16/08/2011
O‘zbek va tojiklarning rossiyaparastligi ortidagi asosiy omil Rossiyaning millionlab ishchi migrantlar boshpanasiga aylanganidir.
11.08.2011
Umidbek
Xalqaro Gallup tadqiqot markazi so‘nggi so‘roviga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 81 fozi rasmiy Kreml siyosatini ma’qullaydi.
Gallup xizmati va Meridian xalqaro markazining “AQSh global liderligi 2011” nomli qo‘shma dasturi doirasida 104 mamlakatda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalari ko‘ra, O‘zbekiston Rossiya siyosatini qo‘llovchi davlatlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallagan.
read more »
Posted in O'zbekiston (Özbekistan), Tojikiston (Tacikistan) |
Leave a Comment »
27/07/2011
Tojikistonlik Safarali Sangov shu yil mart oyida qiynoq natijasida nobud bo‘lgandi.
27.07.2011
Gulnora Ravshan
Tojikiston Jinoyat kodeksiga qiynoq uchun jazolashni ko‘zda tutgan maxsus band kiritiladi.
Tojikiston Bosh prokuraturasi mas’ullaridan biri Marizo Xalifaevning ishonishicha, qonunga kiritilayotgan o‘zgartishlar Tojikiston qonunlarini xalqaro me’yorlar talabiga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
- Shu maqsadda Tojikiston Jinoyat kodeksidagi bir necha band o‘zgartirilib, yana bitta alohida band, ya’ni “Qiynoq” bandi qo‘shimcha qilindi. Tabiiyki, bu tergov jarayonida vujudga kelayotgan anglashilmovchiliklarni bartaraf qiladi, – deydi Marizo Xalifaev.
read more »
Posted in O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz), Tojikiston (Tacikistan) |
Leave a Comment »
27/07/2011
26 iyul 2011
Imomali Rahmon
Imomali Rahmon tojik jamiyatining radikallashuvidan xavotirda
Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mamlakat jamiyatining radikallashib borayotganidan o‘z xavotirlarini bildirdi.
Tursunzoda shahrida chiqish qilgan Imomali Rahmon ota-onalarni o‘z farzandlarini “terrorchilarga aylanmasliklari uchun xorijga diniy ta’lim olgani” yubormaslikka chaqirdi.
O‘tgan yil yozida xorijiy diniy o‘quv dargohlarida ta’lim olayotgan yuzlab talablar Tojikistonga qaytarilgandi.
read more »
Posted in O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz), Tojikiston (Tacikistan) |
Leave a Comment »
22/07/2011
20.07.2011
Gulnora Ravshan
Isyonchi polkovnik Mahmud Xudoyberdievning Tojikistonga hujum qilish ehtimoli bor.
Tojikiston ichki ishlar vaziri Abdurahim Qahhorov 20 iyul kuni Dushanbeda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ana shunday bayonot berdi.
- Mahmudning Tojikistonga hujumi ehtimoldan yiroq emas. Chunki u bir marta bu ishni qildi. 2011 yil boshida So‘g‘d viloyatida aynan Mahmudning tarafdorlari uchta portlash uyushtirmoqchi bo‘lgandi. Ammo biz bu portlashlarning oldini ololdik. Shu holatlarni nazarga olgan holda, kuch tizimlari, jumladan, militsiyamiz shay holatga keltirilgan, xususan, O‘zbekiston bilan chegaradosh So‘g‘d viloyatida, – deya bildirdi ichki ishlar vaziri Abdurahim Qahhorov.
read more »
Posted in O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz), O'zbekiston (Özbekistan), Tojikiston (Tacikistan) |
Leave a Comment »
22/07/2011
21 iyul kuni Tojikiston parlamentining yuqori palatasi deputatlari tomonidan tasdiqlangan qonun loyihasida 18 yoshga kirmagan bolalarning masjidga borishlarini ma’n qiluvchi band ham bor.
21.07.2011
Gulnora Ravshan
“Farzandlar tarbiyasida ota-onalar mas’uliyati to‘g‘risida”gi qonun Tojikiston parlamenti yuqori palatasi tomonidan ham tasdiqlandi.
Tojikistonliklar orasida katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan mazkur qonun loyihasi uch oy davomida xalq muhokamasidan o‘tgach, 15 iyun kuni Tojikiston parlamenti quyi palatasi tomonidan qabul qilingandi.
read more »
Posted in O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz), Tojikiston (Tacikistan) |
Leave a Comment »