Ikki kundirki O‘zbekiston telekanallarida turk seriallarini namoyish qilish to‘xtatib qo‘yildi.
23.02.2012
22 fevraldan O‘zbekistondagi Yoshlar telekanalida namoyish etilayotgan “Kelin”, NTT kanalida davom etayotgan “Muhabbat simfoniyasi” hamda “TV Markaz”da qo‘yilayotgan “Ajralsak-da birgamiz” nomli turk seriallari efirdan olib tashlandi.
Bu haqda Ozodlikka serial ko‘rishga odatlangan toshkentlik uy bekalaridan biri ma’lum qildi.
