Archive for May, 2008

20/05/2008

Navoiy Hazratdan

Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz. Ko’p, bemaza so’zlaydigan ezma — kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o’xshaydi. Tili yomon odam — xalq ko’nglini jarohatlaydi, o’z boshiga ham ofat yetkazadi. Nodonning vahshiylarcha baqirmog’i — eshakning bemahal hangramog’i. Xushsuxan odam yumshoqlik bilan do’stona so’z aytadi; ko’ngilga tushishi mumkin bo’lgan yuz g’am — uning so’zi bilan daf bo’ladi. So’zda har qanday yaxshilikning imkoni bor, shuning uchun ham aytadilarki; «nafasning joni bor…»

Alisher Navoiy