24/02/2012

Özbekistan Halk Hareketi Kurucular Kurulunun Basın Açıklaması

Resmî açıklamalara göre, geçtiğimiz 22 Şubat Çarşamba günü kimliği tespit edilemeyen bir kişi Özbekistanlı tanınmış din adamı Abidhan Kâri Nazarov’u halihazırda ikamet ettiği İsveç’in Stromsund şehrinde tabancayla ağır yaraladı.

Abidhan Kâri, İslam Kerimov’un dikta yönetimine muhalif bir din adamı olarak tanınmaktadır. Bu sebeple de İsveç Krallığı tarafından kendisine siyasi sığınma verilmiştir.

Abidhan Kâri, hareketimizin üyesi değildir fakat kendisi saray ulemalarından farklı olarak özgürlük, adalet ve hakikat taraftarıdır ve İslam Kerimov rejimine karşı eleştirileriyle tanınmıştır. read more »

24/02/2012

O‘XH Muassislar Majlisining Bayonoti (Obidxon qori Nazarovga suiqasd to’g'risida)

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, shu yilning 22 fevral’ kuni noma’lum shaxs O‘zbekistonlik taniqli ulamo Obidxon qori Nazarovga, u yashab turgan Shvetsiyaning Stromsund shahrida o‘q uzib og‘ir yaralagan.

Obidxon qori Islom Karimov diktaturasiga muxolif imom sifatida tanilgandir. Shuning uchun ham unga Shvetsiya qirolligi siyosiy boshpana bergan edi.

Obidxon qori Harakatimizga a’zo bo‘lmagan, lekin, imom saroy ulamolaridan farqli o‘laroq erkinlik, adolat va haqiqat tarafdori edi va Islom Karimov rejimiga qarshi tanqidiy fikrlari bilan tanilgandi.

O‘tgan yili Karimov rejimi O‘XHning Rusiyadagi vakili Fuad Shokiriyga suiqasd uyushtirdi va uni o‘ldirdi. Harakatimizning xorijdagi a’zolari, ularning O‘zbekistondagi qarindosh urug‘lariga tazyiq va shantaj ikki karra ortdi. read more »

22/02/2012

“TURKUAZ” baskınında Özbekistan devlet televizyonunun salvoları

25 Ocak 2012 Çarşamba günü Kanaltürk televizyonunda yayımlanan “Neşter” adlı haber programında Özbekistan’da yaşadığı kabusu anlatan Türk işadamı Vahit Güneş‘e Özbekistan devlet televizyonlarından biri olan Yoshlar (Gençler) kanalından cevap geldi. read more »

19/02/2012

Kishanlarni sevmang! – ponauz.com

Feb 18th, 2012

Vatan Ozodligi – zanglagan zanjirlarni sindirishdan boshlanadi

 “Ko‘ngil, sen bunchalar nega kishanlar birla do‘stlashding!”

Cho‘lpon

Karimovning muxolifi bo‘lgan Muhammad Solihning mashhur satrlari bor, – “Ozodlik – hayollarning eng go‘zalidir, orzularning eng yuksagidir” degan. Men bu tushunchaga shundan ortiq ta’rif bera olmayman.

Biz ozodlikni orzu qildik va shu orzu yo‘lida hatto vatanni tark etdik, – mutlaqo tushimizga kirmagan yurtlardan boshpana topdik.

Vatan esa tobora olis va qo‘rqinchli tushga aylana boshladi, chunki biz uning ozodligi haqida orzu qilishdan to‘xtadik. read more »

18/02/2012

1999 yil 16 fevral – “O‘zbekiston miltiqlilar qo‘liga o‘tdi” – ozodlik.org

Bundan 13 yil burun 1999 yilning 16 fevralida Toshkentning besh joyida 45 daqiqa ichida portlashlar yuz berdi. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor ro‘y bergan bu portlashlar mamlakatda tinimsiz davom etayotgan repressiyalarga doyalik qildi.

Islom Karimov o‘z jonigy qasd qilingani aytilgan portlash joyi – Vazirlar mahkamasi binosi oldiga MXX raisi Rustam Inoyatov va IIV Zokir Almatov hamrohligida kelib, qisqa bayonot berdi.

Abdulla Iskandar

16.02.2012

Shu kuni Vazirlar Mahkamasi binosida 1998 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lishi kerak edi. Birinchi portlash prezident Islom Karimov kelishiga 10 daqiqa qolganda – soat 10.45 da mana shu bino oldida bo‘ldi.

Shundan so‘ng Ichki ishlar vazirligi, Milliy bank, o‘shandagi “Iskra” kinoteatri oldida, Yakkasaroy tumanidagi hovlida portlash yuz berdi.

Mamlakat rasmiylari bayonotiga ko‘ra, portlashlar oqibatida 16 odam nobud bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Hodisa sodir bo‘lgan kuniyoq, avvaliga prezident Karimov, keyin esa O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Zokir Almatov va Milliy xavfsizlik xizmati rahbari Rustam Inoyatovlar televidenieda chiqish qilib, bu qo‘liga qurol olgan radikal dindorlarning terror hujumi, deya voqeaga darhol baho bergan va aybdorlarni ham aytib ulgurgan edi. read more »

18/02/2012

16 fevral deb qamalganlarga amnistiya yo‘q – ozodlik.org

1999 yilning 16 fevralida Toshkentda sodir etilgan portlashlardan beri roppa-rosa 13 yil o‘tdi. Portlashlardan ko‘p o‘tmay ularni uyushtirganlikda hamda amalga oshirganlikda aybdor deb topilib qariyb 30 kishi turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan, ba’zilari o‘limga mahkum etilgan. Xo‘sh, qamalganlarning taqdiri ne kechdi?

Mamadali Mahmudov qamalganidan beri o‘tgan 13 yil ichida e’lon qilingan amnistiyalarning birortasi adibga qo‘llanmadi.

Sarvar Usmon

16.02.2012

16 fevral portlashlariga aloqadorlikda ayblangan dastlabki 22 kishi ustidan hukm 1999 yilning 3 iyunida chiqarilgan, sudlanganlarning oltitasiga o‘lim jazosi berilgan edi.

22 sudlanuvchi orasida Zayniddin Asqarov, Bahrom Abdullaev, Murodilla Qozievlar bor edi.

Oradan bir yil o‘tib, Erk partiyasi raisi Muhammad Solih, O‘zbekiston islomiy harakati rahbarlari Tohir Yo‘ldosh va Juma Namangoniylar ham sirtdan sudga tortildi.

Muhammad Solih 15 yilu 6 oylik qamoqqa, Tohir Yo‘ldosh va Juma Namangoniylar o‘lim jazosiga hukm qilinib, xalqaro qidiruvga berildi. read more »

18/02/2012

O‘XH: 16 fevral – Qatag‘on qurbonlarini xotirlash kuni – ponauz

Feb 15th, 2012

Portlashlarda nohaq ayblangan Muhammad Bekjon hamon qamoqda qolmoqda

Bugun O‘zbekiston Xalq Harakati Toshkent portlashlariga 13 yil to‘lishi munosabati bilan bu kunni “Qatag‘on qurbonlarini xotirlash kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risida bayonot qabul qildi.

“1999 yil 16 fevralda Toshkentda bir necha joyida bomba portlatildi. Hali portlash tutunlari tarqamay turib, I. Karimov matbuotda “ Bu ish diniy ekstremistlar uyushtirdi” e’lon deb qildi” deyiladi O‘XH bayonotida. read more »

18/02/2012

Ak Velsapar: ‘Markaziy Osiyodagi tuzumlarning umri tugab bormoqda’ – bbc uzbek

17 fevral 2012

Ak Velsapar xorijdagi eng taniqli turkmanistonlik mualliflardan biri

Turkmanistonda Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ikkinchi muddatga qasamyod qilgan.

12 fevral kuni o‘tgan prezidentlik saylovlarida 97 foizdan ko‘proq ovoz olgan 54 yoshli janob Berdimuhamedov bir oyog‘ida tiz cho‘kib, turkman bayrog‘ini o‘pgan va mamlakatda ko‘ppartiyaviylik tizimini joriy etishga va’da bergan. Muxbirlar uning 2007 yildagi marosimdan farqli o‘laroq, marhum Prezident Saparmurot Niyozov nomini tilga olmagani va “Ruhnoma” bilan qasam ichmaganiga e’tibor qaratishgan. Shvetsiyada yashayotgan turkmanistonlik taniqli jurnalist va adib Ak Velsaparning aytishicha, janob Berdimuhamedovning va’dalari bilan Turkmanistondagi haqiqiy voqe’lik o‘rtasidagi jarlik juda katta. read more »

18/02/2012

“Mukammal tizim” to‘g‘risida nomukammal ko‘rsatuv – ozozdlik.org

Boshlovchilarining biri go‘zal, ikkinchisi ko‘rkam bo‘lgani uchungina ko‘rsa bo‘ladigan “Oydin hayot”ning pistaga bag‘ishlangan sonini ko‘rkam boshlovchi “Saxovatli ne’matlarimizning qadriga etaylik. Zero tabiatning o‘zi eng buyuk shifokordir” deb yakunladi.

Sarvar Usmon

15.02.2012

Ne’mat ham saxovatli bo‘ladimi?

Qanday qilib qadriga etishimiz kerak?

Pistani chaqsak etgan bo‘lamizmi, chaqmasakmi qadriga?

Zahardan ham qimmat xandon pistaga pulimiz etmasachi?

Ko‘rsayam, ko‘rmasayam bo‘laveradigan tomoshadan paydo bo‘lgan Senekabop bu falsafiy savollar ustida bosh qotirib o‘tiruvdim joriy qishning eng dolzarb muammosiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv boshlanib ketdi. read more »

18/02/2012

Sobiq davlat maslahatchisi 15 yilga qamaldi – ozodlik.org

O‘zbekiston prezidentining kuch ishlatar salohiyatiga ega tizimlar bo‘yicha sobiq davlat maslahatchisi Ravshan Muhiddinov katta miqdordagi korruptsiyada ayblandi.

17.02.2012

O‘zbekistondagi bir-biridan mustaqil ikki manbaning Ozodlikka bildirishicha, Ravshan Muhiddinov ishi Toshkent shahar Sergeli tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudida ko‘rib chiqilgan va hukm 16 fevral kuni e’lon qilingan.

O‘zbekiston huquq idoralaridagi mansab pillapoyalaridan nisbatan tezlik bilan ko‘tarilgan 48 yashar Muhiddinov qator og‘ir iqtisodiy jinoyatlar, xususan xizmat vakolatlarini suiste’mol qilish va katta miqdordagi korruptsiyada aybdor deb topilgan.

O‘tgan yil 21 sentyabrda davlat maslahatchisi lavozimidan bo‘shatilib, Toshkent viloyati prokurori etib tayinlangan Muhiddinov noyabr oyida bu vazifasidan ham bo‘shatilgan va darhol va hibsga olingan edi. read more »

Follow

Get every new post delivered to your Inbox.