TURKIYANING ISTIQLOL MARSHI


 

 

TURKIYANING ISTIQLOL MARSHI

Mehmet Aqif Ersoy

 

 

Qo’rqma, so’nmas bu shafaqlarda suzgan ol sanjoq,

So’nmasin yurtimning ustida yongan eng so’nggi o’choq.

U manim millatimning yulduzidir porlayajak,

U manimdir, u manim millatimningdir har choq.

 

 Uyma, qurbon bo’layin, qoshingga ey, nozli hilol!

Qahramon irqimga bir kul! Na bu shiddat, bu jalol?

Sanga bo’lmas to’kilgan qonlarimiz so’ngra halol…

Haqqi, Haqqa topingan millatimning istiqlol.

 

Man azaldan beridir hur yashadim, hur yashayman!

Qaysi telba manga zanjir urajakmish? Man shayman!

Kukramish sel kabiman, devorni yiqib, oshaman.

Yirtaman tog’larni, handaqlarga sig’may, toshaman.

 

Mag’ribning ufqini qoplasa po’lat zirhli devor,

Manim imon to’la ko’ksim kabi sarxadim bor.

Ulusim, qo’rqma! Qanday qilib shunday bir imonni bo’g’ar,

‘’Madaniyat!’’ deganing bir tishi qolgan jonivor?

 

Birodar! Yurtimga olchoqlarni yo’latma, toki,

Qolqon et govdangni, tuxtasin hayosizcha oqim.

Tug’ajaktir senga va’d etgani kunlar Xaqning…

Kim bilar, balki erta, balki ertadan-da yaqin.

 

Bosganing yerlarni ‘’tuproq’’deyarak kechma, tani:

Tushun, ostida minglarcha kafansiz yotganni.

San shahid o’g’lisan, injitma, hokini otangning:

Berma, dunyolarni olsang-da, bu jannat vatanni.

 

Kim bu jannat vatanning yo’lida bo’lmas-ki fido –

Shuhado pishqiradi tuproqni siqsang, shuhado!

Joni-jononni, butun borimni olsin-da Xudo,

Etmasin tek vatanimdan mani dunyoda judo.

 

Ruhimning sendan, Ilohiy, shudur yolg’iz amali:

Tegmasin ma’badimning ko’ksiga nomahram qo’li.

Bu azonlar-ki shahodatlari – dinning tamali,

Abadiy yurtimning ustunda manim yangramali.

 

U zamon vajd ila ming sajda etar hatto toshim,

Har jarihamdan, Ilohiy, to’kilib qonli yoshim,

Pishqirar ruh-i mujarrad kabi yerdan loshim;

U zaman yuksalarak Arshga tegar balki boshim.

 

Hilpira, san-da shafaqlar kabi, ey shonli hilol!

Bo’lsin endi to’kilgan qonlarimning jami halol.

Abadiyan sanga yo’q, irqimga yo’q izmihlol:

Haqqidir, hur yashagan bayrog’imning hurriyat;

Haqqi Haqqa topingan, millatiming istiqlol!

 

(O’zbek turkchasiga Muhammad Solih uyg’unlashtirdi.)

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: