Archive for August, 2010

28/08/2010

Moskvada qiroat ustalari yig‘iladi – ozodlik.org

28.08.2010

Umidbek

Rossiya muftiylar Kengashining qaroriga ko‘ra, joriy yilning 24 oktyabrida Moskvada XI Xalqaro Qur’on xofizlari tanlovi bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar 2 yildan buyon musobaqada ishtirok etmayotgan o‘zbekistonlik Qur’on qiroatchilari bu yil ham tashrif buyurmasligidan afsusda ekanini bildirmoqda.

2010 yilning 24 oktyabrida Moskvaning “Kosmos” mehmonxonasi kontsert zalida an’anaga aylangan va yildan yilga nufuzi oshib borayotgan XI Xalqaro Qur’on xofizlari tanlovi bo‘lib o‘tadi. Musobaqa Rossiya muftiylar Kengashi raisi Ravil G’aynuddin rahbarligi va Islom konferentsiyasi tashkiloti Bosh kotibi Ekmaleddin Ixsanog‘luning ko‘magida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

read more »

Advertisements
28/08/2010

Qirg‘iz rasmiylari o‘zbek chegarachilaridan nolimoqda – ozodlik.org

Qirg‘iz rasmiylariga ko‘ra, O’zbekiston chegarachilari Qirg‘iziston fuqarolarini asosiz kaltaklamoqda.

28.08.2010

Elmurod

O’zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidan o‘tuvchi Pulgon-Javagi-Ko‘ktala yo‘lidagi avtomobil qatnovi qirg‘iz tarafi tomonidan vaqtinchalik to‘xtatildi. Qirg‘iz rasmiylari bunga O’zbekiston chegarachilari tomonidan Qirg‘iziston fuqarolari kaltaklanayotgani sabab bo‘lganini aytmoqdalar.
Qirg‘izistonning Botken viloyati hokimiyati rasmiysi Toshtemir Eshalievning aytishicha, O’zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidan o‘tuvchi Pulgon-Javagi-Ko‘ktala yo‘li orqali qatnayotgan qirg‘iz fuqarolarini O’zbekiston chegarachilari tomonidan kaltaklanishi holatlari juda ko‘payib ketgan. Shu sabali ham mazkur yo‘lda avtomobil qatnovi vaqtincha to‘xtatilgan.

read more »

28/08/2010

Belarus yana Bakievni ekstraditsiya qilish so‘rovini rad etdi – bbc uzbek

27 avgust 2010

Belarus yana bir bor Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Qurmanbek Bakievni vataniga qaytarishdan bosh tortgan.

Qirg‘iziston hukumati 27 iyundagi referendumda Roza O’tinboeva muvaqqat prezident etib saylanishi ortidan ikkinchi marta Belarusga ekstraditsiya so‘rovini topshirgandi.

Qirg‘iziston rahbari Roza O’tinboeva o‘tkazgan majlisda Bosh prokuror Boytemir Ibraev Minskdan ikkinchi marta rad javobi olinganini ma’lum qilgan.

Bosh prokuror Ibraev Bakievni vatanga qaytarishning boshqa yo‘llarini topamiz, deb aytgan.

read more »

28/08/2010

Prezident Obama Qirg’iziston uchun yana 9,5 million dollar yordam ko’rsatishni buyurdi – voa uzbek

Amerika Ovozi 27 avgust, 2010

AQSh Qirg’izistonda yuz bergan qonli voqealarda jabr chekib, boshpanasiz qolgan va xavf  tufayli vatanni tark etishga majbur bo’layotgan fuqarolarga yordam tariqasida 9,5 million dollar ajratadi.

Oq Uy 27 avgust kuni Davlat kotibasi Xillari Klintonga mana shu haqda farmon uzatdi.

Unda prezident Barak Obama Davlat departamentining Aholi, Qochqinlar va Migratsiya bo’limiga bu masala bilan shug’ullanib, xalqaro va nohukumat tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlikni yo’lga qo’yishni va moliyaviy ko’mak ko’rsatishni buyuradi.

read more »

28/08/2010

Boshpanasiz o’shliklarning maktab haqida o’ylashga holi yo’q – voa uzbek

Amerika Ovozi | O’sh 27 avgust, 2010

“Biz o’quvchilarimiz, bolalarimizni o’qitmay qolar ekanmiz, yana ongsiz, siyosatni to’g’ri tushunmaydigan kishilar safi kengayib qoladi”.

Qirg’in va iqtisodiy taqchillik olib kelgan yoz fasli oxirlab, yangi o’quv yili yaqinlashar ekan, Qirg’iziston janubida ota-onalar yana bir jiddiy muammo bilan yuzlashmoqda. Kunini bazo’r ko’rayotgan aholi uchun zurriyotini ko’chaga chiqarish ancha xavfli bo’lib qolgan. Ko’pchilikda bolalarni maktabga tayyorlashga imkon, kiyim-kechak, kitob va o’quv qurollari sotib olishga pul yo’q.

read more »

28/08/2010

Qirg‘iziston: 28 milliardga yupqalashgan hamyon – ozodlik.org

Iqtisodiy bo‘hron Roza O’tunbaeva hukumatini “avval iqtisod, keyin siyosat” qabilida ish tutishga majbur qilmoqda.

27.08.2010

Elmurod

O’sh voqelari Qirg‘iziston davlat hamyonining yupqalashishiga sabab bo‘ldi. Davlat hazinasini to‘ldirish ta’ma qilinayotgan donor davlatlar va’da qilgan pullar hali-beri kelmaydigan ko‘rinadi. Bu vaziyatda Qirg‘izistondagi inflyatsiya 12,5 foizdan oshib ketishi, mamlakatning shundoq ham zaif iqtisodi esa, tanazullga yuz tutishi mumkin.
Qirg‘iziston Moliya vaziri Cho‘rabek Imashev davlat byudjeti kundan-kunga yupqalashib bormoqda, uni to‘ldirish uchun esa imkoniyat yo‘q, deya bayon qildi.

read more »

28/08/2010

Islom Karimov va Tohir Yo‘ldosh (Ikkinchi suhbat) – yangidunyo

“Yangi Dunyo” musohabasi:
Islom Karimov va Tohir Yo‘ldosh: O’zaro o‘xshashliklar.
Diktatura va islom ekstremizmi egizaklarmi?
Mo‘‘tadil islomga yo‘l qaerdan boshlanadi?

Bizning navbatdagi suhbatdoshimiz taniqli muxolifat faoli, shifokor va islom dini targ‘ibotchisi Namoz Normo‘min.

Yusuf Rasul: -90 yillar boshida iqtidorga kelgan prezident Islom Karimov kuchli dunyoviy avtoritar rejimga asos soldi. Uni ashaddiy raqibi sifatida ko‘riladigan O’zbekiston Islomiy Harakati rahbari Tohir Yo‘ldoshning esa mamlakatda diniy- islomiy davlat qurish orzusi amalga oshmay qolib ketdi. Albatta, O’zbekistonda barcha kuch ishlatar tizimlarni o‘z qo‘liga olgan Islom Karimovni islomiy jihod yo‘lida tog‘u toshlarni kezib umr o‘tkazgan Tohir Yo‘ldosh bilan qiyoslash to‘g‘ri kelmas. Lekin bu ikki liderning o‘zbek jamiyati kelajagi uchun qanchalik xizmat qilganlari biz uchun qiziqarlidir.

read more »

28/08/2010

Toshkentda terrorizmga qarshi kurash: yo‘qolsin skameykalar! – uznews.net

26.08.10

Boboqulova: skameykalar terrorchilarga yordam beradi!

Uznews.net – Toshkentliklar O’zbekiston hukumati kiritayotgan yangiliklarga shu qadar o‘rganishdiki, har qanday lofga ham ishonishadigan bo‘lishgan, hatto terrorizmga qarshi kurashish uchun hovlilardagi skameykalarni olib tashlash lozimligi kabi.

Yaqinda Toshkentning Chilonzor mavzeyi 4 kvartalidagi uchta uy egalari o‘rtoqlik shirkati raisi Matluba Boboqulova bilan hatto yoqalashishgacha borishdi: o‘zining norasmiy yordamchisi Mars Baxteev bilan u umumiy hovliga o‘rnatilgan uchta skameykani qo‘porishga kirishdi.

read more »

28/08/2010

“Karimovning bayramga sovg‘asi shumi?” – ozodlik.org

Mustaqillikning 19 yilligi arafasida sariqamishlik o‘nlab ko‘p farzandli oilalarning uylari traktorlar bilan buzib tashlandi.

27.08.2010

Sadriddin

Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanining Sariqamish qishlog‘idagi uylari buzilgan ko‘p bolali ayollar, ana shu savolni aytib yig‘lamoqda. Melisalar uylaridan sudrab chiqib, chordevorlari traktorlar bilan yiqilgan bu ayollar mahalliy hukumat ularga yer bermagani bois, yerni o‘zboshimcha egallab, uy qurganlarini tan oladi.
23 avgust kunidan boshlab Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanining Sariqamish qishlog‘idagi yangi qurilgan o‘nlab uylarga traktor solina boshladi. O’z uylarini himoya qilgan ayollar va bolalarni sudrab olib chiqishga militsiya otryadi tashlandi.

read more »

28/08/2010

Narxini qarang – Otning kallasi! – ozodlik.org

Bayram arafasida O’zbekiston bozorlaridagi narxlarga qarashga yurak betlamaydi.

26.08.2010

Mehribon

O’zbekiston mustaqilligining 19 yillik bayrami, qolaversa Ramazon hayiti arafasida mamlakat bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlab bormoqda. O’zbekistonda bayramlar arafasida narx-navoning ko‘tarilishi odatiy holga aylangan. Bayram arafasi bahona O’zbekiston bozorlaridagi vaziyatni o‘rgandik.
Mustaqillik bayrami arafasida Toshkentda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkasi tashkil qilinib, shahar bozorlariga viloyatlardan 30 tonna meva va sabzovot keltirildi.

read more »