Archive for March, 2010

31/03/2010

Turkiya hukumati: ‘Nonni isrof qilmang!’ – bbc uzbek

Jonatan Xed

Bi-bi-si, Istanbul

Turklar yerga tushgan nonni olib, o‘pishadi va peshonalariga surtadilar…

Turkiya hukumati nonni isrof qilishga qarshi targ‘ibot kampaniyasini boshlagan. Turkiya un mahsulotlari iste’mol qilish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.

read more »

Advertisements
31/03/2010

Prezident Abdulloh Gul do’st va birodar o’lka Pakistonda… – TRT World O’zbekcha

Prezident Gulning Pokiston safari doirasida rasmiy uchrashuvlari davom etmoqda.

Prezident Abdulloh Gul do’st va birodar o’lka Pakistonda… Prezident Gulning Pokiston safari doirasida rasmiy uchrashuvlari davom etmoqda. Prezident Abdulloh Gul, ikkinchi kun uchrashuvlari doirasida dastlab, Pokiston Milliy Majlis Rahbari Dr.Famida Mirzo va Pokiston Senati Rahbari Faruk Naekini alohida alohida qabul qilib, bir muddat uchrashdi.

read more »

31/03/2010

Qardosh xalqning atoqli shoiri – O’zA

O‘zA, Bahor Xidirova, 31.03.2010 17:06

O‘zbekiston Fanlar akademiyasida atoqli turkman shoiri Mullanafas Qodirberdi o‘g‘li tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Turkmanistonning mamlakatimizdagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat, jamoat tashkilotlari, diplomatik korpus vakillari, olimlar, yosh tadqiqotchilar hamda turkmanistonlik olim va mutaxassislar ishtirok etdi.

read more »

30/03/2010

Turkiya Eronga qarshi sanktsiyalarni quvvatlamoqchi emas – ozodlik.org

Turkiya Eronga qarshi iqtisodiy sanktsiyalarning kuchaytirilishini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Bu haqda bosh vazir Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Germaniya kantsleri Angela Markel bilan Anqarada o‘tkazgan so‘zlashuvlari davomida bayonot berdi.

Erdo‘g‘onga ko‘ra, sanktsiyalar “sog‘lom yo‘l emas” muammoni diplomatik usullar bilan hal qilish lozim.

read more »

30/03/2010

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari Moskvada yuz bergan terror hurujlarini tanqid ostiga oldi – info.islom.uz

Sobiq ittifoq hududidagi eng nufuzli olimlardan fazilatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari Moskva metropolitenida yuz yuz bergan terror hurujlarini tanqid ostiga oldi.

“Har qanday terakt, diniy va irqiy tegishlilikdan qa’tiy nazar, tinch aholiga qarshi qaratilgandir. Bizning dinimiz esa har qanday terror huruji va tinch aholi qatliomiga qarshi. Hattoki jang asnosida ham Islom qariyalar, ayollar, bolalar va tinch aholini o‘ldirishni ta’qiqlaydi” – dedi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari o‘zining IslamNews agenligiga bergan intervyusida.  

read more »

30/03/2010

Prezident Abdullah Gul, to’rt kunlik bir safar uchun bugun Pokistonga jo’nab ketadi – TRT World O’zbekcha

Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardorining taklifa binoan uyushtiriladigan ushbu ziyoratda, Prezident Gulga vazirlar, deputatlar va yuqori darajali byrukratlar bilan bir qatorda muhandislik, inshoot, energiya, takstil va ishlab chiqarish sektorida faoliyat olib borayotgan yirik Turk shirkatlarining boshqaruvchilaridan tashkil topgan bir hayat ham hamrohlik qiladi.

Prezident Abdullah Gul, to’rt kunlik bir safar uchun bugun Pokistonga jo’nab ketadi.

read more »

30/03/2010

Germaniyada Usmoniy asarlari ko’rgazmasi ochildi – TRT World O’zbekcha

Dunyoning nodir kolleksiyalaridan biri sifatida qabul qilingan ko’rgazmaning ochilishi kecha Turkiya va Germaniya tashqi ishlar vazirlari ishtirokida bo’lib o’tdi.

Usmoniy madaniyatining boy me’rosini aks ettirgan asarlar kecha Germaniyada tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

Dresden harbiy asarlar muzeyining omborlarida kutib turgan yuzlarcha Usmoniy asarlari yangilanib ko’rgazmaga qo’yildi.

read more »

30/03/2010

Germaniya Bosh Vaziri Angela Merkel, Kecha Anqarada uchrashuvlar o’tkazdi. – TRT World O’zbekcha

Dastlabda Anitqabrni ziyorat etgan Merkelni, Bosh Vazirlikda Bosh Vazir Rejep Tayyip Erdo’g’an rasmi marosim bilan kutib oldi. İkki Bosh Vazir, o’zaro uchrashuvlarning ortidan mushtarak matbuot anjuman uyushtirdi.

Dastlabda Anitqabrni ziyorat etgan Merkelni, Bosh Vazirlikda Bosh Vazir Rejep Tayyip Erdo’g’an rasmi marosim bilan kutib oldi. İkki Bosh Vazir, o’zaro uchrashuvlarning ortidan mushtarak matbuot anjuman uyushtirdi.

Bosh Vazir Erdo’g’an so’zlagan nutqida Turkiyada Nems tilida ta’lim berayotgan Litseylar mavjudligini aytib, Mekel ham qigan izohida, o’xshash statusda qadamlar Germaniyada tashlanishi mumkinligini aytishidan juda ham mamnun ekanligini qayd etdi.

read more »

30/03/2010

Merkelning Turkiyaga safari tarang aloqalar manzarasida kechmoqda – bbc uzbek

Merkel xonim Erdo‘g‘onning Olmoniyada turk maktablarini ochish qarorini rad etgan

Olmoniya Kantsleri Angela Merkel rasmiy safar bilan Turkiyaga kelgan, ammo uning tashrifi Anqaraning Ovro‘po Ittifoqiga qo‘shilish rejasi atrofidagi mojaro soyasida qolmoqda.

Merkel xonim Turkiyaning Ovro‘po Ittifoqiga to‘la qo‘shilishiga qarshi.

read more »

30/03/2010

Turkiya elchisi Shvetsiyaga qaytdi – ozodlik.org

Turkiyadagi axborot agentliklari ikki hafta oldin Anqaraga chaqirtirib olingan Turkiya elchisining Shvetsiyaga qaytganini bildirdi.
Turkiya elchisining mamlakatga chaqirtirib olinishiga Shvetsiya parlamentining birinchi jahon uchushi davrida armanlarning Usmonli turklar tomonidan o‘ldirilganini “genotsid” deb tan olgani sabab bo‘ldi.

Shvetsiya hukumati parlament qabul qilgan qaror uchun Anqara rasmiylaridan uzr so‘ragan.

Turkiya armanlar atayin qirg‘in qilinganini qat’iyan rad qilib kelmoqda.

http://www.ozodlik.org/archive/uz-news/20100330/402/402.html?id=1997889