Rishton tumani zilziladan eng ko‘p jabr ko‘rdi – uznews.net


21.07.11

20 iyul kuni sodir bo‘lgan zilziladan eng ko‘p zarar ko‘rgan va o‘lganlar soni ko‘p bo‘lgan joy O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati, Rishton tumani bo‘ldi. Zilzila oqibatida nobud bo‘lgan 13 nafar shaxsning ettitasi aynan shu tumandan.

Farg‘ona viloyati FVV bo‘linmasidagi manbaga ko‘ra, Rishtonning Xurramobod, Qipchoq, Avazboy qishloqlarida ettita odam nobud bo‘lgan.

O‘limning asosiy sababi tom va devorlarning qulashidir.

“ Bizning 40 yashar qo‘shnimiz Olimjonni ënida bo‘laëtgan qurilish g‘ishtlari ko‘mib tashlagan paytda u ayvonda uxlab ëtgan edi”, deydi Xurramobod qishlog‘ining markaziy ko‘chalaridan birida yashovchi fuqarolar. Qo‘shnilar g‘ishtlarni tezda olishdi, ammo Olimjonni qutqarishga ulgurishmadi.

Rishton tumanidagi ko‘plab aholining so‘zlariga ko‘ra, aynan ular birinchi bo‘lib qutqaruvchi vazifasini bajara boshlashgan. Ular vayronalar ostidan jarohatlanganlarni olishgan va zarur paytda ularni mahalliy kasalxonaga etkazishgan.

Shuningdek, shu kuni Rishton markaziy kasalxonasi xodimlari ham qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishdi.

Jabr ko‘rgan mijozlardan birining aytishicha, zilziladan keyin yana zilzila bo‘lishi haqida mish-mish tarqagan. Shuning uchun shifokorlar hamma bemorlarni, o‘rnidan tura olmaydiganlarni esa karavoti bilan birga tashqariga olib chiqishgan.

Kasalxona yaqinida yashaydigan Farhod Usmonovning guvohlik berishicha, shifokorlar jabr ko‘rganlarga ko‘chaning o‘zida avtomobil faralari nuri ërdamida birinchi tibbiy ërdamni ko‘rsatishgan.

Rishton tumani, Rishton shahriga kiraverishda qulab tushgan choyxona

Boshqa bir misol: zilziladan keyin kasalxonada elektr toki o‘chib qolgan bo‘lishiga qaramasdan shifokorlar sham nurida zilziladan oldin boshlangan 15 yashar qizaloqni operatsiya qilishni davom ettirishgan.

O‘lganlar soni aniq bo‘lgandan keyin payshanba kuni mahalliy aholi orasida Rishtonda motam kuni e’lon qilingani haqida mish-mish tarqalgan.

Ammo Rishton hokimiyati bu mish-mishlarni rad qildi. Shuningdek, ular sodir bo‘lgan voqea yuzasidan Farg‘ona viloyati hokimiyati ruxsatisiz izoh berishdan bosh tortishdi.

Bugun Farg‘ona viloyatining ko‘plab tumanlari tashqaridan zilzilagacha bo‘lgan holatday ko‘rinadi. Mahalliy aholiga ko‘ra, zilzila to‘lqin tarzida bo‘lgan.

Hamza shahri juda qattiq zarar ko‘rdi. U erda deyarli 90 foiz binolarga shikast etgan. Qo‘shni Oltiariqda esa hech narsa shikastlanmadi.

Rishtonda ham bir necha binolarda ëriqlar bor, ammo unga yaqin qishloqlarda ko‘zga tashlanadigan o‘zgarishlar yo‘q.

Zilzila 20 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 00:35da sodir bo‘ldi.

AQSh Geologik tadqiqot markazi (US Geological Survey) ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri Qirg‘izistonning Botken viloyatida 17,8 km. Chuqurlikda bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘ida magnituda 6,1 ball bo‘lgan.

O‘zbekiston FVV ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila Toshkent va Farg‘onada 5 ballni, Namanganda 4 ballni va Samarqandda 3 ballni tashkil qilgan.

Chorshanba kuni “O‘zA” axborot agentligi zilzila oqibatida 13 nafar fuqaro halok bo‘lganini, jarohat olganlardan 86 nafariga birinchi tibbiy ërdam ko‘rsatilib, ularning 35 nafari shifoxonalarga ëtqizilgani haqida xabar berdi.

O‘zbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimov tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish, jabr ko‘rganlarga har tomonlama ërdam ko‘rsatish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar amalga oshirishga topshiriq bergan.

“Mamlakatimiz rahbariyati zilzila oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi”, deyiladi “O‘zA” xabarida.

Shu kunning o‘zidaëq Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovga O‘zbekiston hududida sodir bo‘lgan zilzila munosabati bilan hamdardlik telegrammasini yubordi.

“O‘zbekiston hududidagi kuchli zilzila tufayli kishilar qurbon bo‘lgani munosabati bilan samimiy hamdardligimni qabul qiling. Ta’ziyamni halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga etkazib qo‘yishingizni so‘rayman”, deyiladi Rossiya prezidenti telegrammasida.

 

http://www.uznews.net/news_single.php?lng=uz&sub=top&cid=4&nid=17490

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out / Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out / Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out / Change )

Google+ photo

You are commenting using your Google+ account. Log Out / Change )

Connecting to %s

Follow

Get every new post delivered to your Inbox.

%d bloggers like this: