2010

Hurmat Bobojon

Ikki yildan beri televizion va radio efirga yaqinlashtirilmayotgan xonanda Feruza Jumaniyozova endi litsenziyasidan ham mosuvo bo‘ldi. “O’zbeknavo” birlashmasi ruxsatsiz Tojikistonda kontsert bergan Feruzaga litsenziya qaytarilmagunicha, qo‘shiqlarini xirgoyi qilishdan nariga o‘ta olmaydi, demoqda.
O’zbekistonlik taniqli xonanda Feruza Jumaniyozova “O’zbeknavo” estrada birlashmasini rasman ogohlantirmay, shu yil yoz oylarida Tojikistonda kontsertlar bergani uchun litsenziyadan mahrum etildi.
Ismi oshkor etilmasligi sharti bilan Ozodlik bilan gaplashgan “O’zbeknavo” vakiliga ko‘ra, Jumaniyozova Tojikistonda ruxsatsiz kontsert uyushtirib, Vazirlar Mahkamasining 1993 yilda qabul qilingan 498- sonli qarori hamda litsenziya talablarini qo‘pol ravishda buzgan va shu sababli Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi komissiya xonandaning litsenziyasini vaqtinchalik to‘xtatish haqida qaror qabul qilgan.

– O’rnatilgan tartibga ko‘ra, ular bizga rasman murojaat etishlari va ogohlantirishlari kerak, shu joyga ketyapman, ruxsat berishingizni so‘rayman deb. Biz buning uchun katta masshtabda hujjatlarni talab qilmaymiz. Kelib bizni ogohlantirishi kerak edi xolos. Harholda chet elga chiqayapti, O’zbekistonning nomidan chiqadi. Chiqib, har xil gaplarni gapiradi. Qaysi ashulani aytadi, nima ashula aytmoqchi, shularni biz bilishimiz kerak,  dedi “O’zbeknavo” vakili.

Xabarlarga ko‘ra, Feruza Jumaniyozova shu yil 13-16 iyul kunlari Tojikiston Respublikasining qator shaharlarida kontsertlar bergan. Kontsertlarni uyushtirgan Tojikistondagi “InterTaronaMedia” shirkati prodyusseri Zarina Baltuevaning aytishicha, tojikistonlik muxlislar Feruza Jumaniyozovani sevib tinglashadi. Uning taqiqlanishi ikki davlat madaniy aloqalariga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

– Ikki yil avval Feruzaning bu yerdagi kontsertlari tojik tomoshabinlarida katta qiziqish uyg‘otgan va yaxshi qabul qilingan edi. Uning bu yerga kelib kontsert bergani uchun litsenziyadan mahrum etilishi, menimcha, huquq normalariga zid. Masalan, biron joyga kontsert berish uchun ruxsat olish degan qonun bizda yo‘q. Faqat O’zbekistonda bo‘lsa kerak bu, – deydi “InterTaronaMedia” shirkati prodyusseri Zarina Baltueva.

Aslida O’zbekistonda Feruza Jumaniyozova uchun efir eshiklari ikki yil avval yopilgan edi. Buni Feruzaning ham onasi, ham ustozi bo‘lgan Zuhra opa shu yilning fevral oyida Ozodlik radiosiga tasdiqlagan edi.

– Mana o‘tiribmiz. Yana mehnat qilib turibmiz, yana ishlab turibmiz. Kliplar, ashulalarni to‘xtasin, deyishdi, to‘xtadik. “Kel”, deyishsa, boramiz. Shu to‘xtatib qo‘yishibdiku. Televideniega borsak ham “Qo‘yilishi mumkin emas”, deyishadi. “Bo‘pti”, deymiz. To‘xtatishdi. Mumkin emas Feruza deyishdi.

Ozodlik: Feruza Jumaniyozovani kim taqiqladi, nega taqiqladi?

– Biz bilmaymiz buni. Bu savolni boshqalarga bering. Bu savollarni Madaniyat vazirligiga, O’zbeknavoga bering. Bizlar hech narsani bilmaymiz. Bizlar faqat ijodimizni qilib, o‘tiribmiz, – degan edi Zuhra opa.

“O’zbeknavo” vakili esa, Feruza Jumaniyozova shu yilning iyul oyiga qadar rasman litsenziyasi bo‘lgani, televideniedagi taqiq uchun “O’zbeknavo” javob bera olmasiligini aytdi.

– Televideniening o‘zining badiiy kengashi bor. Qo‘shig‘i yoqmagandir badiiy kengashga. Uning litsenziyasi bo‘lgan, Nihol mukofotini olgan. Prezidentimiz unga shuncha sharoit yaratib bergan, – dedi “O’zbeknavo” vakili.

Litsenziyadan mahrum etilishi haqida Feruzaning o‘zi Ozodlik radiosiga gapirishni istamadi.

Feruza Jumaniyozova o‘zbek teleradiolarida taqiqlangan yagona xonanda emas. O’zbek “primadonnasi” Yulduz Usmonova prezident Saparmurat Niyozov tirikligida Turkmanistonga borib kontsert berib kelganidan so‘ng O’zbekistonda taqiqlarga duchor bo‘lgan edi.

Litsenziyasidan mahrum etilgan qo‘shiqchi uchun faqat sahna va teleefir eshiklari yopiladimi yoki to‘y-hashamlarga ham bora olmaydimi, deb so‘raymiz “O’zbeknavo” vakilidan.

– Ashula yozishi mumkin, qo‘shiqlarini xirgoyi qilib yurishi mumkin. Lekin rasmiy ravishda to‘y-hasham, kontsertlar va boshqa ommaviy tadbirlarga chiqish vakolati bo‘lmaydi vaqtinchalik. Endi qachondir vaqt o‘tgandan keyin qayta ariza topshiradi. Kengash ko‘rib chiqadi. Ya’ni buni “O’zbeknavo” hal qilmaydi. Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzurida komissiya bor. Ular ko‘rib chiqadi. Agar berilsin, deb xulosa chiqarilsa, O’zbeknavo litsenziyasini rasmiylashtirib beradi. Agar berilmasin desa, yana qaysidir muddatga qolishi mumkin. Qarorda bu muddat ko‘rsatilmagan, – dedi “O’zbeknavo” vakili.

http://www.ozodlik.org/content/article/2130209.htmlhttp://www.ozodlik.org/content/article/2130209.html

Advertisements

6 Comments to “Feruza Jumaniyozova litsenziyadan ham mahrum etildi – ozodlik.org”

  1. battar boling yaxshi qiz erni aytganini qilib jim yurish kerak edi

  2. Hech kim Feruzaday O’zbegim farzandiman deb aytalmaydi. Afsus…

  3. bu hali holvasi . bu hali emas hammasi……

  4. Xa yaxshi bulmabdi.amigo-amigo~tikiro-tikiro. Dan keyin ketti shekinli uzbekcha aytish kerak edida

  5. dogrı amıgo amıgo demasdan ıslom bobo ıslom bobo yurtboshım desa bolardı ana boshıga ısh ochtı

  6. Feruza ajab bôpti

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: