Rossiyadagi o‘zbeklar o‘z millatdoshlarini qutqarish uchun bong urmoqda – ozodlik.org


SOS, O’zbeklarni qutqaring! deya bong urmoqda Rossiyadagi o‘zbek muhojirlari.

13.06.2010

Umidbek

Rossiyaning turli shaharlari, xususan poytaxt Moskvada muhojir o‘zbeklarning stixiyali namoyishlari davom etmoqda. Ayni paytda, Rossiya huquq himoyachilari o‘tkazgan anjumanda qatnashgan o‘zbek jamoasi vakillari O’sh va Jaloloboddagi qirg‘inni to‘xtatishni so‘rab Rossiya va O’zbekiston hukumatiga murojaat qildilar.

13 iyun Moskva shahrining “Fuqaroviy ko‘mak” tashkiloti binosida Qirg‘izistondagi qonli to‘qnashuvlarga bag‘ishlangan matbuot konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda rossiyalik huquq himoyachilarining mashhur “Fuqaroviy ko‘mak” tashkiloti raisi Svetlana Gannushkina, “Memorial” huquq himoyasi markazi direktori Vitaliy Ponomarev, Moskvadagi o‘zbek diasporasi vakillari Mannop Abdulfayziev va Bohodir Qosimjonov, “Ala-Too” qirg‘izistonliklar jamoat tashkiloti vitse-prezidenti Risqadir Imanaliev, “Qirg‘iz birdamligi” jamoat tashkiloti raisi Abdig‘ani Shokirovlar va Markaziy Osiyodan siyosiy muhojirlar jamiyati rahbari Bahrom Hamroevlar ishtirok etdi.

Davrani ochgan Svetlana Gannushkina matbuot anjumani bosh maqsadlarini belgilab berdi:

– Biz Qirg‘iziston hukumati qo‘shni mamlakatlardan yordam so‘rayotganini bilamiz va shuning asosida kecha Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedevga telegramma jo‘natdik. Unda uch asosiy talab qo‘yilgan:

1. Mojaro mintaqasidan Rossiya fuqarolarining zudlik bilan evakuatsiya qilinishini tashkil etish,
2. Mojaro bo‘layotgan hududlarga tinchlik qo‘shinlarini kiritish qarorini qabul qilish uchun MDH mamlakatlari rahbarlarining favqulodda yig‘ilishini chaqirish,
3. O’zbeklar va qirg‘izlar o‘rtasida Rossiya hududida to‘qnashuvlarning oldini olish maqsadida o‘zbek va qirg‘iz jamoalari yordamida tushuntirish ishlarini tashkil etish, dedi“Fuqaroviy ko‘mak” tashkiloti raisi Svetlana Gannushkina

Undan so‘ng, so‘z olgan Vitaliy Ponomarev, ommaviy axborot vositalari orqali Qirg‘iziston voqealariga jahon hamjamiyati, xususan hukumat rahbarlari e’tiborini qaratish zarurligiga to‘xtaldi:

– Menimcha, muammo nafaqat O’sh, balki Qirg‘iziston tashqarisiga ham yoyildi. Hukumat tomonidan qilinayotgan ishlarning yetarli emasligini barchaga ayon bo‘ldi.O’ldirishga da’vatlar, hatto Rossiya hududida yangramoqda. Biz “jarayon izdan chiqdi” yoki “vaziyat nazorat ostida” degan umumiy gaplardan o‘tib konkret vaziyatning yoritilishini talab qilmoqdamiz. Talablarimiz quyidagicha: qurolsizlantirish, odamlar xavfsizligini ta’minlash, axborot berish, gumanitar yordam ko‘rsatish, evakuatsiya rejasini ishlab chiqish, dedi Vitaliy Ponomarev.

Anjumanda so‘zga chiqqan bir qator o‘zbek va qirg‘iz jamoasi vakillari umumiy tarzda bo‘layotgan voqealarni qoraladilar va Qirg‘iziston janubiga tinchlik qo‘shinlarini kiritishni talab qildilar:

– Bu fojeaning ildizlari 20 yil oldingi voqealarga borib taqaladi. 1990 yillarda edi, unda soyuz davri edi, Moskva qo‘shin jo‘natib fojia yoyilishi to‘xtatgan edi. Hozirgi kunda Qirg‘iziston mustaqil davlat va kuchi yetmayapti. Kuchi yetmagani uchun,  xalqaro politsiya kuchlarini olib kirish zarur, deb hisoblayman, dedi “Vatandosh” o‘zbek birodarligi tashkiloti prezidenti Usmon Baratov.

Anjuman davomida Bohodir Qosimjonov so‘zlayotgan bir paytda  konferentsiya xonasiga bir guruh odam kirib o‘z arzlari borligi va o‘z so‘zlariga hech kim quloq solmayotginini bildira ketdi.Ular o‘zlarining “Fuqaroviy ko‘mak” qo‘mitasi oldida yig‘ilgan 400 nafardan ortiqroq o‘zbeklar nomidan mazkur anjumanda ishtirok etishlarini bildirdilar. O’zbek jamoasi vakillarining Ozodlik mikrofoniga bildirgan arzlari budir:

– Rossiyadagi o‘zbeklar nomidan iltimos- yordam beringlar o‘zbek xalqiga! Yoshlarga, opa-ukalarga O’zbekistonga yo‘l ochib bersin, koridor ochib bersin. Qutqarib qolinglar, kichkina shaharda ozgina qoldik. O’zbegim, O’zbekiston-yordam beringlar!, deya iltijo qildi yig‘idan ovozini yo‘qotgan Huvaydo ismlik qiz.

– Men Ibragimova Minojat, shu Moskvadagi o‘zbeklar nomidan, onalar nomidan aytaman- bizning bola-chaqalarimiz xavf ostida. Qizlarimizni, ayollarimizni juda yomon ahvolga keltirib yuborishibdi, bizga eng birinchi o‘rinda koridor bersin, o‘zbek xalqi O’zbekistonga chiqib ketsin! dedi miting ishtirokchilaridan biri Ibragimova Minojat.

Ayni paytda Moskvaning turli joylarida- bozorlarda, hukumat binolari oldida, tashkilotlar yonida – o‘zbek muhojirlarining stixiyali mitinglari bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilarning talabi yagona: Qirg‘iziston janubida tinchlik o‘rnatilsin!

http://www.ozodlik.org/content/article/2070363.html

Advertisements

One Comment to “Rossiyadagi o‘zbeklar o‘z millatdoshlarini qutqarish uchun bong urmoqda – ozodlik.org”

  1. Nice blog! Is your theme custom made or did you
    download it from somewhere? A theme like yours with a few simple adjustements would really make my blog
    stand out. Please let me know where you got your theme. Thanks

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: