Archive for July, 2010

31/07/2010

Turkiya tashqi siyosatda “ishonch va qat’iyat” bilan harakat qilyapti – voa uzbek

Amerika Ovozi   31 iyul, 2010

“Boshqa mamlakatlar ham biz bilan teng munosabatda bo’lishga haqli ekanini ba’zilar tushunishga qiynaladi”.

Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qo’shilish masalasi hanuz mavhumligicha qolmoqda.

Bu mamlakatga tashrif buyurgan Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron Turkiyaning ittifoqqa qo’shilishini to’la qo’llashini aytgan bo’lsa-da, Fransiya va Germaniya bunga xayrixohlik bildirmayotgan davlatlar qatoriga kiradi.

read more »

Advertisements
31/07/2010

Faollar fikricha hukumat beparvoligi bilan ta’qiblarga hissa qo’shyapti – voa uzbek

Malik Mansur | Amerika Ovozi 31 iyul, 2010

“Xalqaro tashkilotlar ham, yirik davlatlar ham ko’pchilikni fikriga ko’ra o’zlarini soddalikka olishyapti”.

Markaziy Osiyodagi vaziyatni kuzatib turgan faollar nazarida Qirg’izistonda o’zbeklarga qarshi sodir etilgan qirg’in – insoniyatga qarshi jinoyatdir.

read more »

31/07/2010

BMT: ‘O’shdagi o‘zbeklar qo‘rquv ichida yashamoqda’ – bbc uzbek

31.07.2010

O’shga safar qilgan Birlashgan Millatlarning inson huquqlari bo‘yicha mulozimi u yerdagi o‘zbek aholisining hanuz qo‘rquv ichida yashayotganini aytgan.

Bi-bi-siga gapirgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy Komissarining o‘rinbosari Kyun va Kanga ko‘ra, o‘zbeklar davlat idoralari, hatto shifoxonaga ham murojaat qilishdan qo‘rqishadi va o‘zlarini kamsitilgan his qiladilar.

read more »

31/07/2010

Rossiya maxsus xizmatlari vakolati yanada kengaydi – ozodlik.org

Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedevga ko‘ra, Federal xavfsizlik xizmati vakolatlarini kengaytiruvchi qonun shaxsan uning buyrug‘iga binoan parlamentga taqdim etilgan.

31.07.2010

Umidbek

Rossiyada Davlat Dumasi qabul qilgan qonunga muvofiq, Federal xavfsizlik xizmati xodimlarining shundoq ham katta vakolatlari yanada kuchayadi. Mahalliy va xalqaro huquq himoyachilari bu qonun Rossiya hukumatining demokratiyadan tobora og‘ib borishida navbatdagi qadam bo‘lishini aytmoqdalar.

read more »

31/07/2010

Xitoyda uch nafar uyg’ur jurnalisti qamoqqa tashlangan – voa uzbek

Shinjon-uyg’ur viloyatida uyg’ur tilida ish olib borgan sayt yurituvchilari 3 yildan 10 yilgacha qamoq muddati bilan jazolangan.

Amerika Ovozi 30 iyul, 2010

Urumchi shahri

Xitoy sudi Shinjon-uyg’ur viloyatida uch nafar uyg’ur jurnalistini davlat xavfsizligiga tahdid solganlikda aybdor deb topib, 3 yildan 10 yilgacha qamagan. O’tgan hafta bo’lgan va atigi bir kun davom etgan sud qarori yopiq eshiklar ortida o’qib eshittirilgan. Jurnalistlar Dilshod Farhod, Najot Ozod va Nurali “Diyorim”, “Salqin” va “Shabnam” deb nomlanuvchi Internet sahifalarini yurgizgan.

read more »

31/07/2010

Qirg‘iz gazetalari millatchilikni targ‘ib qilmoqda – ozodlik.org

31.07.2010

Rasmiy Bishkek Qirg‘iziston janubida yuzaga kelgan tanglikni yumshatish uchun qirg‘iz va o‘zbek jamoalari o‘rtasidagi yarashuv haqida bong urayotgan, kuzatuvchilar esa yarashuv g‘oyalari avvalambor matbuotda targ‘ib etilishi lozim deb turgan paytda, bunday kayfiyat qirg‘iz matbuotiga ko‘chgani kuzatilmaydi.

O’sh va Jalolobod shaharlarida iyun oyida yuz bergan qirg‘inlardan so‘ng Qirg‘iziston matbuoti asosan mazkur voqealarning oqibatlari va hukumat tomonidan ko‘rilayotgan choralar haqida yozmoqda.

read more »

31/07/2010

UNESCO O’shdagi o‘zbek mahallalarini madaniy meros deb topdi – ozodlik.org

30.07.2010

– O’shdagi Sulaymon tog‘iga tutash o‘zbek mahallalarini BMT qoshidagi UNESCO tashkiloti 2009 yilda qilingan xulosaga ko‘ra, madaniy merosning bir qismi deb topdi, deya xabar tarqatdi EurasiaNet.org tashkiloti.

read more »

30/07/2010

O’tunbaeva O’shda kuydirilgan o‘zbek mahallalariga bordi – ozodlik.org

Roza O’tunbaeva 30 iyul kuni Botkenga ham bordi.

30.07.2010

Sarvar Usmon

Qirg‘iziston prezidenti Roza O’tunbaeva 30 iyul kuni O’shga qilgan safari davomida bosqinchilar hujumidan katta zarar ko‘rgan, Uvom bo‘yi guzaridan boshlanadigan Shavkat Rahmon va Pomir ko‘chalari aholisi vakillari bilan uchrashdi.

read more »

30/07/2010

O’zbeklar saylovda kimga nima uchun ovoz beradi? Bugungi vaziyat va siyosiy partiyalar – voa uzbek

Ulug’bek Sokin | Qirg’iziston 30 iyul, 2010

O’zbek aholining hozir saylov haqida qayg’urishga holi yo’q. Kelajak mavhum, deydi ular. Bolalar ertaga nima qiladi? Qanday holatda yashaydi? Xorijga ketsinmi? Qanday qilib? Bu hukumat nima karomat ko’rsatdiki, ertaga keladigan yangi siyosatchilar nima qilib beradi?

Qirg’izistonda 10 oktabrda o’tadigan parlament saylovlari uchun nomzodlar asta sekin o’z siyosiy kampaniyalarini boshlar ekan, mamlakatda siyosiy partiyalar soni 150 dan oshgani qayd etilmoqda.

read more »

30/07/2010

AQShning O’shda bo’lgan diplomati “prioritetlar” haqida gapirdi – voa uzbek

Shohruh Hamro | Amerika Ovozi 29 iyul, 2010

Bishkekda 27 iyul kuni o’tgan xalqaro donorlar anjumanida. Daniel Rozenblum, AQSh tashqi yordami bo’yicha koordinator, o’rtada.

“Missiyaning masqadi va vazifalari haqida odamlarga ko’proq ma’lumot berish, omma orasida tushuntirish ishlarini olib kerak deb o’ylayman”.

Qo’shma Shtatlar nazarida Qirg’izistonga Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti politsiya guruhi kiritilishi janubdagi vaziyatni barqarorlashtirishda, aholining huquq-tartibot organlariga ishonchini oshirishda ko’maklashadi.

read more »