Turkiya hukumati: ‘Nonni isrof qilmang!’ – bbc uzbek


Jonatan Xed

Bi-bi-si, Istanbul

Turklar yerga tushgan nonni olib, o‘pishadi va peshonalariga surtadilar…

Turkiya hukumati nonni isrof qilishga qarshi targ‘ibot kampaniyasini boshlagan. Turkiya un mahsulotlari iste’mol qilish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.

Turkiyada har kuni 123 million dona non sotiladi, ya’ni kishi boshiga qariyb ikkitadan non to‘g‘ri keladi. Hukumatga ko‘ra, bu nonlardan olti milliontasi yemasdan, tashlab yuboriladi.

“Non muqaddas. U hayotimizdagi eng aziz narsalardan biri. Nonni isrof qilmang!” Turkiya hukumati boshlagan yangi kampaniya ana shu shiorlar bilan boshlanadi.

Hukumat veb sahifasidagi filmda turklarning nonni e’zozlash an’anasi esga solinadi. O’tmishda turklar yerga tushgan nonni olib, o‘pishgan va so‘ngra peshonalariga surtib, balandroq joyga olib qo‘yganlar.

Targ‘ibotdan maqsad – odamlarning nonga munosabatlarini o‘zgartirish. Turkiyada ovqatni nonsiz iste’mol qilishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu yerda har bir muyulishda bitta novvoyxonani ko‘rasiz. Rastalar bir kunda bir necha marta yangi yopilgan, issiq nonlar bilan to‘ladi.

Taomxonalarga kirib o‘tirishingiz bilan savatchada to‘la non keltiriladi va hali yarmini yeb bo‘lmasingizdan turib, yangilanadi. Natijada har kuni olti million non tashlab yuboriladi, ulardan ikki millioni Istanbulga to‘g‘ri keladi.

Istanbul shahar hokimligining aytishicha, isrof qilinayotgan bu nonlarning puliga har yili 700 ta yangi avtobus sotib olish yoki 25 ta yangi shifoxona qurish mumkin. Ammo, non Turkiyada arzon.

Davlatning o‘z novvoyxonalari bor va ularda 1 dollarga to‘rtta non sotib olish mumkin. Ba’zi iqtisodchilar faqat narxni ko‘tarish yo‘li bilangina isrofgarchilikka chek qo‘yish mumkinligini aytishadi.

Ammo kambag‘alroq aholi orasida kuchli dastakka ega bo‘lgan joriy hukumat bu kabi qadamga bormaydi.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/world/2010/03/100331_cy_turkey_bread.shtml

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: