O’zbek urug‘lari – e-tarix.uz


Bugungi o‘zbeklar, Shayboniyxon o‘g‘illarining o‘z-beklari Movarounnahr va Xorazmga Jo‘ji ulusining butun muassasalari va tashkilotlari bilan kelgan edilar. Hatto hukumatda qabilalarning egallagan o‘rinlari ham ko‘paygandi. O’zbeklar temuriylarni yengar ekan, har yerda o‘zlarining tashkilotlarini o‘rnatdilar. Shunday qilib, Oltin Urdaning «ich eli» hisoblangan va saroyga yaqin hamda yaxshigina madaniyatli unsurlar ham kelgan edilar. Buning ila barobar Movarounnahrga kelgan shayboniylar, tarixchi O’tamish Hojining ta’biriga ko‘ra, eskidan «O’zbek eli»… mang‘itlarning o‘troq uluslari yashamoqda bo‘lgan Turonzaminda, tom madaniy qism zaminida hokim bo‘lgan xalqdir. Markazi «Oq ko‘l», «Chalqar ko‘l» bo‘lgan To‘rg‘ay viloyati shayboniylar qo‘liga o‘tgan. Ilgari bu yerlarni, keyin Sirdaryoning narigi chegaralarini va 1431 yil-dan Xorazmda umr kechirgan Abulxayrxon «Turon va boshqurt» taraflarini shayboniylar qo‘lidan va G’arbiy Sibiriyani Mahmudbekxonning qo‘lidan olgan edi. Bu zot davlat idorasini Jo‘ji ulusining janub va shimol tarafidagi ziroat sohalariga qaratib, o‘troq o‘lkalarga aylantirmoq siyosatini targ‘ib etgan edi. Zotan, zamonning buyuk olimlaridan Husayn Xorazmiy bu xonning nomiga atab turkcha go‘zal bir asar — «Qasidai Burda»ni yozgan edi. Mas’ud Ko‘histoniy degan bir odam ham uning hayotini tavsif etgan bir forsiy tarix kitobini bitgan ekan.-
O’zbeklarning katta bir qismi XVI asrda Zarafshon havzasida va Xorazmda o‘troq va dehqonchilik hayotiga o‘tdi. Bular yana Sirdaryo havzasida va Turon taraflarida yashagan vaqtida o‘troq hayotga o‘tayotgan bo‘lsalar kerak. Shayboniyxon esa Sirdaryo ila Ashtarxon orasida yetishgan bir sultondir. Shayboniydan keyin Movarounnahrga kelgan avlodlaridan Mahdi va Hamza sultonlar ilgari Turonzaminning qal’a va istehkomlariga va ma’mur qismlariga ega bo‘lgan Baxtiyor sultonning o‘g‘illari edi. Ular bilan kelgan o‘zbeklar so‘nggi temuriylar zamonida kelganliklari aytib o‘tiladi.
Qabila tuzilishiga ko‘ra «O’zbeklar»ni har yerda to‘qson ikki bov uzbek deb ataydilar. Bov — bu qabila demakdir.

Boshqurtlar ichida shunday bov bor: «O’n ikki bovli boshqurt» deydilar. O’zbeklarda 92 qabilaviy bir «Nasabnoma» bor-dir.
«Nasabnoma»ning XVI—XVII asrlarda yozilgan nusxalari bilan yangi nusxalari orasida farq juda oz. (Masalan, Oxund Qurbonali va Xanikov hamda Shayx Sulaymon nashrlari). Shubha yo‘qdirki, «Nasabnoma» o‘zbeklarning Oltin O’rda zamonidagi yangi Mang‘it — No‘g‘oy va qozoqlar ayrilmasdan ilgarigi hayotiga oiddir. Bu qabilalar shulardir:

Ming, Yuz, Qirq, Ungajit, Dayman, Qipchoq, Arg‘in, Burloq, Busloq, Chemarchin, Bo‘zay, Qatay (Xitoy), Jit, Juyut, Saljovut, Mang‘it, Qang‘it, Oymavut, Ulaji, Gulegen (?), Qishliq, Tomo, Mechet, Kirderi, Ramadan, Juyrat, Bo‘zaji, Uysun, Tatar, Tilov, Shirin, Ag‘ir (Og‘iran), Buzan, Buzaq, Barin (Bahrin), Mo‘g‘ul, Nukus, Jaloyir, Saroy, O’ng‘, Qo‘ng‘irot, Olchin, Chichoq, Qalmoq, Oyrat,    Qorluq,    Turgavut, Qatag‘on, Kilechi, Kenagas, Bo‘yrak, Qiyot, Qangg‘li, O’zje bo‘luji, Upulachi, Gulun, Boyovut, O’tarchi, Arlot, Kerayit, O’ngg‘qut, Qachat, Merkat, Burqut, Quralash, Qarlop, O’g‘lon, Kudey, Turkman, Do‘rmon, Tobin, Mumun, Aday, To‘qsaba, Qirg‘iz, Uyruji, Jo‘rga, Batash, Qo‘ysun, Sulduz, Tumay, Ko‘rlavut, Jilkash, Yug‘ur, Yobu (Yeqabu), Mo‘ytan, Major, Qo‘jaliq,   Cho‘ran,   Churchut.

Bu aytilgan qabila ismlarining 33 qadari mo‘g‘ul qabilalarining, boshqalari esa Jo‘ji ulusidagi butun mashhur turk qabilalarining bir qismidir. Bizga bugun noma’lum bo‘lgan qabilalarning nomidir. O’zbeklar kelmasdan avval Movarounnahrda yashab, so‘ng ularga aralashib ketgan Barlos, Qovchin kabi qabilalar bu orada yo‘qdir. Zikr etilgan 92 qabiladan 45 qadari bugun uzbek hayotiga oiddir. Aytilgan mo‘g‘ul qabilalari esa albatta Jo‘ji ulusiga kelgan mo‘g‘ul qismlarini tashkil qilgan mongollardir. Mongolcha atalgan qabilalarning katta qismi bu yerda, Movarounnahrda va Xorazmda yashaydilar. An’ana shaklidagi bu «Nasabnoma» bizga Movarounnahr va Xorazm o‘zbeklarining mazkur ro‘yxatga kirgan to‘la qabilalarini, shu bilan birga Oltin O’rdaning asl istinodgohi bo‘lgan butun kuchlarni ko‘rsatuvchi va barcha tashkilotlarning hammasini Movarounnahrga barobar daxldorligini namoyon etsa kerak. Qabilalarning bugungi bo‘linishi esa quyidagicha:

1. Qo‘ng‘irot qabilasi. Buning katta aymoqlari besh tarmoq bo‘lib, birinchisi: Qonjig‘ali. U 14 tarmoqdan iborat: O’ris, Qoraqursoq, Cho‘llik, Quyon, Quldovli, Miltek, Ko‘r to‘g‘i, Gala, To‘pqora, Qorabo‘z, No‘g‘oy, Bilgalik, Do‘stalik, Ikkinchisi: Uyunli aymog‘i. 9 tarmoqdan iborat: Oq tana, Qora Churan, Turkman, Quvuq, Beshbola, Qoraqalpoq, Kajay, Xo‘jabacha; uchinchisi — Qo‘shtamg‘ali aymog‘i 9 tarmoqdir: Qo‘lobi, Barmoq, Go‘jaxo‘r, Ko‘l-Chub urg‘on, Qaraqalpoq. Qo‘shtamg‘ali, Safarbiz, Dilbari, Jachaqli; to‘rtinchisi — Oqtamg‘ali aymog‘i 7 tarmoqdir: Tortuvli, Og‘amayli, Ishiqoli, Qozonjili, O’ykuli, Bo‘kachli, Qiyugali; Beshinchisi— Qir aymog‘i besh tarmoqdir: Guzili, Ko‘savli, Ters, Baliqli, Quba.
Qo‘ng‘irotning butun urug‘i shu’balari-tarmoqlari Amudaryo havzasida, Buxoroning G’uzor, Sherobod, Qo‘rg‘ontepa viloyatlarida bo‘ladilar. Buxoroda ko‘chmanchi umr kechiradilar. Xorazmdagilar esa o‘troqdirlar.
2. Nayman qabilasi, buning aymog‘i uchta: Qo‘shtamg‘ali, Uvaqtamg‘ali, Sadir. Xorazm va Samarqand atrofida bo‘ladilar.
3. Kenagas besh aymoqdan iboratdir: Qayurasali, Qaroqli, Ochamayli, Jikqut, Aboqli. Bular Xiva va Shahrisabz atrofida bo‘ladilar.
4. Mang‘it, uch aymoqdan iboratdir: To‘q mang‘it, Oq mang‘it, Qora mang‘it. Bular Xiva va Qarshi atrofida bo‘ladilar.
5. Tuyoqli. Samarqand va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida bo‘ladilar.
6. Mo‘ytan. Samarqand va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida bo‘ladilar.
7. Saroy. Shahrisabz, Yakkabog‘ hududida o‘rnashgan.
8. Borin. Farg‘ona viloyati va Kattaqo‘rg‘on tumanida yashaydilar.
9. Xitoy.
10. Qipchoq. Samarqand, Kattaqo‘rg‘on tumanla-rining muhim joylarini egallaganlar. Xiva va Farg‘onada bular ozchilikni tashkil qiladilar.
11. Ming. Samarqand, Panjakent, Jizzax taraflarida va Farg‘onada bo‘ladilar.
12. Uch urug‘: Misit, Tomo, Yebu. Buxoroning Ziyoviddin hududida yashaydilar.
13. Burqut. Chelak va Karmana atroflarida.
14. Arlot. Qorako‘lda.
15. Qangli. Jizzah hududida.
16. Qirq, Yuz, Ming, Jizzax tumanida.
17. Batash. Qarshi, G’uzor taraflarda yashaydilar.
18. Qoraqalpoq besh aymoqdan iborat: Qoraqo‘yli, Qora singir, Oymavut, Istek, Ochamayli. Bular Amudaryo havzasi va Samarqandning shimolida Oqtepada bo‘ladilar.
O’zbeklarning eski shevalarini va odatlarini o‘ziga xos tarzda saqlaganlari, asosan Jizzax tumanida bo‘ladilar (Qirq, Qangg‘li, Soliq, Turk, Turkman, Nayman, Mang‘it, Qitoyyuz, Suloqli, Tuyoqli, Olacha, Burqut, Serkali, Baymoqli, Jaloyir, Kirgiz, Yuz, Quyon tuyoqli, Parchayuz, Qarabcha, Qushchi, Uroqli, To‘qjori, Qo‘shtamg‘ali, Saroy, Qonjig‘ali). Faqat bu qabilalarning nufuzi juda ozdir. Sharqiy Buxoroda ko‘chmanchilik haetini to‘la tark etmaganlar Dushanbe atrofida «Laqay», «Marqa kichik yuz», Fayzobod atrofinda «Qarluq» kabi qabilalardir.
XIX asr boshlarida hindistonlik Mir Izzatulloq tarafidan afg‘on Turkistonidagi O’zbeklar haqidagi tartib etilgan jadval biroz e’tiborga molik. Bunga ko‘ra, u yerdagi qabilalar quyidagilardir. Shibirg‘on yaqinidagi Saripulda Ming qabilasining Ochamayli aymog‘i; uning yonida Sayyod degan joyda Ochamayli va Qazayog‘li, Ming, undan quyiroqda Qipchoq urug‘i, Qunduzda tamoman Qatag‘on, Balx hududida Saroy va Mo‘ytan urug‘lari, Badaxshonda Eshkamish va qatag‘onlarning Burga hamda Timish nomli aymoqlari yashaydilar. Norinda Chig‘atoy urug‘i. Mir Izzatulloh Mo‘ytan va Qatag‘on urug‘larining aymoqlariga oid belgilarni beradi. Mo‘ytan yetti aymoqdir: Tilikxona, Ko‘rmishli, Qazayog‘li, Chag‘ar, Sum, Oqshayiq, Chuchen, Qatag‘on urug‘i esa uch aymoqdir: Besh qaban, Saljovut, To‘rt ota. Besh qabanning to‘rt bo‘lagi bor: Laqqa (Laqay), Yangi Qatag‘on, Qesmavir, Qayon, Manas. Qesmavirning to‘rt tiragi bor: Oq tog‘liq, Andijoni, Qalasi, Bumin. Manasning uch tiragi bor: Temish, Sarbag‘ish, Burga. To‘rt otaning to‘rt bo‘lagi bor: Sariq Qatag‘on, Churoq, Boshsiz, Mardod. Churoqning ikki tiragi bor: Qiz otizi, Sho‘lang. Mardodning uch tiragi bor: Iuchata, Bo‘zon, Jo‘tuduq.
O’zbek qabilari ichida aristokrat — «Bekzod» laqabini olganlar bor. Bular xonlarning taxtga chiqishi va mamla-katni boshqarishda faol ishtirok etganlar. Bulardan Xiva-da Qiyot-Qo‘ng‘irot, Yo‘g‘ur-Nayman, Qangg‘li-Qipchoq, Nukus-Mang‘it qabilalari, Buxoroda esa shayboniylar zamo-nida Qo‘shchi, Nayman, Qarluq, Bo‘yrak kabilar. Mang‘itlar zamonida (Radlovga ko‘ra) Ming, Arlot, Borin, Batash urug‘lari ma’ruf bo‘lmishlar. Qatag‘onlar davrida «Bek-zod»lar saylaganlar. Urug‘lar ichida Tuyoqli, Mo‘ytan, Xitoy, Mang‘it va Qo‘ng‘irotlarning Buxorodagi aksariyati Dashti Qipchoqdan eng keyin kelgan urug‘lardir. Bular ilgarigi Mang‘it-No‘g‘oy, Qozoq hay’atlariga dohil bo‘lib, keyincha-lik Movarounnahrga kelganlar.

Zaki Validiy

http://e-tarix.uz/milliyat-insholari/134-uruglar.html

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: