Archive for April, 2010

30/04/2010

ERKCHILARGA MUROJAAT

(ERK partiyasi tuzilishining 20 yilligi munosabati bilan)

Aziz do‘stlarim, aziz safdoshlarim, sizlarni “aziz” der ekan, buni shunchaki muomala odobi yuzasidan emas, shunchaki nazokat uchun emas, balki chindan xam aziz bo‘lganingiz uchun shunday murojaat etmoqdaman. Men uchun azizsiz, mu’tabarsiz, chunki sizlar og‘ir bir sinovdan o‘tdingiz, ammo egilmadingiz, bukilmadingiz va yana usha qutlug‘ g‘oya ma’badida, Xoliqqa qullik va xalqqa xizmat ma’badida uchrashib turibmiz.

read more »

Advertisements
30/04/2010

O’zbekistonda Erk tug‘ilganiga 20 yil to‘ldi – ozodlik.org

Muhammad Solih atrofida birlashgan erkchilar O’zbekiston uchun mutlaq siyosiy mustaqillik talab qilishni boshladi.

29.04.2010

Abdulla Iskandar

Bundan 20 yil oldin 1990 yilning 30 aprelida O’zbekiston tarixida ilk muxolif siyosiy partiya tuzildi. Toshkent markazidagi “Bilimlar uyi”da O’zbekiston Erk demokratik partiyasining ta’sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi.
20 yil oldin bu qurultoyga kelgan delegatlarda kelajakka ishonchning ko‘tarinki ruhi bor edi, deb eslaydi Erk tashkilotchilaridan biri, matematik olim Hamidilla Nurmuhammedov.

– Bayram bo‘lgan. Nima bo‘lardi. Hamma bayramga kelgan, deydi Hamidulla Nurmuhammedov.

read more »

30/04/2010

Turkiyaning Bolqonlarda ortgan aholisi ba’zi Yevropa İttifoqi davlatlarini bezovta qilmoqda – TRT World O’zbekcha

Italiya tashqi ishlar vaziri Franco Frattini, Turkiyaning Bolqonlarda juda faol siyosat yurita boshlaganligini va hatto Yevropa İttifoqiga raqib darajasiga yetib kelganligini bildirdi.

Turkiyaning Bolqonlarda ortgan aholisi, ba’zi Yevropa İttifoqi davlatlarini bezovta qila boshladi.

read more »

29/04/2010

TURKIYLAR – Shavkat Rahmon

TURKIYLAR

Qilichin tashladi beklar nihoyat,

bosildi tulporlar,

tig‘lar suroni,

urhoga o‘rgangan tillarda oyat,

turkiylar tanidi komil xudoni.

read more »

28/04/2010

Gongkongda Turk kinofilim festivali uyushtiriladi – TRT World O’zbekcha

Turk kinofilimlari Gongkongda tomoshabinlarga taqdim etiladi.

13-17- May kunlari orasida, “Gongkong Turk kinofilim festivali” da 10 film namoyish etiladi.

read more »

28/04/2010

“COSCOM” yana muammoga uchradi – ozodlik.org

27.04.2010

Farrux Yusufiy

O’z faoliyatini AQSh-O’zbekiston qo‘shma korxonasi sifatida 1996 yilda boshlagan va bugungi kunda mamlakatdagi eng yirik hisoblanadigan “COSCOM” uyali aloqa shirkati ustida yana qora bulutlar suza boshladi.

“Sizga bir narsani ayta olaman, nou komments (izoh yo‘q)”.

O’zbekistondagi COSCOM shirkati vakili O’zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining mazkur kompaniyani mamlakatning mobil aloqasiga oid qonun-qoidalarini buzganlikda ayblab, mavjud kamchiliklarni barataraf qilishdan ogohlantirganiga oid savolimizga shunday javob berdi.

read more »

27/04/2010

Kecha Chanakkale g’alabasiga 95 yil to’ldi – TRT World O’zbekcha

Bundan 95 yil muqaddam sodir bo’lgan Chanakkale jangida halok bo’lgan urush qatnashchilari Gelibolu yarim orolida uyushtirilgan hotira marosimi bilan yodga olindi.

Kecha tarix sahifalariga oltin harflar bilan yozilgan Chanakkale g’alabasiga 95 yil to’ldi.

Bundan 95 yil muqaddam sodir bo’lgan bu ulkan jang paytida qon bilan yozilgan tarixiy doston qahramonlari Gelibolu yarim orolida uyushtirilgan hotira marosimi bilan yodga olindi.

read more »

27/04/2010

Turk doktorlar Yaman xalqiga bepul xizmat bermoqda – TRT World O’zbekcha

Ko’ngilli ravishda Yamanga jo’nab ketgan 26 nafar turk doktor mintaqa xalqining ko’nglidan joy oldi.

Turk doktorlar dunyoda muhtoj bo’lgan davlatlarga bepul xizmat berib kelmoqda.

read more »

26/04/2010

Armaniston apostol cherkovi rahbari Ozarbayjonga safar qilmoqda – bbc uzbek

26 aprel 2010

Katalikos Garegin II Ozarbayjonga safar qilayotgan ilk yuqori mulozimdir

Arman apostol cherkovi rahbari xalqaro diniy anjumanda ishtirok etish uchun Sho‘rolar Ittifoqi parchalanganidan beri ilk bor Ozarbayjonga bormoqda.

read more »

26/04/2010

Zeromaks neft va gazdan ayrildi – UzGazOil yopildi – ozodlik.org

UzGazOil yillardan beri O’zbekistondagi boshqa shahobchalarni sindirib kelayotgan edi.

26.04.2010

Farrux Yusufiy

O’zbekiston iqtisodining aksar sohalarini o‘z nazoratiga olgan Zeromaks shirkatining asosiy qismi bo‘lgan neft va gaz bo‘limining hukumat tasarrufiga o‘tkazilgani oqibatida mamlakat bo‘ylab UzGazOil benzin quyish shahobchalari yopildi.

read more »