“Men qimiz haqida kuyladim…” Qirg‘iz xonandasi Yulduz Usmonovaga qarshi… – uznews


Yulduz Usmonova; foto: yulduz.uz

03.08.10 02:41

Uznews.net – O’zbek va qirg‘iz madaniyat arboblari o‘rtasida qo‘shiq urushi avj oldi. O’sh va Jaloloboddagi qonli bosqinga javoban, qirg‘iz madaniyat xodimlari o‘z qo‘shiqlarini chiqarishdi.

Iyunning oxirlarida O’zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Qirg‘izlarga” qo‘shig‘ini yozdi, unda 10 dan 15 iyunga qadar Qirg‘iziston janubida davom etgan o‘zbek millatiga mansub insonlarga qarshi qotillik va bosqinga qarshi o‘z munosabatini bildirgan.

Qo‘shiq shu zahoti Qirg‘iziston va O’zbekiston o‘zbeklari orasida ommalashdi, biroq undagi qirg‘iz xalqini genotsidda ayblashga ishora qirg‘iz patriotlarinining kuchli g‘azabini qo‘zg‘adi.

Qirg‘iziston milliy teleradiokompaniyasining ma’lum qilishicha, Yulduz Usmonova qo‘shig‘i chiqqanidan bir necha kun o‘tib, Qirg‘iziston madaniyat vazirligi tomonidan ushbu asarni o‘rganish va uning mazmunini baholash uchun ekspert komissiyasi tuzilgan.

O’z xulosalarini Qirg‘iziston TIVga taqdim qilishni ko‘zlagan ushbu komissiya tarkibiga taniqli bastakorlar, shuningdek madaniyat vazirligi vakillari kiritilgan. Qirg‘iziston madaniyat vazirligi matbuot xizmati xodimasi Sohib Qodirovning bildirishicha, O’zbekistonga allaqachon “bu kabi qo‘shiqlar boshqa takrorlanmasligi” haqida ogohlantirish notasi jo‘natilgan.

O’zbek xonandasining qo‘shig‘i yuzasidan “ekspert komissiya”sining tuzish tezkorligi diqqatni o‘ziga jalb qiladi: bu Qirg‘iziston janubida ro‘y bergan voqealarning o‘zini surishtirishga oid komissiyaning tuzilishidan bir hafta oldin tashkil etilgan.

Yulduz Usmonova tomonidan qilingan «o‘zboshimchalik» haqida, Qirg‘izistonning turli madaniyat vakillar fikr bildirishdi.

Masalan,

Usmanovaning muxolifi Qirg‘izistonda xizmat qilgan artist va bastakor Gulshayir Sadibakasova; super.kg

hozirgi QR madaniyat vaziri Sodiq Sherniyozning fikricha o‘zbek estradasi malikasi ikki xalq o‘rtasidagi shusiz ham qaltis munosabatlarni chigallashtiradi.

Uning fikricha, qon to‘kilishlarida hech kim aybdor emas, qirg‘izlar va o‘zbeklar siyosiy qurol sifatida insonlarning tuyg‘ulari bilan o‘ynashgan allaqaysi «uchinchi kuchlar»ning qurboni bo‘lishgan, biroq u nimagadir bu mavhum uchinchi kuchlarning kimligini aytmaydi.

Qirg‘izistonda hizmat ko‘rsatgan artist va bastakor Gulshayr Sadibaqasova o‘z navbatida xonanda neytral ohangni tanlashi, qirg‘iz xalqi tuyg‘ulari bilan o‘ynashmasligi lozim deya hisoblaydi.

“O’z fitnakorona qo‘shig‘i bilan Yulduz Usmonova, jamiyatdagi tinchlik va murosani tashviq qilishga asoslangan qo‘shiqchilik missiyasini unutdi. Buning o‘rniga u o‘zbeklarni ochiqdan ochiq qirg‘izlarga dushmanlikka chaqirmoqda, ayni paytda qirg‘iz xalqi g‘ururini tahqirlamoqda”, – dedi u.

“O’zbek bo‘lishiga qaramay O’zbekistondan quvishganida men unga har tomonlama yordam qilgan edim. Mana endi u hamma yaxshi narsalarni unutib, milliy nizo qo‘zg‘ovchi qo‘shiqlar kuylamoqda”, – deya qo‘shimcha qiladi Sadibaqasova.

Qirg‘iz OAVsi, Sadibaqasovaning Yulduz Usmonovani «qattiq tanqid qilgani» va unga javoban she’r bitgani haqida yozadi, unda shunday satrlar bor:

«Bevatan qo‘shiqchidan, vatani bor qul afzal».

Shunga o‘xshash fikrlarni Qirg‘iziston ijodiy intelligentsiyasini boshqa vakillari ham bildirishgan. Qirg‘iziston xalq artisti, Bobur nomidagi Akademik musiqali drama teatri aktrisasi Samida Xolmetova, ikki millat, aniqrog‘i qirg‘izlar va o‘zbeklar o‘rtasidagi munosabatlarini bilmay turib, shunday provakitson qo‘shiqni kuylab Yulduz Usmonova katta hatoga yo‘l qo‘ydi.

«Shuningdek u Yulduz Usmonovaga qarata gapirgan: «Agar sen meni eshitayotgan bo‘lsang – bunday qilmagin, sen faqat o‘z obro‘yingni yo‘qotasan», – deya bildiradi qirg‘iz axborot agentligi AKIpress-Farg‘ona.

Hozircha qirg‘iz madaniyati tashviqotchilari xonandaga qanday qo‘shiq kuylash lozimligini o‘qitisharkan, Qirg‘izistonda Yulduz Usmonov qo‘shiqlari va disklariga qarshi haqiqiy boyqot e’lon qilindi deya bildiradi, KTK telekanali.

Bozorlarda uning qo‘shiqlari yozilgan disklar yo‘q qilinmoqda, mahalliy radiostantsiyalar esa uning qo‘shiqlarini efirga qo‘yishni bas qilishdi. Usmonovaning barcha kompozitsiyalari qirg‘iz radiostantsiyalarida norasmiy taqiq ostida qoldi.

«Qirg‘iz yulduzlari, nafaqat qo‘shig‘ini, balki Usmonovaning o‘zini ham mamlakatda istalmagan shaxs deya e’lon qilish lozim», – deya xabar beradi KTK. Ta’kidlash joizki, bungacha honanda ushbu rerpublikada tez tez chiqish qilardi

Bu vaqtga kelib, qirg‘iz madaniyati vakillari, “haddidan oshgan” xonandaga qarshi yana bir javob tayyorlashdi. Bir qancha qirg‘iz nashrlari shu zahoti Usmonovaning qo‘shig‘iga javoblarning bir qancha variantlarini chop etishdi..

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=33&nid=14552

Advertisements

One Comment to ““Men qimiz haqida kuyladim…” Qirg‘iz xonandasi Yulduz Usmonovaga qarshi… – uznews”

  1. Юлдуз Уманова узи хохолаганини килади.У билан хеч кимни иши булмасин. Уз Ватанидан у кувилмади, узи хижрат килди.У факат уз Ватани учун ва Узбекларни шони учун кушик куйлайди.Усмоновадай Урта Осиёда йук бирор саънаткор. Хамма узини ёккасини хидласин

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: