O’sh, Jalolobod, Andijon voqealari va diktator Islom Karimov – yangidunyo


Abdujalil Boymatov,
O’zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati prezidenti.

Jahon ommaviy axborot vositalarida 10- iyundan 11- iyunga o‘tar kechasi boshlangan O’shdagi o‘zbeklar va qirg‘izlar o‘rtasidagi janjal-zo‘ravonlikning o‘zbeklarning qirg‘izlar tomonidan ommaviy qirg‘in qilinishiga olib kelishi va bu qirg‘inning nafaqat O’sh shahri va viloyati, balkim Jalolobod shahri va viloyatiga va ba’zi boshqa xududlarga tarqalishiga olib keldi.O’zbeklarning qirg‘izlar tomonidan qirg‘in(genotsid) qilinishida qirg‘iz armiyasi,militsiyasi,milliy xavfsizlik kuchlari ham qatnashdi (http://www.nytimes.com). Oqibatda ko‘plab Qirg‘iziston fuqarolari halok bo‘lishdi. Ularning mutlaqo ko‘pchiligi o‘zbeklardir, 2000 dan ko‘prok. (http://ru.hrsu.org).O’sh, Jalolobod shaharlarida ko‘plar uylar xonavoyron bo‘ldi (http://www.ferghana.ru), asosan o‘zbeklarning savdo do‘konlari, restoranlari, bozorlari, milliy madaniy markazi binolari buzib, yondirib tashlandi (http://www.ferghana .ru). Qirg‘iziston milliy xavfsizlik xizmatining raisi Keneshbek Dushebaevga binoan Qirg‘izistonda milliy nizoning tashkilotchilari Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Qurmanbek Bakievning aka- uka, o‘g‘illari, tarafdorlari, O’zbekiston islomiy harakati,Islom jihodi ittifoki, Tolibondir (http://www.ferghana.ru).

Islom Karimov Qirg‘izistondagi qirg‘iz va o‘zbeklar o‘rtasidagi majoroni uchinchi kuchlar keltirib chiqardi deb iddao qildi.Lekin shu yerda uchinchi kuchlarning rolini inkor qilmasdan, O’zbekiston tomonidan Qirg‘izistonga nisbatan iqtisodiy qamal 7-8 apreldan beri davom etayotganligi,Qozog‘iston tomondan esa qisman qamal davom etayotganligi ijtimoiy siyosiy portlashga olib keluvchi kuchli omillardan biri ekanligini tan olishga majburmiz. Albatta Islom Karimov, Nursulton Nazarboev, Vladimir Putin erkinlik va demokratiyaning o‘z mamlakatlariga yoyilishini oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rishadi.Aks holda ular amallaridan va to‘plagan milliardlab boyliklaridan mahrum bo‘lishadi. Ularning amalparastligi va boylikka ochko‘zligidan (albatta Islom Karimov, Nursulton Nazarboev, Vladimir Putin va Qurmanbek Bakiev hamda uning tarafdorlari asosiy rol o‘ynovchilardir) qancha o‘zbek va kam miqdorda qirg‘izlar halok bo‘lishdi va xonavoyron bo‘lishdi.

Meni dahshatga solgani shuki O’sh, Jalolobodda kamida 2000 o‘zbek qirg‘izlar tomonidan o‘ldirilganida, ularning uylari yondirilganida, o‘zbek ayollari,qizlari zo‘rlanganida, bolalar,keksalar o‘ldirilganida Islom Karimov bu qirg‘inni qirg‘iz va o‘zbeklarni urishtirishda uchinchi kuchlarning qo‘li bor va bu qirg‘inni bataraf qilishga O’zbekiston aralashmaydi. Bu Qirg‘izistonning ichki ishidir dedi. (http://www.ozodlik.org). Tasavvur qiling Qirg‘izistonda biror AQSh yoki Rossiyaning atigi bir fuqarosi o‘ldirilganda ularning ommaviy axborot vositalari radio, televidenie, gazata, internet saytlari) barala dunyoga jar solishardi va ularning prezidentlari Barak Obama, Vladimir Putin darhol bu to‘g‘rida bayonot berib Qirg‘iziston xukumatidan jinoyatchilarni topishni va jazolashni talab kilardi. Yana ular qo‘shimcha qilib Qirg‘iziston xokimiyatiga jinoyatchini topish va jazolashda barcha yordamlarni berishni taklif ham qilishardi.

O’sh va Jalolobodda Islom Karimovning qizlari Gulnora Karimova, Lola Karimova-Tillaevalar bizneslari bo‘lganda yoki ular bu joylarda bo‘lishganda Islom Karimov butunlay boshqacha harakat qilardi.Men aminman O’zbekiston armiyasi darhol Qirg‘izistonga bostirib kirardi.

Albatta 2005- yilning 13,14- may kunlari kamida 750 O’zbekiston fuqarolarining o‘limiga sabab bo‘lgan tinch namoyishni o‘qqa tutishga buyruq bergan Islom Karimovdan o‘zbek fuqarolarini qirg‘izlar tomonidan qirg‘in qilinishini to‘xtashish uchun biror chora ko‘rishini umid qilish siyosiy ongi shakllanmagan kishidan kutsa bo‘ladi.

Ko‘pchilikka ma’lumki, Qozog‘iston xududida poezdlarda Rossiyaga ketayotgan o‘zbek mehnat muhojirlari qozoq uyushgan jinoiy guruhlari tomonidan ularning pullari tortib olinadi. Holbuki ruslarga tegilmaydi. Rossiyada, Qozog‘istonda o‘zbek mehnat muhojirlari shafqatsiz ekspluatatsiya qilinadi, tahqirlanadi, xo‘rlanadi. O’sh, Jalolobod voqealari ro‘y berayotgan paytda Turkmanistondan o‘zbek ayollari O’zbekistonga deportatsiya qilindi.Sababi ular turkman fuqarolariga turmushga chiqqandan beri davlat xazinasiga 50 ming AQSh dollari miqdorida tovon to‘lay olmaganliklari uchun Turkmaniston fuqaroligini ololmaganlar  (http://www.ozodlik.org). Albatta 21 yildan beri O’zbekistonni boshqarib kelayotgan Islom Karimov bularni bilmaydimi. Yo‘q,u juda yaxshi biladi. Faqat bilmaganga oladi. Chunki u O’zbekiston fuqarolarining huquq,erkinliklarini tinmay oyoq osti qilib kelmoqda.Shu sababli dunyo bo‘yicha o‘zbeklarning or nomusi toptalganda Islom Karimov rejimi ularni himoya qilmaydi.Men ishonch bilan ayta olaman,o‘zbeklar dunyoning boshqa mamlakatlarida (Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston,Turkmaniston,Tojikiston) O’zbekistondaychalik horlanmaydi, ho‘rlanmaydi. Aks holda ular O’zbekistonni tashlab bu mamlakatlarga yuz tutmagan bo‘lardilar.

Qashshoqlik, ishsizlik va Islom Karimov zulmidan O’zbekistonni tark etib muhojiratga yuz tutgan o‘zbeklar dunyoning ko‘p mamlakatlarida O’sh, Jalolobod shaharlarida o‘zbeklar qirg‘inini to‘xtatish uchun BMT ning tinchlikparvar kuchlarini Qirg‘izistonga kiritilishini talab qilib dunyoning Moskva (http://www.youtube.com, kamida 1000 ta), Sankt Peterburg, Stokgolm, Janubiy Korea (http://www.youtube.com ,200 tadan ko‘proq), Vashington, Nyu York, Toronto, Germaniya, Turkiya va Misr kabi shahar va mamlakatlarida namoyishlar tashkil qildilar, mamlakat rahbarlariga murojaat qildilar. Faqat O’zbekiston fuqarolari,ommaviy axborot vositalari, O’zbekiston rahbarlari jim.

Diktatorlarning millatidan qat’iy nazar yaxshisi bo‘lmaydi. Qirg‘izistonda Qurmanbek Bakiev, Qozog‘istonda Nursulton Nazarboev, Tojikistonda Imomali Rahmon, Turkmanistonda Qurbonguli Berdimuxammedov. Bu mamlakatlarda diktatorlar shu mamlakat millatidan chiqqan holda o‘z fuqarolarining huquq va erkinliklarini poymol qiladilar. O’zbekistonda esa prezident Islom Karimov, premer ministr Shavkat Mirziyoev, Milliy havfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov, Milliy bank boshqaruvchisi Fayzulla Mullajonov tojik millatiga mansubligini bilgan holda ulardan o‘zbeklarning or- nomusi, shanini himoya qilishdan umid qilishga Islom Karimov aytganday “kelajagi buyuk o‘zbek millatigina” qodir.  Albatta bu rahbarlarga yaxshi yashash uchun, boylik orttirish uchun poraxo‘rlik, o‘g‘rilik, korruptsiya kabi jinoyatlardan tap tortmaydigan minglab amalparast o‘zbeklar ham bor. Ularni o‘zbeklarning or- nomusi,sha’ni toptalgani g‘azablantirmaydi, aksincha ular o‘zbeklarni millat sifatida kuchsizlantirish uchun qo‘lidan kelgan barcha makkorliklarini ishga soladilar. Bir misol.O’zbekistonda ko‘zga ko‘ringan huquqbon Suhrob Ismoilovni ko‘pchilik tojik millatiga mansubligini yaxshi biladi. U tojik, fors, o‘zbek, rus, ingliz tillarida bemalol muloqot qila oladi. Juda ko‘p huquqbonlar Islom Karimov rejimining ta’qibiga uchrab qamalgan yoki mamlakatni tark etib muhojirotga yuz tutgan bo‘lsa, Suhrob Ismoilov faoliyat ko‘rsatishi uchun rejim tomonidan hamma sharoitlar yaratilgan. Kamiga yetmaganday, hattoki Ozodlikning dunyo o‘zbeklari va O’zbekiston o‘zbeklariga eng taniqli muxbiri Sarvar Usmonning sevimli huquqboni. Bu meni juda
ajablantiradi. Nahotki Sarvar Usmon Suhrob Ismoilovni milliy xavfsizlik xizmati xodimligini bilmasa?

-“Janob Sarvar Usmon intervyu olish uchun Suhrob Ismoilovdan boshqa huquqbonlar ham juda ko‘pku”-degim keladi..

Men Milliy havfsizlik xizmati xodimlarining ko‘pchiligi o‘zbek millatiga mansub bo‘lmagan tojik va boshqa millatlardan iborat desam xato qilmagan bo‘laman deb hisoblayman.Mening bu iddaolarimdan so‘ng meni millatchilikda ayblab va boshqa ko‘p kurakda turmaydigan so‘zlar bilan SNBning laychalari maqolaga sharhlar yozsa ajablanmayman.

Achinarlisi shuki, bir vaqtlar SSSR davrida amaldor o‘zbeklar (zinhor amalsiz o‘zbeklar emas) eng poraxo‘r, korruptsioner sifatida butun ittifoqqa tanilgan bo‘lsa, Islom Karimov davrida esa butun dunyoga tanildi.

Bu “yutuklarga” Islom Karimov o‘zbekning asl o‘g‘lonlari Dadaxon Hasan, Yusuf Juma, Mamadali Mahmudov, Murod Jo‘raev va boshqa yuzlab huquqbonlar, mustaqil jurnalistlar, muholifat vakillarini soxta ayblar bilan qamoqlarga tashlab, yuzlab istedodli o‘zbeklarga amal berib (Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Murod Muhammad Do‘st va boshqalar) erishdi.

Islom Karimov juda yaxshi biladi, dunyoda o‘zbeklar soni kamida 25 mln. Bu halqni ochiqdan ochiq kurashib yenga olmaydi, shu sababli makkorlik yo‘lini tanladi. O’zbek halqini erkinliklardan mahrum qildi. Radio,televidenie,gazeta va internetni to‘la nazorat ostiga oldi.Namoyishlarni butkul taqiqladi. Bu degani siz o‘z noroziligingizni ham ifodalay olmaysiz. O’zbeklar O’zbekistonda ob’ektiv informatsiyadan mahrum qilindi. Horozilik bildirishdan mahrum kilindi.Hamma erkinliklardan mahrum qilindi.Erkin, demokratik bo‘lmagan jamiyatda poraxo‘rlik, korruptsiya,zo‘ravonlik gullab yashnaydi. Mana bu makkorlikning cho‘qqisi.

Lekin hayot shuni ko‘rsatdiki o‘zbeklar Islom Karimov o‘ylagandik notavon emas ekan.O’zbeklar shuncha ta’qib tazyiqlarga qaramasdan o‘zlarida kuch topib dunyoning o‘ndan ortiq mamlakatlarida namoyishlar uyushtirib (bu namoyishlarda kamida minglab o‘zbeklar qatnashishdi) O’sh, Jalolobod qirg‘inini to‘xtatish uchun BMTning tinchlikparvar kuchlarini kiritishni, Qirg‘izistonda halqaro mustaqil tekshiruv o‘tkazilishini talab qildilar.Albatta biz bu bilan chegaralanib qolmaymiz. Qirg‘iziston va O’zbekiston xokimiyatlarining Rim Statutini ratifikatsiya qilishlarini,Halqaro Jinoyat Sudiga a’zo bo‘lishini talab qilamiz.Qirg‘iziston Rim Statutini ratifikatsiya qilib Halqaro Jinoyat Sudiga azo bo‘lishini tahmin qilishim mumkin, lekin O’zbekiston masalasida umid juda kam.

Haqiqatan ham, muxolifatning veteran, taniqli vakili shoir Yodgor Obid she’riy ertagida (Sehrli Yuho g‘ori haqida ertak, http://yangidunyo.com) keltirilganiday, ajdarni yengan botir, tillo,javohir lar qudratiga taslim bo‘lib, o‘zi ham ajdahoga aylanib qoladi va insonlarni yeya boshlaydi. Erkin,demokratik bo‘lmagan o‘zbek jamiyatida poraxo‘rlik,korruptsiya ko‘p o‘zbeklarni taslim qildirib Islom Karimovning quliga aylantirib qo‘yabdi.

O’zbekistondan ham Alisher Usmonov, Iskandar Mahmudov, Pattoh Shodiev kabi dunyo taniydigan milliaderlar yetishib chiqdi, lekin ular Jorj Soros kabi inson huquqlari, erkinlik, demokratiya uchun homiylik qilishmayabdi  (http://en.wikipedia.org). Muhammadqodir Abdullaev, Artur Grigoryan, Ruslan Chagaev  (http://ru.hrsu.org) kabi olimpiada, jahon professional boksi bo‘yicha chempionlar yetishib chiqdi. Afsuski ular ham og‘ir vazn bo‘yicha professional boks chempioni, mashhur afsonaviy bokschi Muhammad Aliday fuqaro erkinliklari uchun kurashishmayabdi (http://en.wikipedia.org). Alisher Usmonovning Qirg‘izistonlik o‘zbek qochqinlariga 5 mln AQSh dollari(150 mln Rossiya rubli) miqdorida yordam puli ajratganligi xo‘rlangan, haqoratlangan, ko‘chada qolgan o‘zbeklarning ham himoyachisi borligini ko‘rsatdi  (http://www.ozodlik.org).

Kelajakda O’zbekistondan ham Muhammad Aliday, Jorj Sorosday inson huquqlari, erkinlik, demokratiya uchun kurashadigan, xomiylik qiladigan dunyo taniydigan insonlar yetishib chiqadi.Ana o‘shanda O’zbekistonda diktator Islom Karimov va uning hamtovoqlarining zulmiga barham berish imkoniyati keskin oshadi. Ungacha bu diktator va uning hamtovoqlari ko‘p o‘zbeklarning sho‘rini quritadi.

28-iyun, 2010-yil.

http://yangidunyo.com/?p=12669

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: