O’rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi – e-tarix.uz


08.07.10

Bolsheviklar partiyasi bosh bo‘lgan sovet hokimiyati Turkiston mustaqilligi uchun kurashgan vatanparvar kuchlar harakatini daf etishga muvaffaq bo‘lgach, endilikda bu xududda uzoqqa mo‘ljallangan o‘z makkorona rejalarini amalga oshirishga kirishdi.

Shu maqsadni ko‘zlab u XX asrning 20-yillari boshlaridan bu zaminda mustamlakachilarga xos «orani buz, hokimlik qil» qabilidagi o‘z milliy siyosatini hayotga yuchil tadbiq etshn yo‘lini tutdi. Aslida sovetlarning milliy siyosati chorizmning ko‘p zamonlar bu yurtda yuritib kelgan shovinistik, ulug‘ davlatchilik siyosatidan mohiyat e’tibori bilan farq qilmasdi. Faqat uning shakli-shamoyili o‘zgargan edi, xolos.
Gap shundaki, chorizm hukmronligi davrida chekka o‘lkalar xalqlari ochiq-oshkora tarzda kamsitilar, ularning insoniy qadr-qimmati, or-nomusi, asliy milliy qadriyatlari tahqirlanar edi. Sovet mutasaddilari esa o‘zlarining niqoblangan soxta ishlari, yolg‘on-yashiq va’dalari bilan mazlum millat kishilarini o‘z hukmlariga bo‘ysundirishga intildilar.
Turkiston xalqlari o‘z milliy davlatchiligini tiklash va rivojlantirishga intildi. 1920 yil yanvarida bo‘lib o‘tgan Turkiston Kompartiyasining V o‘lka konferentsiyasida Turkiston ASSR MIQ raisi T. Risqulov so‘zga chiqib «Yagona Turkiston g‘oyasi»ni ilgari suradi, asosan turkiy xalqlardan iborat Turkiston ASSRni Turk Respublikasi, Turkiston Kompartiyasini Turk kompartiyasi, deb o‘zgartirishni taklif qiladi. Bu takliflar konferentsiyada, shuningdek, o‘lka ijtimoiy-siyosiy hayotida, RKP(b) Markazqo‘mi, uning Siyosiy byurosi, sovet hokimiyati doiralarida turli bahslarga sabab bo‘ladi. T.Risqulov takliflari millatchilik, otmachilik ruhidagi qarashlar deb baholandi.
T.Risqulov, N.Xo‘jaev va boshqalar tarkibida tuzilgan delegatsiya Moskvaga borib, sovet hukumati oldiga Turkkomissiyani tugatish, Turkistonga o‘z qurolli kuchlariga ega bo‘lish xuquqini berish, Sharq mamlakatlari bilan aloqa o‘rnatishda Turkiston xukumatiga mustaqillik berish kabi talablarni qo‘ydilar. Shu boisdan «Turkiston masalasi» bir necha bor Markazda, RKP(b) Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosining 1920 yil mart-iyun oylaridagi majlislarida muhokama qilindi. Oqibatda natija shunday bo‘ldiki, mazlum xalqlar «dohiysi» va «najotkori» Lenin, bu masalani 1920 yil 29 iyulida ko‘rgan RKP(b) Markazko‘mi Siyosiy byurosi turkistonlik delegatsiya iltimosnomasiga ijobiiy baho bermadi. Buning aksicha, Sovet xukumati va partiya rahbariyati o‘lkadagi vaziyatni tezlikda bartaraf etish uchun shoshilinch tarzda «RKP(b)ning Turkistondagi asosiy vazifalari to‘g‘risida» degan nom ostida bir necha qarorlar qabul qildi. Jumladan, o‘lka hayoti ustidan nazoratni kuchaytirish, sovet hokimiyati negizlarini mustahkamlashga qaratilgan «Turkistonda hokimiyatni tashkil etish to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qilindi. Unda Turkistonda Butunrossiya Markaziy Ijroiya Ko‘mitasi, RSFSR Xalq Komissarlari Soveti va RKP(b) Markaziy Qo‘mitasining doimiy vakolatxonasi bo‘lishi zarur deb ko‘rsatildi. Unda shuningdek, federal xukumat bilan Turkistonda mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalari doirasi aniq-ravshan belgilab qo‘yildi. Shunday qilib, o‘lka xalklarining o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘z milliy davlatchiligini o‘z xohishlaricha, xuquqiy asosda tashkil qilish borasidagi yana bir urinishi barham topdirildi. Hamma gap shundaki, Rossiya Sovet Federatsiyasi xukumati Turkistonning emin-erkin rivojlanish yo‘lidan ilgarilab borishini emas, balki uni doimiy o‘z nazoratlari ostida bo‘lishini xohlardilar. O’lkanig mehnatsevar, jafokash xalqi, uning bitmas-tuganmas boyliklari, tabiiy va mineral resurslari Markaz foydasiga ishlashi ularning birdan-bir muddaolari edi. Xukmron Markaz tashabbusi bilan tashkil etilgan Turkkomissiya, O’rta Osiyo Byurosi, O’rta Osiyo Iqgisodiy Kengashi singari nufuzli organlarning o‘lka hayotining barcha jabahalarini o‘z nazoratiga olish, o‘z yumlariga bo‘ysindirish yo‘lida harakat etib kelganligining boisi ham mana shundadir.

Bolsheviklar boshliq sovetlar hokimiyati sobiq chor imperiyasi xududlarida vujudga kelgan mustaqil sovet respublikalari jilovini o‘z qo‘liga olish maqsadida sovet respublikalari itgafoqini tuzishga, ularni RSFSR atrofiga jipslashtirishga asosiy e’tibor qaratdi. RSFSR xukumati 1918-1920 yillarda yangi sovet respublikalariga diplomatik, siyosiy-iqtisodiy, harbiy, moliyaviy ta’sir o‘tkazib bordi.
Garchi bo‘lajak itgafoq sovet respublikalarining do‘stlik va tenglikka asoslangan ixtiyoriy itgafoqi bo‘ladi, deyilsada, biroq uzoqni ko‘ra bilgan respublikalarning qator rahbarlari bunga qarshi edilar. Masalan, Ukrainada UKP(b) Markaziy Ko‘mitasi kotiblari X.G.Rakovskiy va D.L.Pyatakov yagona itgafoq davlati g‘oyasiga qarshi chiqib, umumittifoq hokimiyat organlari bo‘lmagan «konfederatsiya» tuzishni yoqlab chiqdilar. RKP(b) Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosida, bolsheviklar partiyasining s’ezdlari va plenumlarida, shuningdek sovet tashkilotlarida bu masala keng muhokama qilindi.

Nihoyat, RKP(b) rahbarligida joylarda uzoq vaqt olib borilgan tashviqot-targ‘ibot ishlari va ko‘rsatilgan tazyiqlar o‘z natijasini berdi. Ukraina, Belorussiya,    Zakavkaze    Federatsiyasi    Kompartiyalari,    bu   respublikalar sovetlarining    s’ezdlari    RKP(b)    Markazqo‘mining    «SSSRni     tuzish to‘g‘risida»gi takliflarini ko‘llab-quvvatlashlarini bayon qildilar.
1922 yil 26 dekabrda Butunrossiya Sovetlarining X s’ezdi sovet respublikalarini yagona sovet davlatiga birlashtirishni zarur deb topdi. S’ezd o‘zi saylagan delegatsiyaga USSR, BSSR va ZSFSR delegatsiyalari bilan birgalikda Sovet Sotsialistik Respublikalari Itgafoqini tashkil etish to‘g‘risidagi Deklaratsiya loyihasini ishlab chiqish va Itgifoq shargaomasini tayyorlapshi topshirdi.
1922 yil 29 dekabrda Moskvada to‘rt respublika vakolatli delegatsiyalarining konferentsiyasi bo‘lib o‘tadi. Konferentsiya SSSRni tuzish to‘g‘risida RKP(b) Markaziy Qo‘mitasi plenumi tasdiqlagan Deklaratsiya va Shargaoma loyihasini muhokama qilib, uni maqullaydi. 30 dekabrda uni to‘rt respublikalarning vakolatli delegatsiyalari imzolaydilar.
1922 yil 30 dekabrda Moskvada Butunitgifoq Sovetlarining I s’ezdi o‘z ishini boshlaydi. S’ezd RSFSR, USSR, ZSFSR va BSSR Sovetlari s’ezdlari saylagan vakolatli delegatlari imzolagan SSSRni tuzish to‘g‘risidagi Deklaratsiya loyihasini ko‘rib chiqib, Deklaratsiya va Ittafoq Shartnomasini tasdiqlaydi.
S’ezd yangi itgafoq – SSSRning yuqori hokimiyat organlari -Markaziy Ijroiya Qo‘mitasini va xukumatshsh tuzdi. SSSR MIQ 4 ta rais (har bir respublikadan bshtadan) – RSFSRdan M.I.Kalinin, Ukrainadan G.I Petrovskiy, Belorussiyadan A.G Chervyakov, ZSFSR dan N.N.Narimanovdan iborat MIQ Rayosatini sayladi. V.I Lenin SSSR xukumata – Xalq Komissarlari Soveti raisi etib tasdiqlandi. Shunday qilib, 1922 yil 30 dekabrda SSSR tuzildi.
Bu itgafoqqa asos solgan barcha dasturilamal xujjatlar va g‘oyalar qanchalik jimjimador ohanglarda bitilmasin va ular tenglik, barobarlik, birodarlik tushunchalarini aks etgirmasin, biroq amalda u xukumron Markaz uchun butun-butun xalqlarning taqdir-qismati, inon-ixtiyorini tamomila o‘z tasarrufiga bo‘isundirishga xyumat qijan tuzoq rolini o‘tab keldi.

O’rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi

Ma’lumki,     O’rta    Osiyo    hududida qadim-qadimdan     tili,     dini,     tarixi, madaniyati, an’analari bir-biriga juda yaqin va mushtarak qardosh va qondosh xalqlar yashab kelganlar. Bu yerda istiqomat qilgan o‘zbeklar, turkmanlar, tojiklar, qozoqlar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlarning xo‘jalik hayoti, turmush tarzi, udumlari ham o‘xshash bo‘lib, shu muqaddas ona zaminni o‘zlarining asl Vatanlari deb bilganlar.
Biroq, afsuslar bo‘lsinki, pixini yorgan Sovet hokimiyati arboblari tarixan bir yagona hududda yashab kelgan birodar xalqlarni bir-biridan ajratib tashlash, ularning birlashib, yagona davlat tuzishlariga izn bermaslik uchun butun choralarni ishga soldilar. Bundan kuzatilgan bosh   maqsad   –   o‘lka   xalqlarining   birlashuviga,   o‘z   istiqlolini   va istiqbolini birgalikda bunyod etishiga yo‘l qo‘ymaslik va shu asosda Markazning bu yerdagi hukmronligiga, sotsialistik qayta qurish jarayonining avj olishiga keng maydon yaratish edi. Shu maqsadda Turkistonni milliy o‘ziga xoslik, til birligi asosida bo‘lib tashlash g‘oyasi ilgari surildi. Markaz irodasini bajarishga da’vat etilgan Turkiston ishlari bo‘yicha maxsus komissiya – Turkkomissiya zimmasiga o‘lkada milliy davlat chegaralanishini o‘tkazish va shu asosda bu hududda bir qator sovet milliy va muxtor respublikalarini tashkil qilish vazifasi yuklangan edi.

Markaz mo‘ljallayotgan milliy siyosat mazmuni, mohiyatidan xabardor bo‘lgan Turkistonning ilg‘or ziyolilari, uzoqni ko‘ra bilgan donishmand arboblari o‘lka birligi, yaxlitligini, uning qardosh xalqlari jipsligini zo‘r berib himoya qilishga urindilar. Biroq o‘lka jilovini qo‘lda mahkam tutgan bolshevik mutassadilar ularning haqqoniy fikrlarini hisobga olmadilar. Bugina emas, yagona va mustaqil Turkiston g‘oyasi uchun kurashgan vatanparvar kuchlar, milliy ziyolilar millatchilikda, turkparastlikda va sovet hokimiyatiga qarshilikda ayblandilar.

Shunday qilib, O’rta Osiyoni milliy – xududiy jihatdan alohida respublikalarga bo‘lib tashlash masalasi bir necha bor Markazda, Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarida, ularning Kompartiyalari plenumlarida, shuningdek ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi organ – RKP(b) MQ O’rta Osiyo Byurosi Plenumida muhokama etilib, mahalliy xalqqa kuchli bosim o‘tkazib borildi.
Shu bilan birgalikda 1922-1923 yillarda yerli millatlarning bir qator rahbar xodimlari sovet hokimiyatining Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalarida olib borilayotgan milliy siyosatiga ochiqdan-ochiq norozilik bildira boshladilar. Ammo ularning fikr-qarashlari noto‘g‘ri topilib, o‘zlari faol siyosiy hayotdan chetlatib borildi. RKP(b) MQ, uning O’rta Osiyo Byurosi Turkiston, Buxoro va Xorazm Kompartiyalari faoliyatiga tazyiq o‘psazib, milliy – xududiy chegaralash o‘psazish siyosatini ma’qullab, qaror qabul qilishlariga erishib bordi.

Milliy-xududiy chegaralanish masalasi 1924 yil 5 aprelda RKP(b) MQ Siyosiy Byurosida, 11 mayda RKP(b) MQ O’rta Osiyo Byurosida ko‘rib chiqildi. Unda O’rta Osiyo respublikalarida milliy chegaralanish loyihasini tayyorlovchi maxsus komissiya tuzildi. Loyiha RKP(b) O’rta Osiyo Byurosining 1924 yil 2 iyundagi yig‘ilishida muhokama etilib, asosan ma’qullandi.
Bundan norozi bo‘lgan mahalliy aholi vakillari, xususan Xorazm respublikasining bir guruh mas’ul xodimlari, chunonchi, XKP MQ kotibi Odinaev, ichki ishlar noziri Abdusalomov, Turkiston va Buxoro vakillari: Xo‘janov, Asfandiyorov va boshqalalar yagona Turkistonni bo‘lib tashlash maqsadga muvofiq emas, deb e’tiroz bildirdilar. Shuningdek, 1924 yil 8 mayda RKP(b) Markaziy Qo‘mitasiga «Xorazmda milliy masalani hal etish to‘g‘risida xat» kelib tushdi. Bu xatda ham Xorazm respublikasini bo‘lib yuborish maqsadga muvofiq emas, deyilgan edi. Ha, o‘lka xalqlari milliy chegaralanish siyosatiga qatiyan qarshi edilar, biroq mahalliy xalqlarning talab va takliflari inobatga olinmadi. Aksincha, 1924 yil 12 iyulda RKP(b) MQ Siyosiy Byurosi «O’rta Osiyo respublikalarida milliy chegaralanish to‘g‘risida»gi masalaga yana qaytib, uni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
1924 yil 25 seshyabrda RKP(b) MQ Siyosiy Byurosi, 9 va 11 oktyabrda RKP(b) Markaziy Qo‘mitasi bu masalani ko‘rib chiqib, milliy chegaralanshshsh rasmiylashtirishni maqsadga muvofiq deb topadi. Bu qaror 14 oktyabrda SSSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan ham ma’qullanadi. Shu tariqa, Sovet xukumati, RKP(b) MQ va uning joylardagi mahalliy tashkilotlarining 1920-1924 yillar davomida O’rta Osiyoda olib borgan, xalqqa katga va’dalar berishni ko‘zda tutgan «lenincha milliy siyosat»ni hayotga tadbiq etish bobidagi amaliy ishlari yakun topdi. Nihoyat, 1924 yilning 27 oktyabrida bo‘lib o‘tgan SSSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi II-sessiyasida O’rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi o‘tkazish tadbirlari to‘la maqullandi.
Shunday qilib, xukmron Markaz sa’y-harakatlari orqasida O’rta Osiyoning siyosiy jug‘rofiyasi sun’iy ravishda o‘zgartirildi. O’rta Osiyo xududidagi Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari o‘rnida oltita milliy davlat birlashmalari tashkil etildi.

O’zbekistonSSR
Turkmaniston SSR
O’zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR
Qirg‘izlar yashagan xududlar RSFSR tarkibida Qoraqirg‘iz (Qirg‘iziston) muxtor viloyati
Qozoqlar yashaydigan tumanlari RSFSR tarkibida Qozog‘iston ASSR
Qoraqalpoqlar   yashaydigan   xududlar   Qozog‘iston   ASSR   tarkibida Qoraqalpoq muxtor viloyati
Natijada yagona Turkiston xalqlari bir – biridan sun’iy ravishda uzoqlashtirildi. Bu hol sovetlarga o‘lkada o‘z hokimiyatini  mustahkamlash uchun katga imkoniyatlar yaratib berdi.

O’zbekiston SSR Milliy chegaralanish natijasida O’zbekiston SSR tashkil etildi. O’zbekiston SSR xududida butun hokimiyat O’zbekiston SSR sovetlarining ta’sis qurultoyiga qadar Muvaqqat inqilobiy ko‘mita ixtiyoriga berildi. Sobiq Buxoro respublikasi xukumati raisi, tanikdi davlat arbobi Fayzulla Xo‘jaev Uzbekiston SSR Inqilobiy ko‘mitasi raisi etib tasdiqlandi. O’zbekiston SSR tarkibiga quyidagi xududlar kiritildi:
sobiq Turkiston ASSR dan 9 ta u’ezd, 133 tuman va 7    qishloq okrugi;
sobiq Buxoro respublikasining 9 ta tumani;
sobiq Xorazm respublikasining 23 ta tumani.

O’zbekiston SSR tashkil etilgan paytda uning xududi 312394kv. km.ni, aholisi 4 mln. 447 ming 55 kishini tashkil etar edi. 1926 yil ma’lumotlari bo‘yicha milliy tarkibiga ko‘ra aholining 74,2 foizini o‘zbeklar, qolganini esa boshqa xalqlar vakillari tashkil etar edi.

1924    yil 5 dekabrida Inqilobiy Qo‘mita butun O’zbekiston xalqiga murajaat   qilib,   O’zbekiston   SSR   tuzilganligini,   uning   tarkibiga Tojikiston ASSR kirganligini ma’lum qildi. Milliy chegaralanish bilan bir vaqtda iqtisodiy bo‘linish ham o‘tkazildi. Sobiq Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalariga tegishli barcha boyliklar yangi milliy respublikalar o‘rtasida qayta taqsimlandi. Bu ishlar Sovet xukumati tomonidan maxsus tuzilgan O’rta Osiyo tugatish komissiyasi boshchiligida amalga oshirildi.

1925    yil 13 fevralda Buxorodagi «Xalq uyi»da Butuno‘zbek sovetlari birinchi   qurultoyi   ochildi.   Qurultoy   «O’zbekiston   Sovet   Sotsialistik Respublikasi   tuzilganligi   to‘g‘risidagi   Deklaratsiya»ni   qabul   qildi. Qurultoyda davlat hokimiyati oliy organlari tuzilganligi rasmiylashtirildi.
O’zbekiston SSR Sovetlari MIQ Raisi lavozimiga farg‘onalik dehqon, «Qo‘shchi» uyushmasi rahbarlaridan biri Yo‘ldosh Oxunboboev saylandi. O’zbekiston SSR xukumati – Xalq Komisarlari Kengashi Raisi lavozimiga Fayzulla Xo‘jaev tasdiqlandi. Samarqand shahri  zbekiston SSRning poytaxti etib belgilandi. 1930 yilda poytaxt Toshkentga ko‘chirilgan.

Milliy chegaralanish davrida O’rta Osiyoda faoliyat ko‘rsatib kelgan partiya, komsomol va xo‘jalik tashkilotlarida ham bir qator tashkiliy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Sobiq Turkiston, Buxoro va Xorazm komunistik partiyalari, komsomol, va xo‘jalik tashkilotlari, kasaba uyushmalari qayta tashkil etildi.
O’zbekiston kompartiyasi 1 ta’sis s’ezdi 1925 yil 8 fevralda Buxoroda ochildi. S’ezdda O’zbekiston Komunistik (bolsheviklar) partiyasi tashkiliy jihatdan rasmiylashdi. Uning Markazqo‘mi saylandi. V.I. Ivanov va A. Ikromov (1927 yildan birinchi kotib) Markaziy Qo‘mitaning mas’ul kotiblari etib saylandilar. Shu yili O’zbekiston komsomoli (O’z JSM), respublika kasaba uyushmalari, ularning rahbar organlari ham tuzildi.

1925 yil mayda O’zbekiston SSSR tarkibiga kiritildi. SSSR Konstitutsiyasi, uning asosiy qonun- qoidalari O’zbekiston SSR xududida ishlaydigan bo‘ldi. 1927 yilda qabul qilingan O’zbekiston SSRning birinchi va 1937 yildagi Konstitutsiyasi ham amalda SSSR Konstitutsiyasining ko‘chirma nusxasi edi. Chunki O’zbekiston qog‘ozdagi «suveren» respublika bo‘lib, amalda Markazga tobe bir o‘lka edi, xolos. U o‘z xalqining milliy manfaatlariga oid biror-bir dolzarb, hayotiy ahamiyatga molik masalani itgafoq xukumatidan xoli, mustaqil hal eta olmasdi. Binobarin, respublikaning ichki va tashqi siyosatiga daxldor barcha masalalar faqat Markaz xohish-irodasi bilangina hal etilardi. Hatto O’zbekistonning ma’muriy-xududiy tuzilishiga oid masalalar ham itgafoq xukumati tasarrufida edi. Masalan, 1929 yilda Tojikiston ASSR O’zbekiston SSR tarkibidan chiqarilib, Tojikiston SSRga aylantirildi hamda SSSR tarkibiga olindi. Shuningdek, 1936 yilga kelib avval Qozog‘iston ASSR, keyin RSFSR (1932-1936 yil) tarkibida bo‘lgan Qoraqalpog‘iston muxtor
viloyati muxtor sovet sotsialistik respublikasiga aylantirilib, O’zbekiston SSR tarkibiga kiritildi. Shunday qilib, qog‘ozda suveren respublika sifatida shakplantirilgan, xukmron sovet imperiyasi tarkibiga kirgan O’zbekiston SSR amalda Markazga to‘la bo‘ysunuvchi, arzon xomashyo mahsulotlari yetkazib beruvchi o‘lka bo‘lib qolaverdi.

http://e-tarix.uz/vatan-tarixi/136-milliy-chegara.html

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: