Turk tilini o’rganamiz. (Türk dilini öğreniyoruz.)


439be620-5e06-460e-a18f-3f6bedfd6c70-444x333

Shu yerda  “trt-world uzbek” bo’limida joylashgan ma’lumotdan bahramand bo’lamiz inshalloh.

Shunday foydali ishga qo’l urgan TRT xodimlariga kattakon rahmat.

(Afsuski faqatgina 8-9-10-11-30-42-43-44 ve 45- qismlarni topoldim.)

Turk tilini o’rganamiz 8-qism

Turk tilida “Nima?” so’rog’ining qayerda va qanday ishlatilishi…

Posted 12.08.2009 12:51:03 UTC

Updated 12.08.2009 12:51:03 UTC

Avvalgi dasturimizda turk tilida hafta kunlari, oy nomlari va mavsumlarni o’rgangan edingiz. Bugungi dasturimizda esa, “nima?” so’rog’ining qayerda va qanday ishlatilishini savol javob shaklida namunalar bilan birgalikda o’rganamiz. Siz ham berilgan savollarga javob topishga harakat qiling.

-Dün ne yaptınız? -Kecha nima qildingiz?

-Dün pikniğe gittim. -Kecha piknikka bordim.

-Yarın ne yapacaksınız? -Ertaga nima qilmoqchisiz?

-Evde dinleneceğim. -Uyda dam olaman.

-Ne okudunuz? -Nima o’qidingiz?

-Gazete okudum. -Gazeta o’qidim.

-Ne aldınız? -Nima oldingiz?

-Gömlek aldım. -Ko’ylak oldim.

-Neleri seversiniz? -Nimalarni yoqtirasiz?

-Sütü, çayı, kahveyi severim. -Sutni, choyni, qahvani yoqtiraman.

-Sizin adınız ne? -Sizning ismingiz nima?

-Benim adım Ahmet. -Mening ismim Ahmet

Mana savol jumlalarini ham tingladingiz. Bu misollar, farqli kalimalar bilan, farqli savol va javob jumlalari tuzishingizga yordam beradi. Jumlalarni yana bir marta tinglang va takrorlang.

-Dün ne yaptınız? -Kecha nima qildingiz?

-Dün pikniğe gittim. -Kecha piknikka bordim.

-Yarın ne yapacaksınız? -Ertaga nima qilmoqchisiz?

-Evde dinleneceğim. -Uyda dam olaman.

-Ne okudunuz? -Nima o’qidingiz?

-Gazete okudum. -Gazeta o’qidim.

-Ne aldınız? -Nima oldingiz?

-Gömlek aldım. -Ko’ylak oldim.

-Neleri seversiniz? -Nimalarni yoqtirasiz?

-Sütü, çayı, kahveyi severim. -Sutni, choyni, qahvani yoqtiraman.

-Sizin adınız ne? -Sizning ismingiz nima?

-Benim adım Ahmet. -Mening ismim Ahmet

Kelgusi dasturda necha? savolining qanday ishlatilishini o’rganamiz.

Turk tilini o’rganamiz 9-qism

Turk tilida necha? so’rog’ining qanday ishlatilishi…

Posted 12.08.2009 13:08:53 UTC

Updated 12.08.2009 13:08:53 UTC

Avvalgi dasturimizda, turk tilida nima? so’rog’ining qayerda va qanday ishlatilishini o’rgangan edingiz.

Bugungi dasturimizda esa, turk tilida necha? so’rog’ini va jumla tarkibida qanday ishlatilishini namunalar bilan birga o’rganishga harakat qilamiz.

Necha so’rog’i bilan turli gap tuzishingiz uchun berilgan misollarni diqqat bilan tinglab takrorlashga harakat qiling. Endi esa, savol va javob shaklidagi jumlalarni tinglang va takrorlang.

Bir hafta kaç gündür? Bir hafta necha kundir?

Bir hafta yedi gündür. Bir hafta 7 kundir.

Bir ay kaç gündür? Bir oy necha kundir ?

Bir ay otuz gündür. Bir oy 30 kundir.

Bir ay kaç haftadır? Bir oy necha haftadir?

Bir ay dört haftadır. Bir oy 4 haftadir.

Bir yıl kaç aydır? Bir yil necha oydir?

Bir yıl on iki aydır. Bir yil 12 oydir.

Bir yılda kaç mevsim var? Bir yilda necha mavsum bor?

Bir yılda dört mevsim var. Bir yilda 4 mavsum bor.

“Necha?” so’rog’ining turk tilida qanday va qayerda ishlatilishini oddiy jumlalar shaklida tingladingiz.

Endi esa qalam va qog’ozingizni tayyorlang va berilgan misollarni takror tinglagandan keyin yangi jumlalar tuzishga harakat qiling. Bir hafta kaç gündür? Bir hafta necha kundir?

Bir hafta yedi gündür? Bir hafta 7 kundir.

Bir ay kaç gündür? Bir oy necha kundir ?

Bir ay otuz gündür. Bir oy 30 kundir.

Bir ay kaç haftadır? Bir oy necha haftadir?

Bir ay dört haftadır. Bir oy 4 haftadir.

Bir yıl kaç aydır? Bir yil necha oydir?

Bir yıl on iki aydır. Bir yil 12 oydir.

Bir yılda kaç mevsim var? Bir yilda necha mavsum bor?

Bir yılda dört mevsim var. Bir yilda 4 mavsum bor.

Kelgusi haftalarda turk tilida zamon turlarini ya’ni hozirgi zamon, o’tgan zamon, kelasi zamonni o’rganishga harakat qilamiz.

Turk tilini o’rganamiz 10-qism

Turk tilida necha? so’rog’ining qayerda va qanday ishlatilishi…

Posted 12.08.2009 13:22:00 UTC

Updated 12.08.2009 13:22:00 UTC

Avvalgi dasturimizda, turk tilida necha? so’rog’ining qayerda va qanday ishlatilganligini birgalikda o’rgangan edik.

Bugungi darsimizda esa, hozirgi zamon maylining turk tilida qanday va qaysi qo’shimchani qo’shgan holda ishlatilishini o’rganishga harakat qilamiz.

Turk tilida, fe’lning hozirgi zamon turlanishi “yor” qo’shimchasining fe’lga qo’shilishi bilan amalga oshadi va bir ishning bajarilayotganligini ifoda etadi.

Bu yerda ahamiyat berilishi kerak bo’lgan husus shuki, agar fe’lning ohiri undosh harf bilan tugagan bo’lsa, “yor” qo’shimchasidan oldin u, ü, ı, i inli hafrlaridan biri qo’shiladi.

Endi esa, fe’llarning hozirgi zamon turlanishi qanday amalga oshganligini misollar bilan o’rganamiz.

Geliyorum Kelyabman

Geliyorsun Kelyabsan

Geliyor Kelmoqda

Geliyoruz Kelyabmiz

Geliyorsunuz Kelyabsizlar

Geliyorlar Kelmoqdalar Yoki

Okuyorum O’qiyabman

Okuyorsun O’qiyabsan

Okuyor O’qimoqda

Okuyoruz O’qiyabmiz.

Okuyorsunuz O’qiyabsiz

Okuyorlar O’qimoqdalar.

Hozirgi zamon fe’lining turk tilida qanday turlanganligini misollar yordamida o’rgandingiz.

Endi esa, qalam va daftaringizni tayyorlang. Berilgan misollarni takror tinglagandan keyin yangi misollar tuzishga harakat qiling. Geliyorum Kelyabman

Geliyorsun Kelyabsan

Geliyor Kelmoqda

Geliyoruz Kelyabmiz

Geliyorsunuz Kelyabsizlar

Geliyorlar Kelmoqdalar

Yoki

Okuyorum O’qiyabman

Okuyorsun O’qiyabsan

Okuyor O’qiyabdi

Okuyoruz O’qiyabmiz.

Okuyorsunuz O’qiyabsiz

Okuyorlar O’qimoqdalar.

Kelgusi hafta turk tilida o’tgan zamon maylining qanday tuzilishini birgalikda o’rganishga harakat qilamiz.

Turk tilini o’rganamiz 11-qism

Turk tilida aniq o’tgan zamonning qayerda va qanday ishlatilishi…

Posted 12.08.2009 13:31:52 UTC

Updated 12.08.2009 13:31:52 UTC

O’tgan haftadagi darsimizda, hozirgi zamon maylining turk tilida qanday ishlatilganligini o’rgandik.

Bugungi darsimizda esa, ma’lum yoki aniq o’tgan zamonning qayerda va qanday ishlatilganligini misollar bilan o’rganishga harakat qilamiz.

O’tgan zamon, bir ishning o’tmishda bajarilganligini ifoda etadi va 2 ga bo’linadi. Aniq va ma’lum bo’lgan o’tgan zamon va noaniq yoki noma’lum o’tgan zamon.

Biz bugun, aniq o’tgan zamonni o’rganishga harakat qilamiz. Aniq o’tgan zamon, sodir bo’lgan voqeaga muallifning shahsan guvoh bo’lganligini anglatadi.

Turk tilida, fe’lning aniq o’tgan zamon turlanishi, dı, di, du, dü, tı, ti, tu, tü shaklida turlangan “di” qo’shimchasining fe’l o’zagiga qo’shilishi bilan amalga oshadi.

Kelgusi darsimizda, di qo’shimchasining qanday qilib ti qo’shimchasiga aylanganligi haqida ma’lumot beramiz.

Endi esa, fe’llarning ma’lum o’tgan zamon turlanishining qanday bajarilganligini misollar yordamida o’rganing…

– Geldim – Keldim

– Geldin – Kelding

– Geldi – Keldi

– Geldik – Keldik

– Geldiniz – Keldingiz

– Geldiler – Keldilar

Yoki

– Okudum – O’qidim

– Okudun – O’qiding

– Okudu – O’qidi

– Okuduk – O’qidik

– Okudunuz – O’qidingiz

– Okudular – O’qidilar

Ma’lum o’tgan zamon turlanishining turk tilida qanday bajarilganligini misollar yordamida o’rgandik. Hohlagan fe’l o’zagini huddi shu shaklda ma’lum o’tgan zamon qo’shimchalari bilan turlantirishingiz mumkin.

Endi esa, qalam va daftaringizni tayyorlang va berilgan misollarni takror tinglagandan keyin, mustaqil ravishda misollar tuzishga harakat qiling.

– Geldim – Keldim

– Geldin – Kelding

– Geldi – Keldi

– Geldik – Keldik

– Geldiniz – Keldingiz

– Geldiler – Keldilar

Yoki

– Okudum – O’qidim

– Okudun – O’qiding

– Okudu – O’qidi

– Okuduk – O’qidik

– Okudunuz – O’qidingiz

– Okudular – O’qidilar

Kelgusi hafta turk tilida ma’lum o’tgan zamon maylining tuzilish shaklini o’rganishga harakat qilamiz.

Turk tilini o’rganamiz 30-qism

Turkiyada nishonlangan milliy, diniy va mavsumga oid bayramlar…

Posted 03.08.2009 14:10:59 UTC

Updated 03.08.2009 14:10:59 UTC

Aziz turk tili shaydolari! Turk tilini o’rganamiz dasturining yangi bo’limida yana uchrashib turibmiz. Avvalgi dasturimizda, ta’lim-tarbiya bilan bog’liq qisqartirilgan turkcha iboralar va ba’zi qisqartirilgan so’zlarning izohini va ayni paytda kalimalarning qanday qisqartirilishini misollar yordamida o’rganishga harakat qilgan edik.

Bugungi dasturimizda esa, qisqa va oddiy jumlalar bilan Turkiyada nishonlangan milliy, diniy va mavsumga oid bayramlar haqida ma’lumot berishga va bular bilan bog’liq gap tuzishga harakat qilamiz.

Turkiyada, bayramlar milliy, diniy va mavsum bayramlari sifatida 3 ga bo’linadi. Shahar va qishloqlarda katta tantana bilan qutlangan 30 avgust g’alaba bayrami, jumhuriyat bayrami, ozodlik bayrami kabi milliy bayramlarda chodirlar tikiladi, kurashlar, musobaqalar uyushtiriladi.

Diniy bayramlarning kunlari oy kalendariga ko’ra hisoblanganligi uchun, hozirda ishlatilgan kalendarda har yili o’zgaradi.. Har yili 10 kundan orqaga siljiganligi uchun, ramazon va qurbon bayramlari farqli mavsumlarga to’g’ri keladi. Mavsumga oid bayramlarning nishonlanish payti, tabiat, iqlim va ekologiya shartlariga ham bog’liq.

Aziz muhlislar! Endi esa Turkiyada nishonlangan bayramlar haqida tuzilgan gaplarni tarjimasi bilan birga tinglang va takrorlashga harakat qiling.

Türkiye’de hangi bayramlar var? Turkiyada qanday bayramlar mavjud?

Türkiye’de milli, dini ve mevsimlik olarak üç farklı bayram var. Turkiyada milliy, diniy va mavsumga bog’liq 3 farqli bayram mavjud.

Örneğin; Ulusal Egemenlik ve Çocuk Bayramı, Zafer Bayramı, Atatürk’ü Anma, Gençlik ve Spor Bayramı, Cumhuriyet Bayramı milli bayramlardır. Masalan: Milliy mustaqillik va bolalar bayrami, G’alaba bayrami, Otaturkni hotirlash, yoshlik va sport bayrami, Jumhuriyat bayrami milliy bayramlardir.

Ramazan Bayramı ve Kurban Bayramı dini bayramlarımızdır. Ramazon bayrami va qurbon bayrami diniy bayramlarimizdir.

Hıdrellez ve Nevruz Bayramları da mevsimlik bayramlardır. Gidrellez va Navro’z bayramlari esa, mavsumga oid bayramlardir.

Aziz muhlislar, Turkiyadagi bayramlar bilan bog’liq tuzilgan gaplarni tingladingiz. Bu gaplarda g’alaba bayrami, jumhuriyat bayrami, milliy mustaqillik va bolalar bayrami kabi milliy bayramlar, ramazon va qurbon bayrami kabi diniy bayramlar, Navro’z va gidrellez kabi bahor bayramlari tanitildi. Endi esa, gap tarkibida o’rin olgan ba’zi yangi kalimalarning ma’nolarini birgalikda o’rganishga harakat qilamiz.

Bayram – bayram Milli – milliy Zafer – g’alaba Cumhuriyet – Respublika Mevsimlik – Mavsumga oid Ulusal – milliy Farklı – farqli Çocuk –bola

Aziz muhlislar! Endi esa qalam va daftaringizni tayyorlang va berilgan misollarni takror tinglagandan keyin o’zingiz mustaqil ravishda yangi gap tuzishga harakat qiling.

Türkiye’de hangi bayramlar var? Turkiyada qanday bayramlar mavjud?

Türkiye’de milli, dini ve mevsimlik olarak üç farklı bayram var. Turkiyada milliy, diniy va mavsumga bog’liq 3 farqli bayram mavjud.

Örneğin; Ulusal Egemenlik ve Çocuk Bayramı, Zafer Bayramı, Atatürk’ü Anma, Gençlik ve Spor Bayramı, Cumhuriyet Bayramı milli bayramlardır. Masalan: Milliy mustaqillik va bolalar bayrami, G’alaba bayrami, Otaturkni hotirlash, yoshlik va sport bayrami, Jumhuriyat bayrami milliy bayramlardir.

Ramazan Bayramı ve Kurban Bayramı dini bayramlarımızdır. Ramazon bayrami va qurbon bayrami diniy bayramlarimizdir.

Hıdrellez ve Nevruz Bayramları da mevsimlik bayramlardır. Gidrellez va Navro’z bayramlari esa, bahor mavsumiga oid bayramlardir.

Turk tilini o’rganamiz 35-qism

Shahar avtobuslarida ishlatiladigan iboralar…

Posted 27.08.2009 08:16:50 UTC

Updated 27.08.2009 08:16:50 UTC

Avvalgi dasturimizda dengiz sohillarida, plyajlarda ishlatiladigan eng kerakli gaplarni tarjimasi bilan birga o’rgandingiz. Bugungi dasturimizda esa shahar avtobuslarida ishlatiladigan iboralarni o’rganishga harakat qilamiz.

Turkiyada avtobus eng ko’p foydalanilgan transport vositasidir. Avtobuslarning ishlash soatlari shahardan shaharga yoki dahadan dahaga farqli bo’lishi mumkin. Lekin ko’pincha tongi 6 dan kechki 23 gacha avtobuslar xalqqa hizmat berib keladi. Avtobuslar bilan bir qatorda, metro va marshrutkalar ham shaharni har bir dahasiga yo’lovchi tashiydi.

Endi esa, Turkiyaga kelganingizda avtobusga chiqqan paytda ishlatiladigan gaplarni tarjimasi bilan birgalikda tinglang va takrorlashga harakat qiling.

-Taksim’e hangi sıklıkta otobüs kalkar?

-Taksimga necha soatda bir avtobus jo’naydi?

-Her yarım saatte bir.

-Har yarim soatda bir.

-Taksim’den Yeşilköy’e ne kadar zamanda gidilir?

-Taksimdan Yeshilko’yga qancha vaqt ichida boriladi?

-Lütfen ne zaman ineceğimi bana söyleyin.

-İltimos, menga qachon tushishimni ayting.

-Ortaköy’e ilk otobüs ne zaman?

-O’rtako’yga birinchi avtobus qachon?

-Ortaköy’e ilk otobüs sabah 6’dadır.

-O’rtako’yga birinchi avtobus tongi 6 da.

– Lütfen! İnmek istiyorum.

– İltimos, tushmoqchiman.

– Sorun nedir?

– Bir muammo bormi?

– Sanırım ineceğim durağı kaçırdım.

– Menimcha tushadigan bekatdan o’tib ketdim.

Aziz muhlislar! Bir dahadan boshqa dahaga borish uchun avtobusda ishlatiladigan gaplarni tingladingiz. Bu gaplarda avtobusning necha soatda bir kelishi va qachon jo’nash soati, avtobuslarning soat nechada qatnay boshlashi, bekatdan o’tib ketganimizda haydovchiga buni qanday anglatish shakli oddiy jumlalar bilan ifoda etildi.

Endi esa, gap tarkibida o’rin olgan yangi kalimalarning ma’nosini birgalikda o’rganaylik.

Kalkmak – Turmoq yoki jo’namoq

İnmek – tushmoq

Taksim – İstanbuldagi bir dahaning nomi

Yeşilköy – İstanbuldagi bir dahaning nomi

Ortaköy – İstanbuldagi bir dahaning nomi

Sorun – muammo

Sanmak – tahmin qilmoq

O’zingiz mustaqil ravishda ushbu kalimalar ishtirokida yangi gap tuzishingiz mumkin.

Turk tilini o’rganamiz 36-qism

Tish doktoriga borganda ishlatiladigan iboralar…

Posted 01.09.2009 09:37:35 UTC

Updated 01.09.2009 09:37:35 UTC

Avvalgi dasturimizda shahar avtobuslarida ishlatiladigan gap va kalimalarni o’rgangan edingiz. Bugungi dasturimizda esa, tish doktoriga borganingizda ishlatiladigan gaplarni birgalikda o’rganishga harakat qilamiz.

Hayotingizda hech tishingiz og’ridimi? Yoki tish og’rig’idan ertalabgacha uhlay olmagan paytingiz bo’ldimi? Agar bu og’riqni boshingizdan o’tkazgan bo’lsangiz uning qanchalik qiyin ekanligini bilsangiz kerak. Tish doktoriga borganingizda doktorga vaziyatni bemalol anglatish uchun quyida berilgan gaplarni diqqat bilan tinglang va takrorlashga harakat qiling.

– Bir diş doktoru bulabilir miyiz? Dişim ağrıyor.

-Bir tish doktori topsak bo’ladimi? Tishim og’riyabdi.

– Evet, otelin karşısında bir doktor var.

-Ha, mehmonxonaning qarshisida bir doktor bor.

– Probleminiz nedir?

– Shikoyatingiz nima?

– Dişim ağrıyor.

– Tishim og’riyabdi.

– Peki. Oturun ve ağzınızı açın.

– Ho’p. O’tiring va og’zingizni oching.

– Şu anda ağrı hissediyor musunuz?

-Hozir og’riqni his qilyabsizmi?

– Evet. Sanırım apse yaptı.

– Ha, menimcha yiringlagan.

– Hayır, apse yok. Sadece dolguya ihtiyacınız var.

– Yo’q, yiringlamabdi. Faqatgina plomba qilish kerak.

– Burada ne kadar süre kalacaksınız?

– Bu yerda necha kun qolasiz?

– Yarın döneceğiz.

– Ertaga qaytaman.

– Yapabileceğim tek şey geçici dolgu.

– Vaqtinchalik plomba qo’ya olaman.

Aziz muhlislar, tish doktoriga borganingizda tishingiz og’riyotganligini qanday qilib anglatishni birgalikda tingladik. Bu gaplarda tish klinikasining qayerda joylashganligi, tishning yiringlab ketishi va tish plombasi kabi ma’lumotlar oddiy jumlalar yordamida ifoda etildi.

Keling endi, gap tarkibida o’rin olgan yangi kalimalarning ma’nosini birgalikda o’rganishga harakat qilaylik.

Diş doktoru – Tish doktori

Ağrı – Og’riq

Oturmak- O’tirmoq

Ağız – Og’iz

Hissetmek – His qilmoq

Dolgu – Plomba

Dönmek – Qaytmoq

Aziz muhlislar! Endi esa qalam va daftaringizni tayyorlang va berilgan misollarni takror tinglagandan keyin o’zingiz mustaqil ravishda yangi gap tuzishga harakat qiling.

Turk tilini o’rganamiz 37-qism

Jazirama yoz oylarida salqin joylarga dam olish uchun borganingizda ishlatiladigan iboralar…

Posted 04.09.2009 06:32:28 UTC

Updated 04.09.2009 06:32:28 UTC

Avvalgi dasturimizda tish doktoriga borganda ishlatiladigan gaplarni o’rgangan edingiz.

Bugungi dasturimizda esa jazirama issiq yoz oylarida salqin joylarga dam olish uchun borganingizda ishlatiladigan gaplarni birgalikda o’rganamiz. Faraz qiling, bir oshxonada yoki bir kafeda o’tiribsiz va biron ichimlik olmoqchisiz. Ofitsiantga istagingizni aytar ekansiz ichimlikning turini, hilini issiq yoki sovuqligini aytishingiz kerak. Agar bularni ofitsiantga aytmasangiz buni sizdan albatta so’raydi.

Endi esa, savol-javob shaklida tayyorlagan diyalogimizni diqqat bilan tinglang va takrorlashga harakat qiling.

– Çok susadım.

-Juda chanqadim.

– Alkolsüz içecek bir şeyleriniz var mı?

– Spirtsiz ichimliklaringiz bormi?

– Elbette. Ne içmek istersiniz?

-Albatta, nima ichishni istaysiz?

– Soğuk bir şey istiyorum. Buzlu bir kola lütfen.

– Sovuq ichimlik ichishni istayman. İltimos, muz solingan kola bering.

– Koray, sen de içecek bir şey ister misin?

– Koray, sen ham biron ichimlik istaysanmi?

– Ben de soğuk bir şey isterim. Portakal suyu alabilir miyim?

– Men ham sovuq ichimlik istayman. Apelsin soki olsam bo’ladimi?

– Peki. Hanımefendi için bir buzlu kola, beyefendi için bir portakal suyu ve benim için bir kahve lütfen.

– Ho’p bo’ladi. İltimos honim uchun muz solingan kola, janob uchun bir apelsin soki va men uchun bir kahva bersangiz?

– Kahveyi nasıl istersiniz, sade veya sütlü?

– Qahvangiz qanday bo’lsin, oddiymi yoki sutlimi?

-Sade ve şekersiz lütfen.

– İltimos, oddiy va shakarsiz bo’lsin.

Aziz muhlislar! Tuzilgan yangi gaplarni tarjimasi bilan birga tingladingiz. Bu gaplarda chanqoq qondiruvchi sovuq ichimliklarni qanday so’rash, spirtsiz ichimlik, apelsin soki va oddiy kahva ichishini aytish shakli oddiy jumlalar bilan ifoda etildi.

Endi esa, gap tarkibida o’rin olgan yangi kalimalarning ma’osini birgalikda o’rganaylik.

Susamak – chanqamoq

İçecek – ichimlik

Buzlu içecek – muz solingan ichimlik

Sütlü kahve – sutli qahva

Portakal suyu – apelsin soki

Şekersiz – shakarsiz

Aziz muhlislar! Endi esa qalam va daftaringizni tayyorlang va berilgan misollarni takror o’qigandan keyin o’zingiz mustaqil ravishda yangi gap tuzishga harakat qiling.

Turk tilini o’rganamiz 42-qism

Mashinada sayohat qilganda kerak bo’ladigan iboralar…

Posted 22.10.2009 13:49:48 UTC

Updated 22.10.2009 13:49:48 UTC

O’tgan dasturimizda turistlarning mehmonxonaga joylashishi va bu mavzuga doir ba’zi yangi kalimalarni o’rganishga harakat qilgan edik. Bugungi dasturimizda esa, mashinada sayohat qilganda kerak bo’ladigan iboralarni birgalikda o’rganishga harakat qilamiz.

Ko’pchilik shahsiy mashinasida sayohatga chiqishni yoqtiradi. Chunki insonlar shahsiy mashinalarida sayohat qilar ekanlar istagan joylariga bora oladilar, istagan joylarida dam oladilar, yo’l chetidagi qishloqlarni va shaharlarni ko’ra oladilar. Lekin unutmaslik kerakki, shahsiy mashinada sayohat qilishning o’ziga yarasha qiyinchiliklari ham bor.

Masalan: borgan joyingizni yaxshi bilmasangiz va u yerni tilini bilmasangiz juda qiynalasiz. Hatto mashinangizga yoqilg’i to’ldirishga ham qiynalasiz. Shuning uchun bugungi dasturimizda shahsiy mashinada yo’lga chiqqanda kerak bo’ladigan gaplarni o’rganamiz.

Endi esa, diyalogda berilgan yangi gaplarni diqqat bilan tinglang va takrorlashga harakat qiling.

Buralarda bir benzinci var mı?

Bu yerda benzin shohobchasi bormi?

Merhaba. Depo neredeyse boş. Lütfen doldurun.

Salom. Benzin bochkasi deyarli bo’sh. İltimos to’ldirib bering.

Hangi pompa?

Qaysi nasos?

40 litre kurşunsuz benzin lütfen.

Marhamat qilib 40 litr filtrsiz benzin quying.

Lütfen, yağ seviyesini de kontrol edin.

İltimos, yog’ miqdorini ham tekshirib bering.

Bir ricam daha var. Lastikleri de kontrol edebilir misiniz?

Yana bir iltimosim bor. G’ildiraklarini ham tekshirib bera olasizmi?

Ön lastiklerinizin havaya ihtiyacı var bey efendi.

Oldingi g’ildiraklarini damlash kerak janob.

Hava pompası nerede?

Nasos qayerda?

Şurada.

Shu yerda.

Ödemeyi nereye yapacağım?

Pulini qayerga to’lay?

Lütfen sağdaki gişeye gidin.

Marhamat qilib, o’ngdagi kassaga boring.

Bu kredi kartını kabul ediyor musunuz?

Bu kredit kartini qabul qila olasizmi?

Evet Beyefendi.

Ha janob.

Teşekkür ederim.

Raxmat

Aziz muhlislar! Mashinaga benzin quyish, g’ildiraklarini ko’zdan kechirish va damlatish uchun ishlatiladigan gaplarni tarjimasi bilan birga tingladingiz. Endi esa gap tarkibida o’rin olgan ba’zi yangi kalimalarni birgalikda o’rganaylik.

Benzinci – Benzin shohobchasi

Depo – Ombor

Doldurmak – To’ldirish

Kurşunsuz benzin – (Qo’rg’oshinsiz benzin) mahsus tozalangan benzin

Yağ – Yog’

Ödeme – To’lov

Hava pompası – Nasos

Shu misollar yordamida gap tuzing.

Turk tilini o’rganamiz 43-qism

Havo shartlari bilan bog’liq yangi gaplarni tarjimasi bilan birga o’rganing.

Posted 26.10.2009 14:04:11 UTC

Updated 26.10.2009 14:04:11 UTC

Oldingi dasturimizda mashinada sayohatga chiqqanda zarur bo’lgan gaplarni birgalikda o’rgangan edik. Bugungi dasturimizda esa, havo shartlari bilan bog’liq yangi gaplarni tarjimasi bilan birga o’rganamiz..

Turkiya tengi yo’q tabiati bilan 4 mavsumni birdan uchratish mumkin bo’lgan nodir o’lkalardan biridir.

Turkiyaning bir joyida qor yog’ar ekan, boshqa joyida quyoshning issiq nurlarini his qilishingiz mumkin. Kuz faslida esa, bir kunning o’zida bir necha marta havo o’zgarganligiga ham guvoh bo’lasiz. Bu mavsumda asosan Turkiyaning ichki hududlarida bir kunning o’zida quyoshli, bulutli, yomg’irli havoni uchratishingiz mumkin.. Shuning uchun agar bu mavsumda Turkiyaga kelishni istasangiz, issiq kiyimlaringizni va soyaboningizni keltirishni unutmang.

Aziz muhlislar endi esa, berilgan misollarni diqqat bilan tinglang va takrorlashga harakat qiling.

Ne güzel bir gün!

Bu kun qanday yaxshi!

Hava yarın nasıl olacak?

Ertaga havo qanday bo’ladi?

Güneşli, fakat biraz rüzgarlı olacak.

Quyoshli, faqat biroz shamol esadi.

Kaç derece?

Necha daraja?

Tahmini 18 derece.

Tahminan 18 daraja.

Erzurum’a kar yağacağını düşünüyor musun?

Erzurumga qor yog’adi deb o’ylaysanmi?

Evet. Erzurum’da hava çok soğuk.

Ha. Erzurumda havo juda sovuq.

Ağrı’ya da kar yağıyor.

Ag’riga ham qor yog’ayabdi.

Burada yağmur mu başlayacak?

Bu yerda yomg’ir yog’adimi?

Evet, birazdan yağmur başlayacak gibi.

Ha, birozdan keyin yomg’ir yog’adiganga o’hshaydi.

Şemsiyeye ihtiyacım olur mu?

Soyabon kerak bo’ladimi?

Şemsiyeni yanına almanı öneririm.

Soyaboningni olishni tavsiya qilaman.

Bu nasıl bir hava! Saat başı değişiyor.

Bu qanday havo bo’ldi! Har soatda o’zgaradi.

Aziz muhlislar, havo shartlari bilan bog’liq ba’zi misollarni tarjimasi bilan birga tingladingiz .

Endi esa gap tarkibida o’rin olgan yangi kalimalarning ma’nosini birgalikda o’rganaylik.

Güneşli hava – quyoshli havo

Rüzgarlı hava – shamol esadi

Yağmur – yomg’ir

Kar – qor

Yağmak – yog’moq

Şemsiye – soyabon

Soğuk – sovuq

Sıcak – issiq

Ushbu kalimalar ishtirokida yangi gap tuzing.

Turk tilini o’rganamiz 44-qism

Televizordan foydalanishda ishlatiladigan yangi gaplarni tarjimasi bilan birga o’rganing.

Posted 03.11.2009 09:30:42 UTC

Updated 03.11.2009 09:30:42 UTC

O’tgan haftadagi dasturimizda havo shartlari bilan bog’liq gaplarni o’rgangan edik. Bugungi dasturimizda esa, televizordan foydalanishda ishlatiladigan yangi gaplarni o’rganishga harakat qilamiz.

Bir paytlar “sehrli quti” sifatida nomlantirilgan televizor kunimizda honadonlarning oddiy ayni paytda juda zarur ashyosi holiga aylangan. Badavlat va kambag’al bo’lishiga qaramasdan barchaning honadonida albatta televizor mavjud. İnsonlar televizor orqali dunyoda sodir bo’layotgan hodisalar, yangiliklardan xabardor bo’ladilar.

Kunimizda Turkiya teleradiokompaniyasi xabar dasturlari, sport, ta’lim, dam olish dasturlari va albatta bolajonlar uchun mo’ljallangan dasturlari bilan tomoshabinlarga hizmat berib kelmoqda. Umid qilamizki, Turkiya ovozi radiosi bilan birgalikda TRT kanallarini ham tomosha qilib boryabsiz va bu vasila bilan turk tilini yanada yaxshiroq o’rganish imkoniyatiga egasiz.

Aziz tinglovchilar, quyida beriladigan misollarni diqqat bilan tinglang va takrorlashga harakat qiling.

Lütfen televizyonu açar mısın?

İltimos televizorni qo’ying?

Nasıl açacağım?

Qanday qo’yaman.

Uzaktan kumandayı kullanabilirsin.

Uzoqdan pultni ishlata olasan.

Hangi düğmeye basacağım?

Qaysi tugmani bosaman?

Üstteki yeşil düğmeye basabilirsin.

Ustdagi yashil tugmani bossang bo’ladi.

Sesini açabilir miyim?

Ovozini baland qilsam bo’ladimi?

Evet. Açabilirsin.

Ha, baland qilsang bo’ladi.

İngilizce yayın yapan kanal var mı?

İngliz tilida ko’rsatuv olib boradigan kanal bormi?

Yirmi beşinci kanalda olabilir.

Yigirma beshinchi kanalda bo’lishi mumkin.

Haberler nasıl?

Xabarlar qanday?

Saat başı kısa haberler var.

Har soatda qisqa xabarlar bor?

Sende Türk filmi var mı?

Senda turk filmi bormi?

Bende sadece çocuklar için film var.

Menda faqatgina bolalar uchun film bor.

Türkçemi geliştirmeme yardımcı olabilirler.

Turkchamni rivojlantirishga yordam berishi mumkin.

Aziz tinglovchilar, televizor bilan bog’liq ba’zi oddiy gaplarni tarjimasi bilan birga tingladingiz. Endi esa gap tarkibida o’rin olgan yangi kalimalarning ma’nosini birgalikda o’rganaylik.

Açmak – ochmoq yoki yoqmoq

Uzaktan kumanda – uzoqdan pult

Düğme – tugma

Yayın – efir yoki ko’rsatuv

Haber – xabar

Geliştirmek – rivojlantirmoq

Yardımcı – yordamchi

Saat başı – har soatda

Aziz muhlislar! berilgan misollar yordamida yangi gap tuzing.

Turk tili o’rganamiz 45-qism

Telefonda gaplashish uchun zarur bo’ladigan gaplarni tarjimasi bilan birga o’rganing.

Posted 03.11.2009 10:16:04 UTC

Updated 03.11.2009 10:16:04 UTC

Dasturimizning avvalgi sonida televideniya dasturlari bilan bog’liq yangi gaplarni o’rgangan edik. Bugun esa telefonda gaplashish uchun zarur bo’ladigan yangi gaplarni tarjimasi bilan birga o’rganamiz.

Ma’lum bo’lgani kabi, telefonda suhbatlashar ekanmiz, qisqa va oddiy jumlalarni sarf etishga harakat qilamiz. Bunday vaziyatlarda ishlatiladigan jumlalar, qarshingizdagi kishi bilan bo’lgan munosabatingiz va samimiyatingiz darajasiga ko’ra o’zgaradi.

Endi esa mavzuga doir quyida beriladigan misollarni diqqat bilan tinglang va takrorlashga harakat qiling.

Şehirlerarası bir görüşme yapmak istiyorum. Bu telefonu kullanabilir miyim?

Shaharlararo telefon qilmoqchiman. Bu telefondan foydalansam bo’ladimi?

Üzgünüm. O jetonla çalışmaz. Telefon kartı alın.

Afsuski, u jeton bilan ishlamaydi. Telefon karti oling.

Telefon kartı nereden alabilirim?

Telefon kartini qayerdan olsam bo’ladi?

Şuradaki büfeye sorun.

Shu yerdagi bufetdan so’rang.

Bilinmeyen numaraların telefonunu söyleyebilir misiniz?

Noma’lum telefon raqamlarini ayta olasizmi?

11811. (yüz on sekiz on bir)

11811 (o’n bir ming sakkiz yuz o’n bir)

Bu telefon nasıl çalışır?

Bu telefon qanday ishlaydi?

Lütfen kartınızı takın.

Marhamat qilib kartingizni taqing.

Hatlar meşgul.

Tarmoqlar band .

Kimi aradınız?

Kimga telefon qildingiz?

Kaya Bey ile görüşebilir miyim?

Kaya bek bilan ko’rishsam bo’ladimi?

Dahili numarasını biliyor musunuz?

İchki nomerini bilasizmi?

Lütfen beni 112’ye bağlayın.

İltimos meni 112ga bog’lang.

Hatta kalın. Lütfen kapatmayın.

Kutib turing. İltimos qo’yib qo’ymang.

Telefonu cevap vermiyor. Lütfen daha sonra tekrar arayın.

Telefoni javob bermayabdi. Marhamat qilib keyinroq takror telefon qiling.

Teşekkür ederim. Ben onu tekrar ararım.

Raxmat . Men unga takror telefon qilaman.

Endi esa gap tarkibida o’rin olgan yangi kalimalarning ma’nosini o’rganaylik.

Şehirlerarası – shaharlararo

Telefon görüşmesi – telefon uchrashuvi yoki telefon suhbati

Bilinmeyen numaralar servisi – noma’lum raqamlar xizmati

Meşgul – mashg’ul yoki band

Dahili numara – ichki nomer

Aramak – telefon qilmoq

Üzgün – hafa, g’amgin, qayg’uli

Berilgan misollar yordamida yangi gap tuzing.

Manba: http://www.trtuzbek.com/trtinternational/oz/news.aspx?dil=oz

Advertisements

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: