Farg‘onada “nurchilar”ga hukm o‘qildi – ozodlik.org


O’zbekiston sudi ilk bora “nurchilik”da ayblanganlar ustidan 2009 yil fevralida hukm o‘qigan edi.

31.05.2010

Basira

O’zbekistonda 2008 yilning ikkinchi yarmida boshlangan “nurchilar” ovi davom etmoqda. Toshkent, Buxoro, Xorazm va Surxondaryodan keyin Farg‘onada ham 10 yigit “nurchilik”da ayblanib 8 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.
31 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi “Nurchilar” oqimiga aloqador deb topilgan 10 nafar fuqaro ustidan hukm o‘qidi. Sud raisi Sherali Komilov boshchiligida o‘tgan mahkamada Farg‘ona shahri va viloyatining turli tumanlaridan bo‘lgan fuqarolar O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244 moddasi birinchi va ikkinchi bandlari bo‘yicha aybdor deb topildi, deydi farg‘onalik huquq faoli Abdusalom Ergashev.

Abdusalom Ergashev: Qamoqqa olishganiga uch-to‘rt oy bo‘lib qolgan edi. Tergov tugab ish sudga o‘tkazilganiga ham 15-20 kun bo‘lgan edi. Hozir ma’lumot oldim. Bugun hukm o‘qilibdi.

Ozodlik: Necha kishiga hukm o‘qilgan?

– 10 kishiga. Eng ko‘pi 8 yil ekan. Zokirov Sahob 8 yil, Aliqulov Islom 7 yil, Karimov Alisher 6 yil, Mannopov Islom 6 yil, Sheraliev Botir 6 yil, Isoqov Farhod 6 yil, Sultonov Qudrat 6 yil, Mamajonov Nosir 5 yilu 2 oy, Yormatov Muhammad 5 yilu 2 oy, Abduqodirov Ramzjon 5 yilu 2 oy. 244-moddaning birinchi va ikkinchi qismi, deydi Abdusalom Ergashev.

244-moddaning birinchi qismi jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid qoladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish, ikkinchi qismi esa, diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etishni nazarda tutadi.

O’zbekistonda 2008 yilning ikkinchi yarmidan boshlab “Nurchilar” oqimi va unga aloqadorlarni ov qilish jarayoni bormoqda. Avvaliga Toshkent, so‘ngra Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va endilikda Farg‘ona, asosan turk litseylari bitiruvchilari bo‘lgan yoshlar qamoqqa olinib, ular bir necha yillik qamoq jazosiga tortilmoqda.

O’zbekistonda 2000 yilga qadar erkin sotuvda bo‘lgan, turk litseylarida rasmiy dasturga kiritilgan Said Nursiyning “Risolai nur” kitobining topilishi, aksar sudlanuvchilarga qo‘yilayotgan umumiy ayblovdir.

http://www.ozodlik.org/content/article/2057817.html

Advertisements

4 Comments to “Farg‘onada “nurchilar”ga hukm o‘qildi – ozodlik.org”

  1. shuncha temizlik qildim dp krutoyli qilib butun halqqi iwontiriwga ovora bo’mela, bowilada kim bo’sayam, bu begunoh bolalani uvoliga qolasla, hudo bowqasini qarg’atmasin, lekin bowlig’ilani ko’rsam hich bo’masa yuziga tupuriwga jasoratim yetsin

  2. cok sacmalik olmus, ozbekistan icin uzuluyorum, Allah ordaki iyi insanlar hatrina aydin gunlar nasib etsin, ne diye din erkinligi diyorlar anlamiyom, ofisdan seccade bulsalar 500 $ ceza, nerde hakikat?!

  3. O’zimiznikidan bo’la turib zulm bilan ovora bo’ladigan bandalariga Alloh o’zi insof bersin, hidoyat qilsin.

    Qamoq shu yigitlar uchun madrasai yusufiya bo’ladi, shu bollar inshalloh O’zbekistonga va butun ahli islomga xizmat qiladi.

  4. Nurchilar bu oqimdir er yuzining hamma mammlakatlarda bor bularga materialniy yordam beryapgan mamlakatlar bor bular AQSH Evreylardir nurchularning boshchisi Fetgullah Gulendir .U Turkiyadan quvilgan yaqinda maskasi echildi Youtube.com da kurishga buladi Bu mazhab tanimaydigan nurchilarni Uzbekistonga yaqinlashtirmaslik kereak juda havfli oqim

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: