O’shlik ayollar yuz bergan dahshatli zo‘rlashlardan hikoya qilmoqda – ozodlik.org


O’tgan hafta davomida nafaqat uylar yondi, odamlar qirildi, balki go‘dak yoshda bo‘lgan bolalargacha zo‘rlandi.

18.06.2010

Basira

O’tgan hafta O’shning o‘zbek mahallalariga yopirilgan qurolli, mast-alas olomon nafaqat odamlarni o‘ldirib, ularning uylariga o‘t qo‘ydi. Guvohlarning aytishicha, Furqat qishlog‘i, O’n adir va Majrimtol kabi mahallalarda hatto 5 yashar qizaloqlar ham zo‘rlanib, o‘ldirildi.

Shu kunlarda Qirg‘iziston janubida faoliyat olib borayotgan Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi milliy asosdagi zo‘ravonliklar davomida xotin-qizlarni zo‘rlash hollari ko‘p sodir bo‘lgani va hozirda bu jinoyatlar ro‘yxatini tuzish harakatlari boshlanganini aytadi.

-Ha, shunday faktlar bor. Ammo bu haqda hali gapirish erta. Chunki Qirg‘iziston janubining turli tumanlarida xodimlarimiz ma’lumot yig‘moqda. Bularni to‘plab umumiylashtirish kerak, deydi Ozodlik bilan suhbatda qo‘mitaning Qirg‘izistondagi matbuot kotibi Per-Emmanuel Dyukrue.

O’n adirlik Dilorom Qanatova 11 iyun kungi boshlangan milliy nizoga qadar O’shdagi universitetlarning birida dars bergan. U keyingi kunlar ichida zo‘rlanib, aqldan ozgan o‘zbek qizlaridan anchasini bilishini aytadi.

– Qizlarni zo‘rladi. Mana otasi bilan kelayotgan qizni otasining oldida zo‘rlab hozir aqlidan ozdi. Qaysi birini gapiray?

Ozodlik: Qaysi qiz aqldan ozdi?

– Ko‘chada o‘tiribdi ana aqldan ozib, sochini sappaytirib otasining oldida.

Ozodlik: Dadasi qaerda?

– Dadasi bizning adirda. Ular furqatlik bo‘ladi. Hammasi furqatlik, modilik, bizda kassetalari bor. Bolalarni o‘ldirib, yoqib, tiriklayin iznasilovat qilgan o‘g‘il bolalarni. Eshitganmisiz shunaqani?

Ozodlik: O’g‘il bolalarni ham zo‘rlashganmi?

– Bizda kassetalari bor, jo‘natdik, butun dunyoga jo‘natdik, deydi o‘zbek qiz va yigitlarning vahshiyona zo‘rlanganiga oid fakt va dalillar ko‘pligini ayta turib  Dilorom Qanatova.

O’sh shahrining Majrimtol mahallasiga yaqin turuvchi Muhabbat Mahmudova o‘z atrofida ham 11 iyundan boshlab xotin-qizlarni tutib zo‘rlash holatlari ko‘p sodir bo‘lganini aytadi:

– Turmushga chiqmagan yosh qizlarni yalang‘och qilib yechintirib mahallalarda sudrab olib yurishdi bular Majrimtolda. Student qiz. Shu qizni yalang‘och qilib dumbalari shilinib ketdi, deb eshitdim, deydi Muhabbat Mahmudova.

O’shning Amir Temur shaharchasi, o‘shliklar orasida O’n adir deya ataluvchi mavzening xotin-qizlar ishlari bo‘yicha mas’uli Gulbahor Jo‘raeva ayni kunlarda o‘z mavzeidagi zo‘rlash qaydi bilan shug‘ullanayotganini aytadi:

– 11-12-13 iyun kuni Majrimtolda bo‘lgan. 13 yashar va besh yashar qiz. Bitta ayolning opa-singil ikkita qizi bo‘lganda.

Ozodlik: Ayolning o‘zi qaerda bo‘lgan?

– Majrimtollik o‘zlari.

Ozodlik: U ayolning ko‘zi oldida qizlarini zo‘rlaganmi?

– Yo‘q, u ayolni yoqib yuborishdi. Terakka bog‘lab tiriklayin yoqib yuborishdi.

Ozodlik: Ikkita qiz nima bo‘ldi?

– Ikkita qiz Suratoshda o‘tirgan yerida o‘tiribdi. 13 yashar qiz aqldan ozdi. Ona tolko ulıbaetsya. Sababi boshiga nima tushdi, endi yosh bolaku. Unaqani umrida ko‘rmagan.

Ozodlik: Besh yashar qizchi?

– Besh yashar qiz vafot etgan. Ot nasiliya oldiga, orqasiga qilsa, vnutrennıy matochnıy krovotechenie bo‘lib, endi matkasi yo‘q unaqa yoshda, lekin unaqa zo‘ravon kuchni, faqatgina nasilie bo‘lmaganda, urib, tepib, ichak-chovoqlari yirtilib o‘lib qolgan.

Ozodlik: Mana shu ikkita qizni nechta erkak zo‘rlaganini bilasizmi?

– Bular bittadan, ikkitadan bo‘lmagan. Bular hujum qilayotganda besh-olti-o‘ngacha bo‘lgan. Keyin ayollar bilan bo‘lgan. Ayol qizlarni ayollar ushlagan. Qirg‘iz ayollar yordam bergan. Erlariga yordam berib qo‘llarida qurol bilan, deydi o‘nadirlik Gulbahor Jo‘raeva.

O’shlik zo‘rlangan ayollar orasida uch opa-singil Berdiqulovalar ham bor. 23 yoshli Iroda, 21 yoshli Umida hamda ularning 16 yoshli voyaga yetmagan singlisi O’sh shahrining Qorasuv ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda turishgan.

O’shda bo‘lgan vahshiyliklardan dunyo xabar topsin, degan maqsadda ularning o‘zlari zo‘rlanganlari haqida gapirishga ruxsat berishdi, deydi ayni paytda O’sh viloyatining o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi VLKSM qishlog‘ida panoh topgan Zohida Mo‘minova.

-Ular bo‘ldi uje, bizning hayotimiz tugadi, etikani yig‘ishtirib qo‘yamiz deb hammaga intervyu berayapti.Familiyamiz, danniylarimiz bilan beraveramiz, yuzimizni ham yopmay ko‘rsatamiz deyishdi, deya gapiradi Zohidaxon Mo‘minova.

14 iyun kuni O’shning “Nostalji” kafesini shtab qilib olganlar ularni shu kafeni yerto‘lasiga olib tushgan hamda uchala qizni zo‘rlashgan.

-Zo‘rlashgandayam izvrashenniy formada zo‘rlashgan. Katta qizni ko‘pchilik qiynab-qiynab butilka tiqib qo‘yishgan. Orqa teshoviga qilishgan. Ikkinchi qizni otasining ko‘z oldida qilishgan. 16 yashar qizga ko‘pchilik kirgan, deydi voqea tafsilotlarini zo‘rlangan qizlardan ruxshunos sifatida eshitgan Zohida Mo‘minova.

Garovdagi qizlarni qirg‘iz millatiga mansub shaxslar qo‘lidan besh nafar garovga olingan qirg‘izlarni berib almashtirib olishgan, deydi o‘shlik Zohida Mo‘minova.

– Keyin o‘zbek-qirg‘iz chegarasiga qizlarni VLKSM qishlog‘iga yetkazilgan yalang‘och ahvolda.O’sh rayonining bolalari usti bosh topib kiydirishgan eplashib u qizlarga bir narsalarni. Shu ahvolda hammayog‘i qon bo‘lib kelishgan. Biz bularni O’zbekiston chegarasi bilan gaplashib o‘tkazdirdik uchala qizni olib ketishdi. Bular qizlar shokda kelgan. Umuman gapirishgayam nimasi yo‘q. Biz zo‘rlanmadik, yiqilib tushdik, deb yig‘lab keldi. Lekin bularni o‘tirishga ham holi yo‘q edi. Biqinlab, yonboshlab, hammayog‘i razrivli, hattoki ginekologga ko‘rinadigan holi ham yo‘q. Stress situatsiyada kelishdida ular,  deydi Zohida Mo‘minova.

Zo‘rlangan opa-singillardan biri 23 yoshli Irodaxon huquqshunos, yaqin kunlarda to‘yi bo‘lishi lozim bo‘lgan ekan. Ayni paytda uch opa-singil Andijon viloyatining Jalolquduq markaziy kasalxonasida onasi bilan davolanmoqda. Qizlarning otasi esa O’shda, o‘z mahallasini himoya qilishda qolgan.

O’shning “Nostalji” kafesida zo‘rlanganlar orasida uch opa-singildan tashqari yana bir qiz ham bo‘lgan. Ammo zo‘rlangan qizning onasi nomus qilaman aytishga, deya ism-familiyasi va qizining zo‘rlanganini yashirgan.

http://www.ozodlik.org/content/article/2075679.html

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: