Qirg‘iziston janubida boshlangan qonli voqe’alar munosabati bilan “Islomiy Jihod” Ittihodi bayonoti – yangidunyo


Qirg‘iziston janubidagi O’sh va Jalolobod viloyatlarida 2010 yilning 11 iyunida boshlangan qonli voqe’alar munosabati bilan “Islomiy Jihod” Ittihodining bayonoti

Olamlar Robbisi bo‘lgan Allohga hamdlar bo‘lsin. Unga hamdlar aytamiz va Undan yordam va mag‘firat so‘raymiz. Nafsimizning shumligidan va amallarimizning yomonligidan Allohdan panoh so‘raymiz. Alloh hidoyatlagan kishini adashtirguvchi yo‘q, Alloh adashtirgan kishini hidoyatlaguvchi yo‘q. Sherigi yo‘q bo‘lgan Allohdan o‘zga ma’bud (ibodatga loyiq zot) yo‘qligiga va Muhammad uning bandasi va elchisi ekanligiga guvohlik beramiz.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ حَقَّ تُقَاتِهِ وَلَا تَمُوتُنَّ إِلَّا وَأَنْتُمْ مُسْلِمُونَ

“Ey iymon keltirganlar! Allohdan haqiqiy qo‘rqish bilan qo‘rqinglar va faqatgina musulmon holingizda o‘linglar!” Oli Imron surasi, 102-oyat ma’nosi.

يَا أَيُّهَا النَّاسُ اتَّقُوا رَبَّكُمُ الَّذِي خَلَقَكُمْ مِنْ نَفْسٍ وَاحِدَةٍ وَخَلَقَ مِنْهَا زَوْجَهَا وَبَثَّ مِنْهُمَا رِجَالًا كَثِيرًا وَنِسَاءً وَاتَّقُوا اللَّهَ الَّذِي تَسَاءَلُونَ بِهِ وَالْأَرْحَامَ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلَيْكُمْ رَقِيبًا

“Ey insonlar! Sizlarni bir nafsdan yaratgan, undan juftini yaratgan hamda ikkisidan ko‘plab erkak va ayollarni taratgan Robbingizdan qo‘rqing! Oralaringizda nomi tilga olinuvchi Allohdan va qarindoshlikni (uzib yuborishdan) qo‘rqing! Albatta Alloh sizlarni kuzatib turguvchidir” Niso surasi, 1-oyat ma’nosi.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَقُولُوا قَوْلًا سَدِيدًا () يُصْلِحْ لَكُمْ أَعْمَالَكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ

ذُنُوبَكُمْ وَمَنْ يُطِعِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ فَقَدْ فَازَ فَوْزًا عَظِيمًا

“Ey iymon keltirganlar! Allohdan qo‘rqinglar va to‘g‘ri so‘zni so‘zlanglar. Shunda U Zot sizlarning amallaringizni isloh qiladi va gunohlaringizni kechiradi. Kim Allohga va Uning rosuliga itoat qilsa, batahqiq ulug‘ yutuqqa erishibdi” Ahzob surasi, 70-71-oyatlar ma’nosi.

Albatta, eng yaxshi kalom – Allohning Kalomi, eng yaxshi hidoyat Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hidoyatidir. Ishlarning yomoni – (dinda) yangi paydo qilinganlari, (dindagi) har bir yangilik – bid’at, har bir bid’at – zalolat, har bir zalolat esa do‘zaxdadir.

So‘ngra:

Avvalambor, Qirg‘iziston janubidagi O’sh va Jalolobod viloyatlarida 2010 yilning 11 iyunida boshlangan qonli voqe’alar munosabati bilan biz “Islomiy Jihod” Ittihodi mujohidlari o‘z qayg‘u va iztiroblarimizni, bu qonli foje’a jarayonida qurbon bo‘lgan mazlum musulmonlarning oila a’zolariga esa ta’ziyalarimizni izhor etamiz.

Sa’bon (roziallohu anhu)dan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Hali ummatlar sizga qarshi xuddi ochko‘zlar laganlariga tashlangandek tashlanadilar ham», dedilar.

«O’sha kunda biz oz bo‘lganimiz uchunmi, ey Allohning Rasuli?» dedi birov.

«Yo‘q! U kunda sizlar ko‘p bo‘lasizlar. Ammo selning ko‘pigi kabi bo‘lasizlar. Albatta, Alloh dushmanlaringiz qalbidan sizning haybatingizni sug‘urib oladi. Va sizning qalbingizga vahn soladi», dedilar.

«Yo Rasululloh, vahn nedir?» dedi birov.

«Dunyoning muhabbati va o‘limni yoqtirmaslik», dedilar».

Ushbu hadis ummat hozirda duchor bo‘lgan ahvolni ancha aniq va chuqur tasvirlab beradi. Bugun Islom dunyosi tarqoq va o‘zaro adovatda bo‘lgan, xalqaro ishlarda hech qanday ta’siri yo‘q, va hatto o‘z ishlari ustidan ham nazoratga ega bo‘lmagan mamlakatlardan iborat.

Ular Islom Xalifaligi yo‘q qilingandan so‘ng yahud va nasoro imperiyalari «tortiq» etgan o‘z mustaqilligiga, o‘z davlat chegaralariga, bayroqlariga, parlamentiga va hatto havfsizlik kafolatlariga ham ega bo‘lishdi.

Bugun ular uchun AQShga va uning ortida turgan mal’un yaxudiylarga itoat evaziga xavfsizlik kafolatlari “ta’minlangan”. Shunday qilib, musulmon xalqlari yuqoridagi hadisda eslanganidek, xuddi oqim boshqarib ketayotgan suv yuzidagi ko‘pik singari iymonsiz xalqlar istagiga qaram va ular istagiga binoan yetaklanuvchiga aylanib qoldilar.

«… sizlar suv yuzasidagi ko‘pik yoki xas misoli bo‘lib qolasizlar»

Agar biz ushbu ko‘pikning xususiyatlariga e’tibor qilsak, Rasululloh (sollallohu alayhi vassallam)ning bizning ummat ahvolini qanchalik aniq tasvirlab berganini anglaymiz.

1. Suv oqimi uning yuzasida joylashgan ko‘pikni mutlaq boshqarib boradi. Ummatning bugungi ahvoli shunga o‘xshaydi. U kofir zo‘ravonlar aniqlab beradigan yo‘nalish va o‘zan bo‘yicha, to‘lig‘icha ularning ta’siri va nazorati ostida oqib bormoqda. Illo Alloh hidoyat va’da qilgan haqiqiy mujohid ummat bundan mustasno.

2. Ko‘pik – tarkibida odamlar uchun zarracha foydali narsasi yo‘q bo‘lgan moddadir. Ummatning bugungi ahvoli ham shunday. Ummat hamisha uning gullab-yashnashini ta’minlab kelgan amallardan voz kechdi, ayniqsa «amr bilma’ruf va naxyi-an al-munkar» – yaxshilikka da’vat qilish va yomonlikdan qaytarish va jihodni tark etdi.

3. Ko‘pik hech qanday iz qoldirmasdan yo‘qolib ketadi. Va agar bugun musulmon xalqlar ushbu harakatsizlik va irodasizlik holatidan chiqmasalar, Alloh O’zining Kalomidagi:

“Agar (jihodga) chiqmasangizlar, (Alloh) sizlarni alamli azob bilan azoblar va o‘rningizga boshqa bir qavmni keltirur. Sizlar esa U zotga biron ziyon yetkaza olmaysiz. Alloh hamma narsaga qodirdir” .(”Tavba” surasi, 39-oyat ma’nosi) degan So‘ziga muvofiq, tarixda avval bo‘lgani kabi, ularning o‘rniga boshqa ummatni olib kelib qo‘yadi.

4. Ko‘pik o‘zi bilan doimo axlat olib keladi. G’arb madaniyati va turmush tarzi oqimi olib kelgan, va ongimizni begona din va g‘oyalar bilan zaharlanishi tufayli ko‘pchilik musulmonlar tafakkuriga o‘rnashib qolgan soxta qadriyat va e’tiqodlar ham aynan shundaydir.

5. Ko‘pik oqimga qaram bo‘lganligi uchun uning qaysi tarafga olib ketilishi noma’lumdir. Ummat ham o‘ziga nisbatan dushmanlari qanday rejalar tuzayotganini bila olmaydi, lekin baribir har qanday shaxsning chaqirig‘iga javoban, bu chaqiriqning mohiyatini baholamasdan ergashib ketaveradi.

Shu o‘rinda Qirg‘iziston janubida sodir bo‘layotgan qonli voqe’alarda ham bir vaqtlar aziz va sharafli bo‘lgan, lekin hozirgi kunga kelib Rosululloh ta’riflaganlaridek ko‘pik bo‘lib qolgan bu ummatning “dunyo zo‘ravonlari” axlat arig‘ida, ular qazib qo‘ygan o‘zan bo‘yicha oqib borayotganini anglash qiyinmas.

Ha, dunyo kufr mafiyasi uchun azaldan bir-birlari bilan tinch va ahil yashab kelayotgan qirg‘iz, o‘zbek, qozoq va tojik musulmon xalqlarini bir-biridan hududiy ayirib, o‘rtalariga islomga yot bo‘lgan millatchilik va boshqa fasod urug‘larini sochib, qo‘llariga (mujohidlar farzandi bo‘la turib) umrida ko‘rmagan qurol-aslahalarni vaqtincha berib qo‘yib, urishtirishlik xuddi suv yuzidagi xas yoki ko‘pikni boshqarishdek oson bo‘lib qoldi go‘yo.

Sa’bon (roziallohu anhu) rivoyat qilgan boshqa hadisda ham Rosululloh (sollallohu alayhi vassallam) bu bashoratni nihoyatda aniq aytib bergan:

«Alloh men uchun butun yerni qisib, menga uning sharqi va g‘arbini ko‘rish imkonini berdi. Darhaqiqat, mening ummatim butun dunyoga tarqaladi. Menga ikkita – qizil va oq xazina berildi (oltin va kumush, ya’ni forslar va vizantiyaliklar xazinasi). Men Robbimdan ummatimni qurg‘oqchilik bilan halok etmasligini yolvordim. Yana men, ularga o‘zlaridan boshqa va o‘zlarining birdamlik va qudratini yo‘q qiladigan narsadan boshqa, o‘zga xalqlardan (tashqaridan) dushman yubormasligini so‘radim. Robbim dedi:

«Ey Muhammad! Men hukm etayotgan vaqtda u inkor etilishi mumkin emas. Men sening Ummating uchun qurg‘oqchilikdan halok etmaslikni so‘rab qilgan duoingni qabul qildim. Men ular ustiga, ularning birdamligi va qudratini yo‘qotuvchi tashqi dushmanlarni yubormayman, hattoki hamma xalqlar ularga qarshi yig‘ilsa ham. Bu holat ular bir-birini yo‘qota boshlamaguncha va biri birini la’natlay boshlamaguncha saqlanib qoladi» (Muslim).

Aniqki, musulmonlar safidagi ichki o‘zaro dushmanlik faqatgina islom dushmanlarinng buzg‘unchilik faoliyati natijasida emas, balki musulmonlarning o‘zlarining gunohlari natijasida ham paydo bo‘ladi. O’zaro birodarlik, birdamlik va fidoyilik g‘oyalaridan toyilish natijasida ham. Ushbu sabablar bir-biri ustiga qatlanib, Alloh bizni O’z Kalomida ogohlantirgan narsaga olib boradi.

Alloh aytadiki: «Allohni qo‘yib, o‘zga do‘stlar tutganlarning misoli o‘ziga uy tutgan o‘rgimchakka o‘xshaydi. Holbuki, eng zaif uy o‘rgimchakning uyasidir. Agar ular bilsalar edi, (o‘rgimchak uyasi kabi ojiz butlardan panoh istamagan bo‘lur edilar. Allohdan o‘zganing yo‘lini tutganlar, uning uyidan o‘zga uyda yashashni ixtiyor qilganlar o‘zlarining o‘rgimchak uyasida yashashni ixtiyor qilayotganlarini koshki bilsalar edi. Ularning tuzgan tuzumlari xuddi o‘rgimchak uyasiga o‘xshab, o‘ta nimjon ekanini bilsalar edi. Takabburliklari ila Alloh qurib bergan ulug‘vor qasrni inkor etib, o‘rgimchak uyasida yashashni ixtiyor qilayotganlarini bilsalar edi.)» (Ankabut surasi, 41-oyat ma’nosi).

O’rgimchakni omonat uyasi saqlab qola olmaganidek, soxta iymon va o‘z nafsiga ergashish musulmonlarni tubanlashish va xorlikdan asray olmaydi.

Haqiqatan ham hozirgi kunda Qirg‘izistonning janubida dunyo kufr mafiyasining siyosiy va iqtisodiy manfaatlari uchun rejalashtirilib, amalga oshirilayotgan bu qonli qirg‘inlarda zulm chekayotgan mazlum xalq, “cho‘kayotgan kishi xasga yopishar” deganlaridek, yana aynan shu stsenariyni tashkillashtirgan mualliflardan yordam so‘rab, panoh istamoqda.

Biz esa haqiqiy panoh va najot o‘rgimchak uyasidek zaif va qopqonli xalqaro kufr davlat va tashkilotlari emas, balki Allohning arqonini mahkam ushlashlikda ekanligini eslatmoqchimiz. Allohning arqoni esa dindir.

Ushbu ma’noda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam:

إِذَا تَبَايَعْتُمْ بِالْعِينَةِ، وَأَخَذْتُمْ أَذْنَابَ الْبَقَرِ، وَرَضِيتُمْ بِالزَّرْعِ، وَتَرَكْتُمُ الْجِهَادَ، سَلَّطَ اللهُ عَلَيْكُمْ ذُلاًّ لاَ يَنْزِعُهُ حَتَّى تَرْجِعُوا إِلَي دِينِكُمْ…

“Agar sizlar savdo-sotiq bilan shug‘ullansanglar, chorva mollarining dumiga yopishib olib, dehqonchilik ziroatlariga berilib ketib jihodni tark qilib qo‘ysangizlar, Alloh sizlarga xoru-zorlikni keltirib qo‘yadi. To dinlaringizga qaytmagunlaringizgacha uni sizlardan olib tashlamaydi,” – dedilar.

Shu o‘rinda Qirg‘izistonning janubida mal’un kofirlar fitnasiga aldanib, ularga qo‘shilib o‘z birodarlarining qonlarini nohaq to‘kayotgan sodda va qiziqqon kishilarga ham, bu qirg‘inlardan aziyat chekayotgan mazlumlarga ham birday nasihatimiz bor.

Aziz birodarlar, dinimizga, islomimizga qaytaylik! Islom millatchilik va qavmiyatchilikni qattiq qoralaydi. Bilib qo‘yingki, dinimiz insonlarni ikki millatga ajratadi: musulmonlar va kofirlar. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilarki: Mo‘‘min mo‘‘minning birodaridir!

Birodarlik bu aka-ukachilik va opa-singilchilikdir. Kofirlarning makriga aldanib o‘z mo‘‘min birodarlarimizning qoni va nomusini halol qilmaylik! Allohdan qo‘rqaylik!

Yuqoridagi hadisga binoan, biz toki dinimizga qaytmas ekanmiz kofir va munofiqlarning hiyla-nayranglariga nishon bo‘lib qolaveramiz. Jumhur ulamolar hadisdagi “diningizga qaytmaguningizcha” iborasini “jihodga qaytmaguningizcha” deb sharh qilganlar.

Biz mo‘‘min musulmonlar toki hozirgi kunda ularmolar ijmo’si bilan farzi ayn bo‘lgan jihodimizga qaytmas ekanmiz, musulmon diyorlarimizdan mal’un yahud sarqitlarni haydab chiqarmas ekanmiz, butun insoniyat, jumladan g‘ayridinlarga ham ofiyat va omonlik olib keluvchi Islom hokimligini Allohning madadi bilan yer yuzida o‘rnatmas ekanmiz, dunyoning har bir chekkasidagi birodar va opa-singillarimizning dinlari, nomuslari, mollari va jonlari kofir mal’unlar tajovuzi ostida qolishlikda davom etaveradi.

Alloh taolo ularning hiylalari zaif ekanini eslatib shunday deydi:

“…Bas shaytonning do‘stlariga qarshi (qitol) jang qiling. Albatta, shaytonning hiylasi zaifdir.” Niso curasi, 76-oyat ma’nosi.

Ya’ni, ular siz o‘ylaganchalik butun dunyo va mo‘‘minlar ustidan to‘la hukmronlik qiladigan darajada hiyla-tadbirlar ishlab chiqishga hamda ularni amalda qo‘llashga qodir emaslar. Xususan Alloh taolo Qur’onning bir qancha oyatlarida ularni haqiqiy sodiq mo‘‘minlar deb sifatlagan ummat mujohidlari ustida kufrning hiyla tadbirlari va hukmlariga hech qanday yo‘l yo‘q ekanini, ularni Alloh O’z himoya va hidoyatiga olganini quyidagi oyatlardan ham bilib olsak bo‘ladi:

“Albatta Alloh va Rosuliga iymon keltirib, so‘ng bunga shak-shubha qilmagan va Allohning yo‘lida mollari va jonlari bilan jihod qiladiganlargina (haqiqiy) mo‘‘mindirlar. Va faqat ulargina sodiqdirlar!” Hujurot surasi 15-oyat ma’nosi.

“Bizning yo‘limizda jihod qiladiganlarni albatta O’z yo‘limizga hidoyat qilurmiz (ya’ni to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsaturmiz)” Ankabut surasi 69-oyat ma’nosi.

“Alloh hargiz kofirlarga (haqiqiy) mo‘‘minlar ustidan yo‘l bermas!” Niso surasi 141-oyat ma’nosi.

Aziz mo‘‘min birodarlar, ota-onalar va opa- singillar! Unut bo‘lgan dinimizga qaytaylik! Biz uchun dunyo va oxiratda baxt-saodatda bo‘lishimiz sirlarini o‘rgatadigan dinimiz ilmlarini o‘rganaylik va unga amal qilaylik! Undan boshqa najot yo‘q! Undan boshqa azizlik va sharaf yo‘qdir!

“Holbuki, kuch-qudrat (azizlik) Allohniki, Uning payg‘ambariniki va mo‘‘minlarnikidir. Lekin munofiqlar (buni) bilmaslar. “ Munofiqun surasi, 8-oyat ma’nosi.

Fursat yetdi endi uyg‘on, ko‘zingni och ey, musulmon!

G’aflatingga ayla isyon, ko‘zingni och ey, musulmon!

Garchi bo‘lsa senda vijdon, garchi bo‘lsa senda iymon,

Hurligingni et namoyon, ko‘zingni och ey, musulmon!

O’tmishingga ayla nazar, jaholatdan qilg‘il hazar,

Qadam tashla Robbing tomon, ko‘zingni och ey, musulmon!

Ko‘z oldingni to‘sdi g‘aflat, o‘z do‘stingga qilding nafrat,

O’z ukangdan qilding gumon, ko‘zingni och ey, musulmon!

Qalb dardiga axtar shifo, o‘z joningga qilma jafo,

Shubhalarni etgil yakson, ko‘zingni och ey, musulmon!

Najot sari qadam tashla, erking uchun kurash boshla,

Oxirating et charog‘on, ko‘zingni och ey, musulmon!

Poymol qilib nomus-oring, toptab butkul hur diyoring,

Dushman bag‘ring ayladi qon, ko‘zingni och ey, musulmon!

Kufr ahli gashtin surar, zuluk kabi qoning so‘rar,

G’ofilliging tugar qachon, ko‘zingni och ey, musulmon!

Alloh seni mard yaratgan, ajdodlaring dong taratgan,

Avlodlaring chekar fig‘on, ko‘zingni och ey, musulmon!

Kufr yo‘lin dastur qilib, amal qilding qonun bilib,

Esdan chiqdi Hadis-Qur’on, ko‘zingni och ey, musulmon!

Xurofot deb Alloh So‘zin, qaro qilding dining yuzin,

Adolatga qilding bo‘hton, ko‘zingni och ey, musulmon!

Kofirlarni og‘am deding, bir makkorni otam deding,

Haqiqatni qilding pinhon, ko‘zingni och ey, musulmon!

Alloh senga aql bergan, so‘ylovchi til , naql bergan,

Haqni so‘yla bersang ham jon, ko‘zingni och ey, musulmon!

Jaranglagan tilginangda, hech bo‘lmasa dilginangda,

Zarra misqol bo‘lsa bo‘lsa iymon, ko‘zingni och ey, musulmon!!!

“Islomiy Jihod” Ittihodining siyosiy devoni

http://chavandoz.byethost5.com

***

http://yangidunyo.com/?p=13189

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: