Archive for May, 2010

31/05/2010

Isroilning tajovuzkorligiga munosabat: AQSh ta’ziya izhor qilish bilan cheklandi, Rossiya qoraladi, BMT majlis qilmoqchi – harakat.net

31 May 2010

18:52 – Isroilning tajovuzkorligiga munosabat: AQSh ta’ziya izhor qilish bilan cheklandi, Rossiya qoraladi, BMT majlis qilmoqchi

G’azoga insoniy yordam olib ketayotgan “Ozodlik flotiliyasi” kemalariga qarshi Isroilning hujumi natijasida 20 nafarga yaqin odamning halok bo‘lishi bo‘yicha superdavlatlar ham munosababt bildirishga boshlashdi.

read more »

Advertisements
31/05/2010

Isroilning insoniy yordam kemalariga hujumi natijasida 19 kishi halok bo‘ldi – harakat.net

31 May 2010

14:46 – Isroilning insoniy yordam kemalariga hujumi natijasida 19 kishi halok bo‘ldi

Bugun ertalab dunyoning axborot vositalari arablarning «Al-Jazira» telekanaliga asoslanib, Isroil harbiylari Filistinning G’azo hududiga insoniy yordam olib ketayotgan “Ozodlik flotiliyasi” tarkibidagi 6 kemaga hujum uyushtirgani, natijada 16 kishi halok bo‘lgani, 30 kishi yarador bo‘lganini bildirdilar. Keyinchalik Isroil bu hujumda 10 kishi halok bo‘lganini, bunday voqea yuz berganidan afsuslanganini bildirdi.

read more »

31/05/2010

Hamas hukumatining yetakchisi İsmail Haniye İsroildan norozi… – TRT World O’zbekcha

Hamas hukumatining yetakchisi İsmail Haniye B.M.T bosh kotibi Ban Ki Moonni bu kemalarda o’rin olgan yordamsevarlarni himoya qilishga chaqirdi.

G’azodagi Hamas hukumatining yetakchisi İsmail Haniye, İsroil kuchlarining G’azoga yordam olib ketayotgan kemalarga qarshi hujum qilganligini qat’iy qoraladi.

read more »

31/05/2010

Turkiya hukumati İsroilni jiddiy ogohlantirdi – TRT World O’zbekcha

Tashqi ishlar vazirligi:”-İsroil xalqaro huquq qoidalarini buzgan holda sodir qilgan bu hujumining jazosini tortishi kerak”.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi İsroilning yordam karvoniga qilgan hujumini qat’iy qoraladi.

read more »

31/05/2010

İsroil askarlari yordam karvoniga hujum qildi – TRT World O’zbekcha

İsroil askarlari G’azoga insonparvarlik yordamlarini olib ketayotgan kemalarga qarshilik ko’rsatish maqsadida o’q uzdi, natijada 2 kishi hayotdan ko’z yumdi.

İsroil askarlari G’azoga insonparvarlik yordamlarini olib ketayotgan kemalarga qarshilik ko’rsatish maqsadida o’q uzdi.

read more »

31/05/2010

Erk flotiliyasi qonga bulg‘andi – info.islom.uz

Avvalroq G’azo tomonga yo‘l olgan Erk flotiliyasi haqida habar bergan edik… Ta’ssufki, Falastinlik musulmonlarga insonparvarlik yordami qo‘lini cho‘zgan deyarli 600 kishining harakati fojia bilan tugallandi…

read more »

31/05/2010

Isroilning yordam kemasiga qarshi amaliyoti qoralanmoqda – bbc uzbek

Kema bortidagi faollar asosan turklar bo‘lgan

BMT Bosh Kotibi Pan Gi Mun Isroilning G’azoga yordam yetkazayotgan kemalar karvonini zabt etish hodisasi yuzasidan tekshiruv o‘tkazishga chaqirgan.

Hujumda kamida 10 kishi halok bo‘lgan.

Avvalroq Ovro‘po Ittifoqining Tashqi aloqalar bo‘yicha mas’uli Ketrin Eshton hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazish talabi bilan chiqqan edi.

read more »

31/05/2010

Isroil-Turkiya aloqalari tahdid ostida qoldi – ozodlik.org

Turkiya televideniesi Isroil harbiylarining turk kemalarini ishg‘ol qilishi aks etgan tasvirlarni namoyish qildi.

31.05.2010

Uch yildan beri Isroil qamalida qolayotgan G’azo mintaqasiga insonparvarlik yordami olib ketayotgan oltita kema Isroil harbiylari hujumiga uchradi va otishma chog‘ida 10 dan ortiq turkiyalik nobud bo‘ldi.
Keyingi xabarlarga ko‘ra, mazkur voqeaga norozilik tariqasida turkiya Isroildagi o‘z elchisini chaqirtirib olgan va BMT Xavfsizlik kengashidan Isroil harakatini muhokama qilish uchun favqulodda majlis chaqirishni talab qilgan.

read more »

31/05/2010

Isroil gumanitar yuk ortilgan kemalarga hujum qilgan – voa uzbek

Kemalar qamaldagi G’azoga yuk olib ketayotgan bo’lgan. Hujum natijasida 15 kishi o’lgan.

Amerika Ovozi 31 may, 2010

Rasmiy Anqara voqea bo’yicha norozilik bildirib, Isroildagi elchisini chaqirib olgan hamda BMT Xavfsizlik Kengashidan favqulodda majlis o’tkazishni so’ragan.

Bugun Isroil maxsus kuchlari sohildan 60 kilometr narida G’azoga gumanitar yordam olib ketayotgan kemalarga hujum qilib, Falastinga xayrixoh 15 faolni o’ldirgan. Bir necha kishi jarohat olgan.

read more »

30/05/2010

G’azoga gumanitar karvon yaqinlashmoqda, Isroil kemalarni kiritmoqchimas – voa uzbek

28 may, 2010

G’azoda hukmron Xamas gumanitar karvon kelishiga tayyorgarlik ko’rmoqda

“Bu arzon siyosiy tomosha”, – deydi Isroil rasmiylari.

Isroil armiyasi 10 yillik taqiqdan so’ng Iordan daryosining g’arbiy sohilida katta avtomobil yo’lini ochib, falastinliklar qatnoviga ruxsat bergan. Trassa Quddus va Tel-Avivni bog’laydi. 2002 yilda Isroil mashinalariga hujumdan so’ng Falastin ahli undan foydalanish huquqidan mahrum bo’lgan edi.

Bu orada gumanitar yuk ortilgan bir necha kema G’azoga yaqinlashmoqda, biroq Isroil ularni sektorga kiritmoqchi emas.

read more »