Bu qismda o’zbekcha maqollarni joylashtirishga harakat qilamiz.
- Aqlni beaqldan o`rgan.
- Aqlning o`lchovi – idrok.
- Avval o‘yla, keyin so‘yla.
- Ayrilganni ayiq er, bo`linganni bo`ri er.
- Aytar so`zni ayt, aytmas so`zdan qayt.
- Aytilgan so‘z, otilgan o‘q.
- Betga aytganning zahri yo‘q.
- Bilagi zo`r birni yiqitadi, bilimi zo`r – mingni.
- Bilmagan ishga urinma, urinib tuzoqqa ilinma.
- Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning.
- Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun.
- Bir ko`rgan bilish, ikki ko`rgan tanish.
- Birlashgan daryo bo`lar, tarqalgan irmoq bo`lar.
- Bo‘zchi belboqqa yolchimas, kulol mo‘ndiga.
- Bolani yoshdan asra, niholni boshdan asra.
- Bor borini eydi, uyatsiz orini eydi.
- Bor so`ylaydi, yo`q o`ylaydi.
- Boshliq bo`lish oson, boshlamoq qiyin.
- Botir topsa, barcha er, baxil topsa, bosib er.
- Botirdan yaxshi ish qolar, donodan – yaxshi so`z.
- Bugungi ishni ertaga qo`yma.
- Dilda bo‘lsa, tilga kelar.
- Dili bo‘shning tili bo‘sh.
- Dili pokning ishi pok.
- Dili qing`irning tili qing`ir.
- Do`sting bilan sirdosh bo`l.
- Egri tayoqning butog‘i burunni yirtar.
- El og`ziga elak tutib bo`lmaydi.
- Ertaning buguni bor, bugunning ertasi bor.
- Etti o`lchab, bir kes.
- G‘at etgan karnaychi, baloga qolgan surnaychi.
- Gapni gapir uqqanga, jonni jonga suqqanga.
- Gapni oz so`zla, ishni ko`p ko`zla.
- Gul tufayli tikan suv ichar.
- Guruchning kurmagi bor, yomonning to`g`mog`i bor.
- Haqiqiy do`stlik suvdek zilol, qalbaki do`stlik – tuz qo`shilgan asal.
- Har bir qiyinchilikdan so`ng bir rohat bor.
- Igna bilan quduq qazib bo`lmas.
- Ikkovga birov botolmas, otliqqa yayov etolmas.
- Ilm ko`pga etkazar, hunar esa ko`kka.
- Ilmu hunar erga emas, elga.
- Ishlagan xor bo`lmas.
- Ishlamay egan og‘rimay o‘lar.
- Kattaga xizmatda bo`l, kichikka izzatda bo`l.
- Kemaga tushganning joni bir.
- Kiygan to`ning eskiydi – kiydirganing eskimas.
- Ko`kka boqma, ko`pga boq.
- Ko`p gap quloqqa yoqmas.
- Ko`p so`zning ozi yaxshi, oz so`zning o`zi yaxshi.
- Ko`p yurgan ko`p ko`rar, ko`p o`qigan ko`p uqar.
- Ko`p yurgandan so`rama, ko`p ko`rgandan so`ra.
- Ko`pni bilgan oz so`zlar, oz bo`lsa ham soz so`zlar.
- Ko‘pni yomonlagan ko‘muvsiz qolar.
- Kumush so`zingni chaqaga mayda qilma.
- Manmanlik qilib netarsan, obro‘yingdan ketarsan.
- Mehnat – hurmatning toji.
- Mehnat qilmagan rohat ko`rmas.
- Mehnatdan do`st ortar.
- Nomarddan yordam so`rama, yuzingga soladi.
- Nomardga ishi tushmagan mardning qadrini bilmas.
- Non emoqchi bo`lsang, o`tin tashishdan erinma.
- O`qiganning tili ko`p uzun bo`ladi.
- O`qish – ulg`ayish.
- O`qishning erta-kechi bo`lmas.
- O`ttizida er atangan, qirqida Sher atanar.
- O‘zi to‘g‘rining so‘zi to‘g‘ri.
- Odamni po`stin emas, ish qizdiradi.
- Oilada hamjihatlik bo`lmasa, uni baxt tashlab ketar.
- Oltin o`tda bilinadi, odam mehnatda.
- Oltovlon ola bo`lsa og`zidagin oldirar, to`rtovlon tugal bo`lsa tepadagin endirar.
- Onayu bola – gulu lola.
- Oy tunda kerak, aql kunda kerak.
- Piyozning po`sti ko`p, yomonning do`sti ko`p.
- Qadrlasang, qadring oshar, qadrsizdan hamma qochar.
- Qaring bor – barang bor.
- Qimirlagan qir oshar.
- Qiyshiq o`tirsang ham, to`g`ri gapir.
- Qizi borning nozi bor.
- Qo`rqoqning ko`zi katta, axmoqning so`zi katta.
- Qor yog`di – don yog`di.
- Rostga zavol yo‘q.
- Salobatli bo`lma, sabotli bo`l.
- So`zimiz, va’damiz, ahdimiz bitta, do`stlikda yaratgan baxtimiz bitta.
- Suzning ko`rki-maqol.
- Tekin boylik axtarguncha, o`zingga bop hunar top.
- Tekinning minnati ko`p, mehnatning ziynati ko`p.
- Tilni bilish – dilni bilish.
- Toma-toma ko`l bo`lur, hech tommasa cho`l bo`lur.
- Tulkining tavbasidan qo`rq, mug`ambirning – yig`isidan.
- Uyda rohati yo`qning ko`chada farog`ati yo`q.
- Uying tor bo`lsa ham, ko`ngling keng bo`lsin.
- Vaqting ketdi – baxting ketdi.
- Yangi libos – oroyish, yaxshi yo`ldosh – osoyish.
- Yaxshi so‘z, jon ozig‘i, yomon so‘z, bosh qozig‘i.
- Yaxshi yaxshining qadriga etar.
- Yaxshining so`zi qaymoq, yomonning so`zi to`qmoq.
- Yo`lni bilgan qoqilmaydi.
- Yomondan qoch, yaxshiga quloch och.
- Yomonga bosh bo`lguncha, yaxshiga yo`ldosh bo`l.
100. Yoshi ulug`ni ulug`lasa, baxt topar.
101. Yoshligingda odat qilsang, qariguncha ko`nikasan, qariganingda odat qilsang, ko`nikkuncha ko`milasan.
102. Yoshning hurmati – qarz, qarining hurmati – farz.
Advertisements
Leave a Reply