Qirg‘inga qarshi missiya – info.islom.uz


Yevropa Havfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Qirg‘iziston janubiga o‘zining 52 nafar poloitsiyachisini yuborishga tayyor. Bishkek rasmiylari bu narsa portlash ehtimoli bor bo‘lgan xududdagi taranglikni pasaytirishiga va mahalliy xuquqni ximoya qilish organlarining professional saviyasini sezilarli darajada oshirishiga umid qilmoqda. Bundan tashqari, Qirg‘izistonga O’sh va Jalolobod voqealarini taftish qilish uchun halqaro ekspertlar guruhi ham tashrif buyuradi. Ayni vaqtda mamlakat xukumati qirg‘iz va o‘zbeklar o‘rtasidagi kelishmovchilik olovi to‘liq so‘nmaganini va yaqin orada zo‘ravonliklarning yangi alangasiga aylanib ketishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Yevropa Havfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar Qirg‘izistonga o‘zining politsiya missiyasini yuborishga tayyor ekanligini o‘tgan juma kuni mamlakat prezidenti Roza O’tinboeva bildirdi. «Hozirga kelib Yevropa Havfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti vakillari bilan ushbu masala bo‘yicha muzokaralar yakunlanish bosqichidadir», dedi u. Tarkibida 52 ta odam bo‘lgan sara politsiyachilar guruhi qirg‘iz va o‘zbeklar o‘rtasidagi iyun oyidagi qirg‘indan eng kuchli jabr chekan O’sh va Jalolobodga yuboriladi. «Biz shunday yo‘l tutmoqdamiz, chunki Qirg‘iziston janubidagi vaziyat hali ikki millat vakillari normal faoliyat yuritishlariga sharoit yaratish uchun yetarli darajada barqarorlashgani yo‘q», deb ta’kidladi O’tinboeva xonim.

Uning so‘zlarini «‘» («Kommersant’») bilan suhbatda Yevropa Havfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti matbuot kotibi Virjiniya Kulludon ham tasdiqladi. «Missiyaning asosiy maqsadi bo‘lib mamlakat xukumatiga yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Biz millatlararo taranglikni yumshatishga, tartibni qayta tiklashga yordam beramiz, va mahalliy politsiyachilar uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazamiz», dedi u. Yevropa Havfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti vakili so‘zlariga ko‘ra, tez orada Qirg‘izistonga yuboriluvchi 52 ta politsiyachini tinchlikparvar kuch deb atash noto‘g‘ridir, chunki ular qurollanmagan bo‘ladi. Bu amaliyotning aniq muddatlari va tafsilotlari muhokamasi ushbu haftada Vena shahrida Yevropa Havfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti doimiy kengashi majlisi doirasida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qirg‘iz xukumati mamlakat janubidagi holatni normallashtirishga yordam berishni so‘rab Moskvaga murojaat qilgan edi. Ammo Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev «Moskva u yoqqa o‘zining alohida tinchlikparvar kontingentini yuborishni rejalashtirmagan va rejalashtirayotgani ham yo‘q», deya ochiq aytgan, biroq, kollektiv havfsizlik shartnomasi tashkiloti (KHShT) doirasida bu masalani ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini bildirgan. Ayni vaqtda, O’tinboeva xonimning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rasmiylari O’sh va Jalolobod voqealarini tekshirish uchun tashkil etilayotgan  halqaro komissiya ishida ishtirok etish «istagini bildirshmoqda». Yevropa Havfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Parlamenti assambleyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Kimmo Kilyunen boshqaradigan ushbu guruhga Yevropa ittifoqidan, Yevropa Havfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining milliy ozchiliklar ishlari bo‘yicha bosh komissari nomidan va BMTning inson xuquqlari bo‘yicha idorasidan vakillar kirishi kutilmoqda.
Ayni vaqtda, hanuz favqulodda holat va komendantlik soati joriy bo‘lib turgan O’sh va Jalolobod viloyatlarida ahvol tarangligicha qolmoqda. Kuzatuvchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, qirg‘iz va o‘zbek aholisi orasida vaxshiyona qotilliklar, zo‘rlashlar va uylarni ommaviy yoqib yuborishlarni aks ettiruvchi videomateriallar tarqatilmoqda. «‘»ga O’sh komendaturasi xodimlaridan birining aytishicha, kimdir atayin odamlarni yangi zo‘ravonlik harakatlariga gij-gijlamoqda.

Xukumat yaqin kunlarda janubdagi vaziyat birdaniga keskinlashib ketishi mumkinligidan xavotirda. Bu xaftada millatlararo qirg‘inda nobud bo‘lganlarning ma’rakalari o‘tkaziladi (qirq kunlik). Roza O’tinboevaning aytishicha, marxumlarni yodga olish ma’rakalari o‘tkazilishi janubda yangi to‘polonlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ekspertlarning fikricha, shu kunlarda boshlanuvchi saylovoldi kompaniyasi ham barqarorlikka erishishga yordam bermasligi aniq.  Muvaqqat xukumatdagi nufuzli bir manbaning «‘»ga aytganlariga ko‘ra, ba’zi siyosiy kuchlar deputatlik mandati uchun kurashda millatchilik omilidan faol foydalanishni ko‘zlanmoqda.

Ushbu holatda alohida tashvishga sabab bo‘layotgan narsa shuki, Qirg‘iziston davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, faqatgina O’shning o‘zida aholi qo‘lida tartibsizliklar paytida militsiya, chegarachilar va xarbiylardan «tortib olingan» 2 mingdan ortiq o‘qotar qurol mavjud. Ayni paytda qurolni ixtiyoriy ravishda topshirishga juda ozchilik rozi bo‘lmoqda, ko‘pchilik esa, iyun to‘polonlari takrorlanishidan xavotir bo‘lib, qurolni o‘zini himoya qilish maqsadida uyida saqlashni afzal ko‘rishmoqda.

http://info.islom.uz/content/view/2136/

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: