Dunyo o‘zbeklari Assotsiatsiyasining NIZOMI – yangidunyo


Loyiha

I.Umumiy qoidalar

I.1. Dunyo o‘zbeklari Assotsiatsiyasi – o‘zbeklar istiqomat qiluvchi asosiy tarixiy vatani – O’zbekiston Respublikasida va aholining katta qismini tashkil etuvchi Markaziy Osiyo davlatlarida, hamda jahonning boshqa davlatlarida yashovchi o‘zbeklarning manfaatlarini himoya qiluvchi, ularning ma’naviy – ma’rifiy sohalardagi aloqalarini mustahkamlash, gumanitar va huquqiy yordam ko‘rsatish, o‘zbek diasporasi vakillarining madaniyat, adabiyot va ilmiy izlanishlar sohasidagi yutuqlarini, urf-odatlari va milliy xususiyatlarini saqlab qolish va kelajak avlodlarga yetkazish, o‘zbek xalqining asrlar mobaynida shakllangan madaniy merosi, yozma va og‘zaki xalq ijodi, tasviriy va amaliy san’ati, musiqa, qo‘shiqchilik va raqs san’atini jahon xalqlari orasida targ‘ib etish maqsadini ko‘zlovchi notijorat jamoat birlashmasidir.

I.2. Tashkilotning to‘liq nomi:

O’zbek tilida – “Dunyo O’zbeklari Assotsiatsiyasi”
Ingliz tilida – “World Uzbek Association”
Niderland tilida – “Werld Associatie van Uzbek”
Rus tilida – «Vsemirnaya Assotsiatsiya uzbekov»
I.3. Assotsiatsiya o‘z faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan mamlakatning Konstitutsiyasiga, qonunlariga hamda sha mamlakatda amal qilinuvchi normativ aktlarga, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
I.4. Assotsiatsiya yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z nomi yozilgan muhrga, shtamplarga, blanklarga va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi, hamda banklarda o‘zining hisob raqamlarini ochadi.
I.5. Assotsiatsiya o‘z faoliyatini o‘zbek diasporasi vakillari yashovchi barcha mamlakatlarda amalga oshiradi.
I.6.Assotsiatsiya o‘z faoliyatini muassislarning hamda homiylarning ixtiyoriy badallari hisobiga amalga oshiradi.
I.7. Assotsiatsiyaning manzili:

II.Assotsiatsiyaning maqsadi

Assotsiatsiyaning maqsadi quyidagilardan iborat:
II.1. Dunyoning turli mamlakatlarida istiqomat qilayotgan o‘zbeklarning o‘zaro aloqalarini mustahkamlash maqsadida o‘zbek diasporalari vakillari ishtirokida ilmiy va madaniy anjumanlarni tashkil etish;
II.2. O’zbek diasporasining rasmiy tashkilotlari va vakillari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirish;
II.3. Dunyoning har xil davlatlarida istiqomat qiluvchi o‘zbek millatiga mansub kishilarning huquqlarini himoya qilish va ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash;
II.4.Millatchilik, milliy shovinizm, separatizm, ekstremizm g‘oyalariga qarshi kurashish, milliy manfaat, milliy o‘ziga xoslik hosiyatlarini barcha xalqlar bilan tenghuquqlik va o‘zaro hurmat printsiplari asosida targ‘ib qilish;
II.5. O’zbek diasporasi vakillari orasida o‘zaro hurmat, moddiy va ma’naviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, homiy tashkilotlar va shaxslarning gumanitar, moddiy va ma’naviy ko‘maklashishga qaratilgan harakatlarini muvofiqlashtirish;
II.6. O’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida davlat organlari, jamoa birlashmalari, ommaviy-axborot vositalari, inson huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlar va shaxslar bilan o‘zaro manfaatni ko‘zlovchi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
II.7. O’zbek xalqi madaniy merosi, tasviriy va amaliy san’ati, klassik va zamonaviy musiqa, qo‘shiqchilik va raqs san’ati, milliy urf-odatlari va an’analarini jahon xalqlariga keng targ‘ib qilish maqsadida xayriya tadbirlarini tashkil etish;
II.8.O’zbek adabiyoti, tarixi, madaniy va siyosiy hayotiga oid qo‘lyozma va ilmiy asarlarni ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘i orqali keng xalq ommasiga targ‘ib qilish hamda ularni chop etish va tarqatishda homiylarning mablag‘larini jalb qilish.

III.Assotsiatsiyaning vazifalari

Dunyoning turli mamlakatlarida istiqomat qilayotgan o‘zbek diasporasi vakillari ishtirokida ilmiy, madaniy, ma’rifiy konferentsiyalar, davra suhbatlari va boshqa yig‘ilishlarni tashkil etadi;
O’zbek diasporasi vakillarining o‘zaro hamkorlik borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Dunyodagi barcha o‘zbeklarning huquqlarini himoya qilinishida faol ishtirok etadi. O’zbek diasporasi istiqomat qiladigan davlatlarning rasmiy organlari, huquq-tartibot idoralari, inson huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilot va shaxslar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
O’zbek milliy san’ti va adabiyotini targ‘ib qilish va o‘zining Nizomiy jamg‘armasiga mablag‘ to‘plash maqsadida o‘zbek diasporasi yashayotgan mamlakatlarda san’at ustalari, ijodkorlar ishtirokida hayriya kontsertlari, ko‘rgazma va ijodiy kechalarni tashkil etadi;
Milliy kamsitilgan, nohaq jazoga tortilgan o‘zbeklarning manfaatini himoya qiladi, ularga moddiy, ma’naviy va huquqiy yordam ko‘rsatadi;
Tabiiy ofat, millatlararo kelishmovchiliklar ortidan jabrlangan o‘zbeklarga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun o‘z shaxsiy mablag‘idan va homiy tashkilotlarning yordamidan foydalanadi;
Tabiiy ofat va gumanitar bo‘hron qurbonlari bo‘lgan o‘zbeklarning talablariga binoan xalqaro tashkilotlar, xalqaro sud va xorijiy davlatlarning rasmiy organlariga ularning nomidan murojaat qiladi va monitoring olib boradi;
O’zbek xalqi manfaatlarini talab qilib o‘zbeklar istiqomat qiladigan mamlakatlarning davlat va huquq-tartibot organlari, xorijiy davlatlar elchixonalari, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari oldida mahalliy hokimiyatdan ruxsat olingan piket va namoyishlarni uyushtiradi va o‘tkazadi.

IV.Assotsiatsiyaning huquqlari

Assotsiatsiya quyidagi huquqlarga egadir:
1.Ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlat hududida va xorijiy mamlakatlarda o‘z nomidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘z vakolati doirasida shartnomalar va boshqa yuridik hujjatlar tuzish;
2.Nizom maqsadlari doirasida o‘zbek diasporasi istiqomat qiladigan davlatlarda seminarlar, ko‘rgazmalar, konferentsiyalar, hayriya kontsertlari va ijodiy kechalar majmuini tayyorlash va o‘tkazish;
3.Amaldagi qonunchilikka rioya qilgan holda o‘zbek diasporasi istiqomat qiladigan davlatlarda Nizom maqsadlarini amalga oshirish uchun kichik va qo‘shma korxonalarni ochish, markazlarning ta’sischisi bo‘lish;
4.Nizomdagi maqsadlarni amalga oshirish uchun notijorat ko‘rinishdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish;
5.Assotsiatsiyaning o‘zbek diasporasi yashaydigan davlatlardagi bo‘limlarini, filiallarini va sho‘‘ba korxonalarini tashkil etish;
6.Ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlat qonunchiligi litsenziya asosida faoliyat yuritishni talab qiladigan hollarda Assotsiatsiya va uning bo‘limlari litsenziya berishga mas’ul bo‘lgan tashkilotlardan olingan litsenziyalar asosida o‘z faoliyatini yuritadi.

V.Assotsiatsiya a’zolari, ularning huquq va majburiyatlari

1.Assotsiatsiya a’zoligiga jinsi va qaysi davlatning fuqorosi bo‘lishidan qat’iy nazar o‘zbek millatiga mansub bo‘lgan, Assotsiatsiya dasturlarida ishtirok etishni istagan, 18 yoshdan yuqori shaxslar va o‘zbek diasporasini birlashtiruvchi tashkilotlar qabul qilinishi mumkin.Assotsiatsiyaga kirish uchun nomzodlarning faoliyati Assotsiatsiyaning ustuvor vazifalari va maqsadlariga mos kelishi majburiy shartdir.
2.Assotsiatsiya a’zolari Assotsiatsiya faoliyatida o‘z siyosiy va diniy qarashlarini, millatchilik, separatizm, ekstremizm g‘oyalarini targ‘ib qilishlari va har xil siyosiy va diniy qarashdagi a’zolarni ta’qib etishlari taqiqlanadi.
3.Assotsiatsiya a’zolariga umumiy talablar:
Assotsiatsiya a’zoligiga qabul qilish – tegishli ariza taqdim qilish va Assotsiatsiya boshqaruvi qarori asosida (absolyut ko‘pchilik ovoz bilan) amalga oshiriladi;
Assotsiatsiya a’zolari (a’zo tashkilotlar har bir a’zosi uchun) imkoniyatlari darajasida – har oyda kamida 10 AQSh dollari miqdorida – a’zolik badallarini to‘lashlari yoki homiylik qilishlari mumkin;
Assotsiatsiya a’zosi: a) ko‘ngilli ravishda Assotsiatsiya a’zolari safidan chiqishni istaganda, b) o‘z vazifasini bajarmagan yoki zarur tartibda bajarmaganligi uchun, v) o‘zining harakatlari bilan Assotsiatsiyaning maqsad va vazifalariga to‘sqinlik qiluvchilar Assotsiatsiya a’zoligidan Assotsiatsiya Boshqaruvi qarori asosida a’zolikdan chiqarilishi mumkin;
Assotsiatsiya a’zolari Assotsiatsiya tomonidan o‘zlariga berilgan mulkka egalik huquqini saqlamaydilar, jumladan, a’zolik badallariga ham. Ular o‘zlari a’zo sifatida qatnashayotgan Assotsiatsiya majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar. O’z navbatida Assotsiatsiya ham o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas.
4. Assotsiatsiya a’zolari quyidagi huquqlarga egadirlar:
Assotsiatsiya faoliyatini boshqarishda qatnashish;
Assotsiatsiya faoliyati haqidagi to‘liq axborotni olishga, buxgalterlik hisobi, hisoboti va boshqa hujjatlar bilan tanishishga;
Assotsiatsiyaning navbatdan tashqari Boshqaruv majlisini chaqirish yuzasidan Boshqaruv raisiga yozma ravishda ariza berishga;
Assotsiatsiyaning navbatdagi yoki navbatdan tashqari majlisida Nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish masalasini ko‘rib chiqish uchun Boshqaruv raisiga tegishli yo‘l bilan murojaat qilishga;
Assotsiatsiya tomonidan tashkiliy-texnik, axborot va metodologik yordam olishga;
O’zining huquqiy va qonuniy qiziqishlarini himoya qilishga;
Assotsiatsiya tomonidan amalga oshiriladigan barcha dastur va loyihalarda, hayriya tadbirlarida o‘zaro manfaatli qatnashishga;
Assotsiatsiya a’zolariga tegishli barcha imtiyoz va yengilliklardan foydalanishga, agarda shunday qulayliklar mavjud bo‘lsa;
Assotsiatsiya bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalari doirasida moliyaviy va moddiy yordam ko‘rsatishga yoki olishga.

5. Assotsiatsiya a’zolari quyidagilarga majbur:

Nizomda, Boshqaruv qarorlarida ko‘zda tutilgan tartib va miqdorlarida kirish va a’zolik badallarini to‘lash;
Assotsiatsiya faoliyati bilan bog‘liq konfedentsial ma’lumotlarni tarqatmaslik;
Nizom va shartnomalar qoidalariga amal qilish;
Assotsiatsiyaga o‘z faoliyatini amalga oshirishida har tomonlama yordam berish;
A’zolik badallarini o‘z vaqtida to‘lash;
Assotsiatsiya faoliyatini tahlil qilish va qo‘shma hisobotlarni tuzish uchun Assotsiatsiya Boshqaruviga o‘z faoliyati haqidagi axborotni taqdim etish;
Assotsiatsiyaning maqsadi va vazifalarini amalga oshirishga har tomonlama yordam berish.

VI.Assotsiatsiyaning boshqaruv organi

1.Assotsiatsiyanig rahbar organi Boshqaruv bo‘lib, uning a’zolari har besh yilda bir marta bo‘ladigan, o‘zbek diasporasi vakillaridan delegatlar qatnashuvchi Qurultoyda oddiy ko‘pchilik ovoz bilan saylanadilar.

2.Boshqaruv yig‘ilishlari zaruriyatiga qarab (kamida 6 oyda bir marta) o‘tkaziladi. Boshqaruvning tarkibi o‘zbeklarning tarixiy vatani bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari – O’zbekiston, Afg‘oniston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlarining fuqorosi bo‘lgan o‘zbeklardan bittadan vakil – jami 6 kishi va boshqa davlatlarda yashovchi o‘zbek diasporasi vakillaridan 3 kishi, jami 9 kishidan iborat bo‘ladi.

3.Boshqaruv yig‘ilishlari oralig‘idagi davrda Boshqaruv raisi Boshqaruv nomidan ish yuritadi va u o‘z faoliyatini ushbu Nizomda belgilangan vakolati doirasida amalga oshiradi.

4.Boshqaruv yig‘ilishining mutlaq vakolatiga quyidagilar kiradi:

Assotsiatsiya faoliyatining ustivor yo‘nalishlarini aniqlash;
Assotsiatsiya Nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
Assotsiatsiya byudjetini tasdilash;
Assotsiatsiya faoliyatini uzluksiz ta’minlash maqsadida Assotsiatsiya direktsiyasini tashkil etish, ijrochi direktorni tayinlash.
Boshqaruv raisi va uning muovinlari, ijrochi direktorni tayinlash va vazifasidan ozod qilish;
Assotsiatsiya bo‘limlari, sho‘‘ba korxonalari, vakolatxonalarini tashkil etish, tugatish va qayta tashkil qilish, tegishli Qoidalarni tasdiqlash;
Assotsiatsiyaning rasmiy auditorini tayinlash;
Assotsiatsiya a’zolarini qabul qilish va chiqarish;
Assotsiatsiya faoliyatini to‘xtatish haqidagi qarorni qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash.
5. Assotsiatsiya Boshqaruvi qarori, agarda Boshqaruv yig‘ilishida Boshqaruv a’zolarining 60% dan kam bo‘lmagan miqdori qatnashgan taqdirda va qaror Boshqaruv a’zolarining absolyut ko‘chilik ovozi bilan qabul qilinganda qonuniy hisoblanadi.

6.Boshqaruv raisining vazifalari;

Boshqaruvga raislikni har bir yilda Boshqaruv a’zolari orasidan har xil davlatdagi o‘zbek diasporasi vakillaridan biri amalga oshiradi. Bir shaxs Boshqaruvga bir necha marta raislik qilishi mumkin, lekin uzluksiz bir martadan ko‘p raislik qilishi mumkin emas. Mazkur bandni hech bir Boshqaruv yig‘ilishi o‘z foydasiga o‘zgartirish huquqiga ega emas.

Boshqaruv raisi o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Boshqaruv qarorlari Rais imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
Rais vazifalari doirasiga quyidagilar kiradi:
Assotsiatsiya faoliyatini uning maqsadlariga doir yo‘nalishlarini ishlab chiqish va nazorat qilish;
Barcha davlatlardagi o‘zbek disporasi tashkilotlari va vakillari bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish va muvofiqlashtirish;
Assotsiatsiya homiylari bilan aloqalar o‘rnatish, hamkorlik qilish, moliyaviy mablag‘lar izlab topish va moddiy va ma’naviy yordamga muhtoj bo‘lgan o‘zbeklarga aniq maqsadli yordam ko‘rsatishni tashkil etish;
Assotsiatsiya direktsiyasi faoliyatini nazorat qilish;
Assotsiatsiyaning yillik hisobotini muhokama qilish va tasdiqlash.

7.Ijrochi direktorning vazifalari:

Boshqaruv raisi o‘rinbosari – ijrochi direktor Assotsiatsiyaning joriy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarni amalga oshirishga rahbarlik qiladi. Uning vazifalari quyidagilardan iborat:
Boshqaruv qarorlarini hayotga tadbiq qilish;
Assotsiatsiya faoliyatining uzluksiz ishlashini ta’minlash. Dastur va Nizomiy faoliyatning ijro etilishi yo‘lida o‘zbek diasporasi vakillarining huquqiy himoyalanishi, ularga moddiy, ma’naviy yordam ko‘rsatishni tashkillashtirish;
O’zbek diasporasi yashaydigan davlatlarda hayriya kontsertlari, ko‘rgazmalar, ijodiy kechalarni tashkillashtirish va o‘tkazish;
Tabiiy ofat, milliy nizolar va boshqa jiddiy sabablar ortidan jabrlangan o‘zbeklarga gumanitar yordam ko‘rsatishni amalga oshirish;
Assotsiatsiya vazifalarini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassislardan iborat ishchi va ekspert guruhlarini tashkil etish va ularning faoliyatini ta’minlash;
Assotsiatsiya tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning doimiy monitoringini yuritish.
Ijrochi direktor Assotsiatsiya xodimlarining ishini tashkil qiladi va boshqaradi, Assotsiatsiya nomidan faoliyat ko‘rsatadi, shu jumladan, uning moliyaviy – xo‘jalik ishlarini amalga oshiradi. Assotsiatsiya nomidan bitimlar tuzadi, Assotsiatsiya xodimlari bajarishi majbur bo‘lgan bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi. Assotsiatsiyaning bo‘limlari va sho‘‘ba korxonalari rahbarlarining nomzodini Boshqaruv raisi bilan kelishgan holda tayinlaydi. Ijrochi direktor Assotsiatsiyaning Nizom doirasidagi barcha faoliyati uchun ma’suldir.

VII. Assotsiatsiyaning mol-mulki va moliyaviy mablag‘lari

1.Assotsiatsiyaning mol-mulki asosiy fondlar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va shu kabilar) dan, aylanma mablag‘lardan, shuningdek, mablag‘ bilan ta’minlashning barcha manbalari hisobiga olingan moliyaviy resurslar va boshqa moddiy boyliklardan iborat bo‘ladi.
Assotsiatsiya mol-mulkining qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladi.
2.Assotsiatsiya mablag‘lari:
Muassislar ajratmalari – hayriya, homiylik tushumlari va xolisona tushumlar, shu jumladan grantlar va tashkilot ro‘yxatga olingan davlat qonunlari bilan taqiqlanmagan mablag‘lar hisobiga shakllanadi.
3.Assotsiatsiyaning hayriya, homiylik tushumlari va xolisona tushumlar, shu jumladan olingan grantlari Assotsiatsiyaning o‘z mulki hisoblanadi.
4.Assotsiatsiya asosiy fondlarni va boshqa moddiy boyliklarni qonunchilikda belgilangan tartibda tasarruf etadi.
5.Assotsiatsiya o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan, amaldagi qonunchilikka muvofiq to‘lov undirib olinishi mumkin bo‘lgan mol-mulk bilan javob beradi.

VIII.Buxgalterlik hisobi va hisoboti

Assotsiatsiya o‘z faoliyati natijalarini amaldagi qonun va qoidalarga binoan tezkorlik bilan tahlil qiladi va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, hisobot ma’lumotlari va balans hisob-kitoblarining ishonchliligini ta’minlaydi.
Assotsiatsiyaning moliyaviy va xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat – majburiy ravishda har yili auditor jalb qilib, tegishli tekshiruvni amalga oshirishdan iborat bo‘ladi.

IX.Assotsiatsiya faoliyatini to‘xtatish va qayta tashkil etish

Assotsiatsiya faoliyati uning oliy organi qarori yoki sud qaroriga ko‘ra to‘xtatilishi mumkin.

Kreditorlarning talabi qondirilgandan keyin qolgan Assotsiatsiya mulki Boshqaruv yig‘ilishida o‘rnatilgan tartibda Boshqaruv a’zolari o‘rtasida taqsimlanadi.

Loyiha muallifi: Bahodir Uzoqov.

Murojaat uchun manzil: worlduzbek@gmail.com

Rasmiy veb sahifa: http://uzbekplace.com;

http://www.yangidunyo.com

Bu maqola 2864 marotaba 745 ziyoratchi tarafidan o`qilgan

This entry was posted on Wednesday, August 11th, 2010 at 6:55 pm and is filed under Xorijdagi o‘zbeklar. You can follow any responses to this entry through the RSS 2.0 feed. You can skip to the end and leave a response. Pinging is currently not allowed.

12 Responses to “Dunyo o‘zbeklari Assotsiatsiyasining NIZOMI”

  1. Muxlis Says:
    August 11th, 2010 at 8:03 pm

II.4.Millatchilik, milliy shovinizm, separatizm, ekstremizm g‘oyalariga qarshi kurashish, milliy manfaat, milliy o‘ziga xoslik hosiyatlarini barcha xalqlar bilan tenghuquqlik va o‘zaro hurmat printsiplari asosida targ‘ib qilish;
————————————
Bahodir Sulton aka! Shu joyi aytayotgan gaplaringizga mos tushmay qoptiku!

  1. Anvar Says:
    August 11th, 2010 at 8:04 pm

A’zolik badalini olib tashlash kerak. Uning o’rniga ixtiyoriy homiylikni va funraiserlikni yo’lga qoyish kerak.

  1. Achilbek Husainov – Ozbekdan oldindan bashorat Says:
    August 11th, 2010 at 8:47 pm

Bu ideya olgan ideyalardan biri. Yana bir Ozbeklar oziga moslatib mansab olish payidan.

Mana bu joyi ayniksa.

Boshqaruvning tarkibi o‘zbeklarning tarixiy vatani bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari – O’zbekiston, Afg‘oniston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlarining fuqorosi bo‘lgan o‘zbeklardan bittadan vakil – jami 6 kishi

va boshqa davlatlarda yashovchi o‘zbek diasporasi vakillaridan 3 kishi, jami 9 kishidan iborat bo‘ladi.

Yoki mana bu joyi.
Assotsiatsiyanig rahbar organi Boshqaruv bo‘lib, uning a’zolari
— har besh yilda bir marta bo‘ladigan,—
o‘zbek diasporasi vakillaridan delegatlar qatnashuvchi Qurultoyda oddiy ko‘pchilik ovoz bilan saylanadilar.

Bular ozini saylab yana besh yilga mihlab olmokchi.

Xullas bu hammasi tufta narsalar. Amerikada bunaka tashkilatlar 50 yildan beri 10 dan ortik bor. Ozbekiston, Turkiston, Turon, Vatan, “Kotan…” va hokazolar bekorchilikdan ochib tashlangan. Xammasi birinchi majlisgacha yoki grantgacha. Bir-ikta sokollikni azolikga olsa, terrorist tashkilot boladi koyadi. Agar sokolilani omasa ular buzikilik kiladi bu masalada.

Tak chto sanga Bohodir omad, nomi ulug suprasi kuruk tashkilotda, ozinga ozing rahbar bolib yuraverasan. Hali ogriga xam chikarishadi, 10 dollar vznoslarni ogirlagan deb.

Lekin nomini juda katta urvoribtida bular, bularni Apetitlari-Ishtaxasi karnay ekan. Nomini karang “Dunyo O’zbeklari Assotsiatsiyasi”, biratolasi Islom Karimovga xam rahbar bolmokchi bular, koil…..

Undan korasi “Ozbekistonlik Moshenniklar Korporaciyasi” deb koinglar. Grant olamiz deb ochikdan ochik yozibsanlarku.

baribir omad sizlarga, 1 yilga komay pozor bolasizlar, 100 % garantiya.

****

Admin:

So‘kong‘ich muxlisimizning manzili:

79.102.57.192
City: Karlskrona
Country: Sweden
Continent: Europe
Time Zone: GMT+1

  1. Yolchi-EVROPA Says:
    August 11th, 2010 at 9:18 pm

BU ASSOCIACIA RAHBARLIGIGA KUYIDAGI 9 KISHINI TAKLIF ETAMIZ:
TAKLIF KILINGAN LOYIHA BOYICHA.

1. KATTA RAIS – XOFIZ DADAXON XASAN (OZBEKISTON ONA YURTDAN)

3 KISHI BOSHKA MAMLAKATLARDAN

MUOVIN – YOZUVCHI SHOIR YODGOR OBID (EVROPA)
MUOVIN – MUHOLIFAT LIDERLARIDAN MUHAMMAD SOLIH (TURKIYA)
MUOVIN – JURNALIST JAHONGIR MUHAMMAD (AMERIKA)

KOLGANI:

AFGONISTON – GENERAL ABDURASHID DOSTUM

KIRGIZISTON – OZBEKLAR LIDERI KODIRJON BOTIROV

TOJIKISTON – Xodjи́ Akbа́r Turadjonzodа́ (Akbа́r Turа́evich Kaxxо́rov) — duxovnыy i politicheskiy deyatel Tadjikistana

KOZOKSTON – 1 KISHI

TURKMANISTON – 1 KISHI

OZBEK MILLATIGA MANSUB UYGURISTONDAN ODAMNI OLIB 10 KISHI KILISH KERAK. JUP BOLGANI YAHSHI.

KOLGAN CHET ELDAGI YAXSHIGANA VA TURLI YOLGON BAHONALAR BILAN ORNASHVOGAN OZBEKLAR CHIN KALBIDAN MILLATI UCHUN BADAL TOLASINLAR. SHUNDA TASHKILOT, BOY VA SIYOSIY BAKVAT TASHKILOT BOLADI.

  1. Taklif Says:
    August 11th, 2010 at 9:37 pm

Assotsiatsiya (ot lat. accosiare — soedinyat) — ob’edinenie. degan fikrdan kelib chiqadigan bo‘lsak, bu assotsiatsiyani orqasida ma’lum bir konkret jamoasi bor tashkilotlar yoki aholi orasida ma’lum bir nufuzi, obro‘yi bor yuridik shaxslar turishi kerak bo‘ladi. Afg‘onistondan birta, Tojikistondan birta va boshqa mamlakatlardan ham bittadan duch kelgan o‘zbekni topib, bu tashkilotga a’zo qilgan bilan ish bitmaydi. Shu bois agar bu tashkilotni kelajagidan nimadir kutayotgan bo‘lsak, avval unga qaysi tashkilotlar kirishini e’lon qilganimiz ma’qul. Agar bu tashkilotga Afg‘onistondan Abdurashid Do‘stum, Rossiyadan Alisher Usmonov, Qirg‘izistondan Solijon Sharipov kabi taniqli o‘zbeklar asos solganida bormi, boshqacha bo‘lardi. “Dunyo O’zbeklari Assotsiatsiyasi” danman deb yurgan kimsani ertaga ko‘chada, duch kelgandan: “Bir dona sigaret ber jo‘ra” deb yurishiga toqat qilib bo‘lmaydi. Shu uchun bu tashkilot har turli mamlakatlardagi o‘zbeklarning ko‘proq qatlamlarini o‘zida jamlamaguncha unga Assotsiatsiya nomini berib bo‘lmaydi. Xullas tashkilot ma’lum bir nufuzga ko‘tarilmaguncha unga rais va boshqaruvchi bo‘lishiga ham hojat yo‘q. Hozircha tashkilotni koordinatsion markaz sifatida ro‘yxatdan o‘tkazib, unga biror bir rahbar saylab, hammamiz unga yordam berishimiz kerak. Men ustavda ana shunday o‘zgarishlar bo‘lishini taklif qilaman.

  1. kurbonoy Says:
    August 11th, 2010 at 10:58 pm

KOZOKSTON – 1 KISHI :Rohat Aliev

TURKMANISTON – 1 KISHI: Safar Iklimov.

OZBEK MILLATIGA MANSUB UYGURISTONDAN;
Robiya Kadir.

  1. Anvar Says:
    August 11th, 2010 at 11:26 pm

Bu tashkilot tijoriy va mansab ulashadigan tashkilotga o’xshab borayapti. Assosatsiayga amaldorlar va muovinlar nimaga kerak? Man sizlarni tushunmadim. Yana a’zolik badali nimasi? Sizlar pul ishlash niyatlaring bo’lsa firma ochinglar. Assosatsiya o’z nomi bilan assotsatsia yani birlashma. Man bunaqa amal ulashib eski korrupsianerlardan iborat bunaqa tashkilotga qatnashmiman.

  1. Ulugbek Says:
    August 12th, 2010 at 2:31 am

Yo’lchi Evropa ga,
O’zbeklarga nega boshliq kerakligini tushuna olmiman. Siz aytoyotgan odamlar hozir odamlardan immigratsiya qilib beraman deb katta-katta pul olayotganligini bilasizmi o’zi? Yoki o’zingiz ularning birimisiz? Bu odamlar poraxo’rligi o’zbekistondaligida ma’lum edi. O’zbekning qoniga qullik singib ketga ekan-da o’zi?
Biz jamooa bo’lib ish yuritishni o’rganishimiz kerak. Ya’ni inglizchasiga teamwork ni tashkillashtirishimiz kerak. Chet davlatlarda hamma narsa teamwork orqali amalga oshiriladi. Ular birovni boshliq qilib uning qovoq-tmshug’iga qarab o’tirishmaydi.

  1. Achilbek Husainov uchxarfga Says:
    August 12th, 2010 at 4:07 am

San iflos ham o’zingni o’zbekman deb yuribsanmi? San aytganchalik noinsof bo’lishganda imi-jimida nomi ulug tashkilotni tuzib grantini olib yashayversa nima ham qilarding? Iching to’la hasad va g’azab. Sanga uxshagan ituzbeklarni orqangdan millatimiz xoru zor. Qulingdan bir ish kelmasa irillamay qisibgina jim utirishing ham millat uchun foydali bulardi. Man uzbeklarni birlashtirishga qaratilgan hamma harakatlarni qullayman. Shu ishni javobgarligini buyniga olib hammani fikrini yigayotgan mard insonlar topilganidan benihoya xursandman. It hurar utadi karvon… Bu itlar har narsaga irillagani irillagan, etibor bermasdan ishingizni bajaring. Biz uzbeklar siz bilanmiz. Yusufjon aka, shu savobli ishlarni yoritib borayotganligingiz uchun katta raxmat. Haqorat qiluvchilarni IP adresi bilan bering. OMAD!

****

Admin:

So‘kong‘ich muxlisimizning manzili:

83.255.3.223
City: Stockholm
Country: Sweden
Continent: Europe
Time Zone: GMT+1

  1. Oliyahon Says:
    August 12th, 2010 at 5:05 am

Bunday tashkilot tuzish Osh qatliomiga yordam berish va kelajakda bunday xollarda tola xuquq ila qatnashish goyasi bilan tuzilyapti albatta va bu tashkilot xorijdagi ozbeklar tomonidan tuzilmaqda. Shu sababdan nomini togri qoyish kerak – Xorijdagi ozbeklar uyushmasi va shunga ohshash. Bu uyushmangiz avvalo 4-5 yil xolis xizmat qilib ozini korsatsin keyin unga agzo boluvchilar soni kopaysin ana shunda agzolik badallarini kiritsangiz togri bolurmu. 9 kishi nima qiladi boshqarib, 1 kishi boshqarsin 1 kishi yordam bersin, qolganlar joylarida xolisona xizmat qilsinlar, yigilishlar ham xolisona boladi – xoxishi va imkoni borlar keladi, yigilishlarni internet orqali telekonferenciyaga ohshash, ortaga masala tashlansa boshkalar fikr bildirsalar. Yana ozlaring bilasizlar. Ammo bunday uyushma bolgani yahshi, xar xolda ozbekni dardini kotarib chikadilar, kim nimani qanday tushunsa, oylasa yo xoxlasa emas, muhr bilan kopchilik tasdigi va qonun bilan togri yol boshqaradilar. Ana shunda millatchilik yoki alam va och olish niyatiga ohshash xarakat bolmaydi. Olloh ozi qollasin.

  1. Temur Says:
    August 12th, 2010 at 7:06 am

O’zbeklar Assosatsiasi tashkilotidagilar butun o’zbeklarning nomini sotib grant olishar ekan va a’zolik badali to’plashib yallo qilib amaldorlik qilishar ekanda! Bu g’irt korrupsionerlarning mentaliteti.
O’zbeklarga yordam bermoqchi bo’lsangiz buni uchun a’zolik badali to’plash kerak emas. Buning uchun yaxshi maqolalar yozib rus va ingliz tillarida e’lon qilish kerak. Bu narsani o’zbeklar alohida alohida ravishda juda yaxshi eplashdi Qirg’izistondagi voqealarda. Buning uchun assosatsiya kerak bo’lmadi. Har kim ko’nglidagi narsani aytdi va yozdi. Natijasi ajoyib bo’ldi.

  1. Andersen Says:
    August 12th, 2010 at 8:27 am

Assalomu alaykum,
Baxodir aka, raxmat mexnatingiz uchun! Bilinib turibdi ancha sof va xolis mexnat sarf etilgan bu nizomni ishlab chikish uchun.
Mening kommentariylarim:
1. Kup joyda “uzbek diaspora” suzi ishlatilgan (masalan: unyoning turli mamlakatlarida istiqomat qilayotgan o‘zbeklarning o‘zaro aloqalarini mustahkamlash maqsadida o‘zbek diasporalari vakillari ishtirokida ilmiy va madaniy anjumanlarni tashkil etish). Vaxolanki, kup mamlakatlarda uzbeklar “diaspora” emas, usha yashayotgan shaxar/kishloklarining turgun “korennoy” xalki (Urta Osiyo). Rus tilida “Disapora” suzi kuyidagini anglatadi: “relig. i etnicheskie gruppы, jivuщie v novom rayone svoego rasseleniya na polojenii natsionalno-kulturnogo menshinstva”, ya’ni “yangi joyga kuchib kelgan gruppalar”. Shuning uchun “uzbek diaspora” suzini “uzbek jamiyati” bilan alishtirsak.
2. Chlenskiy vznos (a’zolik badali) bulishi kerak, lekin oyiga 10 dollar kup, kamida bir yilga 10 dollar desak maksadga muvofik buladi. Mening tajribamga suyalgan xolda aytaman, boshida kupchilik tulamaydi badal/vznosni, asosiy tushum sponsorlardan bulishi kerak. Lekin yillar utib, assotsiatsiyani kerakligi va muximligi tushunishgandan keyin kupchilik tulashni boshlaydi.
3. Maksad va vazifalarda “Odam xukuklarni ximoya va targib kilish, diskriminatsiya/kamsitishlika karshi kurashish” degan suzlarni kushish (fakat uzbeklarning xukularini emas);
4. Maksad va vazifalarga “Genotsid va insoniyatga karshi jinoyatlarga karshi kurashish, ularni yoritish va oldini olish” degan suzlarni kushish;
5. Iltimos boshkaruv organlarga eski siyosatchilarni iloji boricha kam kuyish kerak;
6. Men uzim oilali va oylikchi odamman, lekin shunga karamay assotsiya tuzilishi bilan 100 dollar utkazaman xisobiga, chunki bu kerak tashkilot!
7. Iltimos, fitnachilar va SNBshniklar yozayotgan postlarga kungil burib xafsalanglar ulmasin.

http://yangidunyo.com/?p=13899

Advertisements

One Comment to “Dunyo o‘zbeklari Assotsiatsiyasining NIZOMI – yangidunyo”

  1. Assalomu alaykum aka ukalar unyo o’zbeklari bu O’zbeklar Assosatsiasi tuzish yahshi lekin men bundagi azo boshliqlarni ko’rib chiqib shuni aytishim mumkinki bu oamlar boshliq bo’lmasa yahshi ularni yomon ko’raman demayab man balki bu odamlar o’z yurtlarida davlat tarafidan haydalgan va anahu mamlakatlarda ish olib borishga yo’l qo’ymaydi shunin uchun harbir mamalakatning O’beklar milliy maaniy markazlari boshliqlarini yani o’sha davlatda erkin ish yurita oladigan oamlarni qo’yish kerak mana shunda ish oldiga jiladi bo’lmasam bu tashkilot uzoqqa bormaydi va yana butashkilot haqida lom lum deyilmay qoldi demak yopilipdida bunga 2010yili asos solingan edi lekin hozir 2014 yilku qani

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: