Ey G’ozal Farg’ona – Cho’lpon


EY GO’ZAL FARG’ONA

Ey go’zal Farg’ona qonli ko’ylagin aylanay,
Tarqolib ketkan qora, vohshiy sochinga bog’lanay,

Vohshiy bir ormon kabi bog’ringg’a bosmishdir qomish,
Ko’zlaring hech ko’rinmas bir olov, bir o’t yonish

Keng cho’zuq yoylovlaring yovlarga ochmish ko’ksini
Bir qora parda bosibdir tuprog’ingning ustini,

Ko’zlaring so’lgan, o’lik ruhing bilan boqding menga
Qutulishning yulduzi oslo ko’rinmasmi senga?

Ul baland, zor tog’laring nega tosolmas yov yo’ling?
Yo’qmidir o’tkir qilich kesmakka yovlarning qo’lin?

Biz butun ojiz, za’if, bog’ri ezilgan sen uchun
Bul kadar qonlar to’kildi, ul daxida sen uchun!

Yig’lama yurtim egerchi bul kuningda yo’q bahor
Kelgusi kunlarda baxting yulduzi o’ynab qolar!

Cho’lpon

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: