01/05/2012
27.04.12
Musavvir Vyacheslav Oxunov, O‘zbekistondagi taqvodor insonlarga tayanib Solih to‘g‘ri qiladi, o‘zbek muxolifatidagi qolganlarning bari – ahmoqlar va kichkina odamlardir, deya hisoblaydi.
Vyacheslav Oxunov gapiradi:
- O‘zbekistondagi rejimga bo‘lgan boshqa o‘zgacha fikrdagilardan farqli, horijda yashayotgan Muhammad Solih, aniq, to‘g‘ri va aqlli taktikani tanlagan.
Mamlakatda bo‘layotgan hodisalarni to‘g‘ri anglab, – ommaning qashshoqlashayotgani, xukumatga va prezidentga ishonmaslik, hafsalaning pir bo‘lgani bois – bir taskin, haqiqatni topish uchun odamlarning gurux bo‘lib dinga kirayotganidan kelib chiqib, Solih o‘z elektoratini taqvodor insonlarda ko‘rib to‘g‘ri qiladi.
read more »
Posted in O'XH, O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz), O'zbekiston (Özbekistan) |
Leave a Comment »
21/04/2012
20 aprel 2012
Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solih 1949 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan.
Toshkent Davlat Universiteti(hozirgi Milliy Universitet)ning Jurnalistika fakul’tetini, Moskvadagi Oliy Adabiyot kursini tugatgan.
Muhammad Solih yoshligidan kommunistik tuzum muxolifi bo‘lgan, u o‘zining dunyoqarashiga Sovet Armiyasi safida Chexoslovakiyada xizmat qilgan paytida 1968 yilgi “Praga bahori”ning Sho‘rolar tuzumi tomonidan bostirilishining ham ta’sir qilganini aytgan.
U o‘z printsiplaridan kelib chiqib kommunistik firqaga kirmagan.
Muhammad Solihning ilk she’riy kitobi 1977 yilda nashr etilgan, shundan so‘ng u avangard shoir sifatida tanilgan.
read more »
Posted in O'XH, O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz), O'zbekiston (Özbekistan) |
Leave a Comment »
01/03/2012
Tomoshabinlar noroziligi bois O‘zbekiston telekanallarida turk seriallari namoyishi yana davom etadigan bo‘ldi.
Abdulla Iskandar
01. 03. 2012
Bu haqda Ozodlik radiosiga O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida ishlovchi ismi sir tutilishi so‘ragan mulozimlardan biri komil ishonch bilan aytdi.
Suhbatdoshga ko‘ra, 22 fevralda telekanallar efiridan olib qo‘yilgan “Kelin”, “Muhabbat simfoniyasi”, “Ajralsak-da birgamiz” nomli turk seriallari kelasi dushanba, 5 martdan boshlab qayta efir setkasiga qo‘yiladi.
read more »
Posted in O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz), Turk-O'zbek Munosabatlari, Turkiya (Türkiye) |
Leave a Comment »
01/03/2012
Taniqli turk kinochisi Farrux Oqso‘y suratga olgan “Fath. 1453” filmi o‘tmish sog‘inchi kabi hastalikka duchor tomoshabinlarning dardiga malhamday bo‘ldi.
“Fath. 1453” filmidan tasvir.
Abdulla Iskandar
29. 02. 2012
Usmonli imperiyasi harobalari uzra qurilgan zamonaviy Turkiya respublikasida huzunli o‘tmish haqida gapirmaslik yaqin-yaqinlargacha ma’qul ko‘rilar edi.
Usmonli podshologining kuch qudrati haqidagi xotiralardan ko‘ra bugungi kun realligi o‘rtaga qo‘ygan tirikchilik muammolarini echish shu paytgacha turklar uchun ustivor masala bo‘lib kelgan edi.
read more »
Posted in O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz), Turkiya (Türkiye) |
Leave a Comment »
25/02/2012
25.02.2012
Turkiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (TIKA) Turkiya va O‘zbekiston xavfsizlik sohasida hamkorlikka kelishib olganini ma’lum qildi.
24 fevral kuni e’lon qilingan bayonotda 2011 yilda O‘zbekiston xavfsizlik xodimlariga to‘rtta trening o‘tkazilgani va O‘zbekiston buni yuqori baxolagani ma’lum qilingan.
O‘zbekiston tomoni 2012 yilda ham shu kabi trening o‘tkazilishini taklif qilgan.
read more »
Posted in O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz), Turk-O'zbek Munosabatlari |
Leave a Comment »
24/02/2012
Ikki kundirki O‘zbekiston telekanallarida turk seriallarini namoyish qilish to‘xtatib qo‘yildi.
23.02.2012
22 fevraldan O‘zbekistondagi Yoshlar telekanalida namoyish etilayotgan “Kelin”, NTT kanalida davom etayotgan “Muhabbat simfoniyasi” hamda “TV Markaz”da qo‘yilayotgan “Ajralsak-da birgamiz” nomli turk seriallari efirdan olib tashlandi.
Bu haqda Ozodlikka serial ko‘rishga odatlangan toshkentlik uy bekalaridan biri ma’lum qildi.
read more »
Posted in O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz), O'zbekiston (Özbekistan), Turk-O'zbek Munosabatlari, Turkiya (Türkiye) |
Leave a Comment »
24/02/2012
Rasmiy xabarlarga ko‘ra, shu yilning 22 fevral’ kuni noma’lum shaxs O‘zbekistonlik taniqli ulamo Obidxon qori Nazarovga, u yashab turgan Shvetsiyaning Stromsund shahrida o‘q uzib og‘ir yaralagan.
Obidxon qori Islom Karimov diktaturasiga muxolif imom sifatida tanilgandir. Shuning uchun ham unga Shvetsiya qirolligi siyosiy boshpana bergan edi.
Obidxon qori Harakatimizga a’zo bo‘lmagan, lekin, imom saroy ulamolaridan farqli o‘laroq erkinlik, adolat va haqiqat tarafdori edi va Islom Karimov rejimiga qarshi tanqidiy fikrlari bilan tanilgandi.
O‘tgan yili Karimov rejimi O‘XHning Rusiyadagi vakili Fuad Shokiriyga suiqasd uyushtirdi va uni o‘ldirdi. Harakatimizning xorijdagi a’zolari, ularning O‘zbekistondagi qarindosh urug‘lariga tazyiq va shantaj ikki karra ortdi.
read more »
Posted in O'XH, O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz), O'zbekiston (Özbekistan) |
Leave a Comment »
19/02/2012
Feb 18th, 2012
Vatan Ozodligi – zanglagan zanjirlarni sindirishdan boshlanadi
“Ko‘ngil, sen bunchalar nega kishanlar birla do‘stlashding!”
Cho‘lpon
Karimovning muxolifi bo‘lgan Muhammad Solihning mashhur satrlari bor, – “Ozodlik – hayollarning eng go‘zalidir, orzularning eng yuksagidir” degan. Men bu tushunchaga shundan ortiq ta’rif bera olmayman.
Biz ozodlikni orzu qildik va shu orzu yo‘lida hatto vatanni tark etdik, – mutlaqo tushimizga kirmagan yurtlardan boshpana topdik.
Vatan esa tobora olis va qo‘rqinchli tushga aylana boshladi, chunki biz uning ozodligi haqida orzu qilishdan to‘xtadik.
read more »
Posted in O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz), O'zbekiston (Özbekistan) |
Leave a Comment »
18/02/2012
Bundan 13 yil burun 1999 yilning 16 fevralida Toshkentning besh joyida 45 daqiqa ichida portlashlar yuz berdi. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor ro‘y bergan bu portlashlar mamlakatda tinimsiz davom etayotgan repressiyalarga doyalik qildi.
Islom Karimov o‘z jonigy qasd qilingani aytilgan portlash joyi – Vazirlar mahkamasi binosi oldiga MXX raisi Rustam Inoyatov va IIV Zokir Almatov hamrohligida kelib, qisqa bayonot berdi.
Abdulla Iskandar
16.02.2012
Shu kuni Vazirlar Mahkamasi binosida 1998 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lishi kerak edi. Birinchi portlash prezident Islom Karimov kelishiga 10 daqiqa qolganda – soat 10.45 da mana shu bino oldida bo‘ldi.
Shundan so‘ng Ichki ishlar vazirligi, Milliy bank, o‘shandagi “Iskra” kinoteatri oldida, Yakkasaroy tumanidagi hovlida portlash yuz berdi.
Mamlakat rasmiylari bayonotiga ko‘ra, portlashlar oqibatida 16 odam nobud bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi.
Hodisa sodir bo‘lgan kuniyoq, avvaliga prezident Karimov, keyin esa O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Zokir Almatov va Milliy xavfsizlik xizmati rahbari Rustam Inoyatovlar televidenieda chiqish qilib, bu qo‘liga qurol olgan radikal dindorlarning terror hujumi, deya voqeaga darhol baho bergan va aybdorlarni ham aytib ulgurgan edi.
read more »
Posted in O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz), O'zbekiston (Özbekistan), TARIX (Tarih) |
Leave a Comment »
18/02/2012
1999 yilning 16 fevralida Toshkentda sodir etilgan portlashlardan beri roppa-rosa 13 yil o‘tdi. Portlashlardan ko‘p o‘tmay ularni uyushtirganlikda hamda amalga oshirganlikda aybdor deb topilib qariyb 30 kishi turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan, ba’zilari o‘limga mahkum etilgan. Xo‘sh, qamalganlarning taqdiri ne kechdi?
Mamadali Mahmudov qamalganidan beri o‘tgan 13 yil ichida e’lon qilingan amnistiyalarning birortasi adibga qo‘llanmadi.
Sarvar Usmon
16.02.2012
16 fevral portlashlariga aloqadorlikda ayblangan dastlabki 22 kishi ustidan hukm 1999 yilning 3 iyunida chiqarilgan, sudlanganlarning oltitasiga o‘lim jazosi berilgan edi.
22 sudlanuvchi orasida Zayniddin Asqarov, Bahrom Abdullaev, Murodilla Qozievlar bor edi.
Oradan bir yil o‘tib, Erk partiyasi raisi Muhammad Solih, O‘zbekiston islomiy harakati rahbarlari Tohir Yo‘ldosh va Juma Namangoniylar ham sirtdan sudga tortildi.
Muhammad Solih 15 yilu 6 oylik qamoqqa, Tohir Yo‘ldosh va Juma Namangoniylar o‘lim jazosiga hukm qilinib, xalqaro qidiruvga berildi.
read more »
Posted in O'ZBEKCHA-ЎЗБЕКЧА (Uz), O'zbekiston (Özbekistan) |
Leave a Comment »