Ona Turkiston – Rauf Parfi


 

ONA TURKİSTON

Abdulla Qodiriy xotirasiga
 

Ko’ringiz tarixni, ey turkiy xalqim,
Ko’zimda ertaning sevinchi xolos.
Ul Turondir, Turkistondir? U balkim
Ichimni kemirgan qadimiy qasos.

 

ONA TURKİSTON

Abdulla Qodiriy xotirasiga

 

Xotiramning qa’r-qa’rida tarix

Doim so’zlab turar ezgin hikoya.
Tutqin qush singari qolurman g’arib,
Ruhimga bulutlar tashlaydir soya.

Bot-bot xayolimdan chekindi mubham,
Fikrimdan yulqindi vatan qorasi.
Olisda miltirab so’nayotgan sham
Qo’hna hasratimning mash’um yarasi.

Kishanband qilinar qo’llarim go’yo,
Tuproqqa qo’shila boshlaydi tanim.
Shu qadar yuragi tormidir – dunyo.

Nahot farzandiga – o’ziga g’anim,
O’zi yuragimga jo bo’ldi, ammo
Nechun sig’dirmadi, nechun Vatanim?!

Ko’ringiz tarixni, ey turkiy xalqim,
Ko’zimda ertaning sevinchi xolos.
Ul Turondir, Turkistondir? U balkim
Ichimni kemirgan qadimiy qasos.

Ko’ringiz tarixni. Ko’z oldim parda,
Qo’limdan uchmoqda bu yer, bu Vatan…
Oshno tutinardim po’lat xanjarga…
Jang maydoni sari otilardim man…

Vatan, aylanarman bir keskir toshga,
Qoshingga o’q kabi uchib borarman…
Nahot til boshadir, nahot dil boshqa?!

Yo’q! farmon kutarman, eng so’nggi farmon,
Shakllanib qararman qalqqan quyoshga.
Baribir, qasos, deb yonarman hamon.

Umr deganlari o’tmakda shoshqin,
Tilla barglarini elab yo’limga.
Sening manguliging beradir taskin
Erta uzulguvchi mening umrimga.

Oh, Ona Turkiston kuylayman yonib,
Dunyo jur’atini berding qo’limga.
Men endi angladim turkiy dunyoni,
Mana, men tayyorman endi o’limga…

Ey mening zahmatkash, ey qutlug’ xalqim,
Bergil faqat kuyib kuylamak haqqin.
Ortiq mas’ul etar topilgan bu baxt.

“Ishq so’zidan kuydi bulbul maskani”,
Til bilan kuylanmas ona-Vatanim,
Men seni kuylamak istayman faqat.

Rauf Parfi

 

 

 

http://qodiriy.edunet.uz

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: